So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  14 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  5 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  168 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  54 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  10 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

Jasur Jaloliddinov - "Qayrat"ga o'tish, Qurbon Berdiev va "Manchester Siti" haqida Yangiliklar

Jasur Jaloliddinov - "Qayrat"ga o'tish, Qurbon Berdiev va "Manchester Siti" haqida

O'zbekistonlik yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov Qozog'istonning "Qayrat" klubiga ijaraga berildi.

 




- "Qayrat" safida o'tkazgan norasmiy debyutingiz haqida fikrlaringiz...

- Bugun norasmiy bo'lsa-da, debyut o'yinimni o'tkazdim. Hozir jamoamizda yangi taktik uslub bo'yicha ish olib borilyapti. Hammada shu taktikaga moslashish jarayoni kechmoqda.

- Qozog'iston chempionatiga oson ko'nikib ketaman deb o'ylaysizmi?

- Ko'nikib ketaman deb o'ylayman, chunki bu erda "Lokomotiv"dagiga qaraganda boshqacha vaziyat hukmron. Aksariyat futbolchilar tengqurlarim sanalishadi. Ilgari "Bunyodkor" akademiyasi safida "Qayrat" akademiyasiga qarshi ko'p o'yinlar o'tkazganmiz. Ular bilan ko'rishgach, bir-birimizni yaxshi tanidik. O'ylaymanki, bu erga moslashishim oson bo'ladi.

- Bu erdagi muhit va futbolchilarga yaratib berilayotgan sharoitlar haqida nima deya olasiz?

- SHaroitlarini oldindan yaxshi bilardim. "Qayrat" jamoasi akademiyasi dunyoning eng kuchli akademiyalari qatorida turadi. Kelganimdan keyin bunga o'zim ham amin bo'ldim.

- O'yin davomida ko'rindiki, sizda jismoniy tarafdan hali biroz muammolar bor. Buni bartaraf etish uchun sizga taxminan qancha vaqt kerak?

- Bosh murabbiyimiz (Qurbon Berdiev – tahr.) bilan gaplashganimizda ham buni aytib o'tdilar. Hozirgi asosiy maqsadimiz – 1 martda bo'ladigan Superkubok bahsiga maksimal darajada tayyor bo'lish.

- Qurbon Berdievning o'zi bilan shaxsan gaplashdingizmi? Sizdan nimani xohlayotgani va qaysi jihatlaringiz ustida ishlashingiz lozimligi haqida tushuncha berdimi?

- Ha, albatta. Kelishimdan oldin menda ilgari o'ynamasdan, zaxirada qolib ketish holatlari bo'lganini va shu tufayli jismoniy tarafdan yomonlashib ketganimni tushuntirib, bu meni bezovta qilayotganini aytdim. Qurbon Bekievich bunaqa holat umuman bo'lmasligini va menga yordam berishlarini takidladilar. Jamoaga qo'shilganimdan keyin men bilan alohida yana shug'ullanishlarini ham aytdilar. Ko'ramiz, baribir hammasi o'zimga bog'liq deb o'ylayman.

- Qozog'iston klublari ko'pincha kuchga tayangan holda himoyaga etibor qaratib futbol o'ynashadi. "Qayrat" mashg'ulotlarda va bugungi o'yinda qanday uslubda harakatlandi? Murabbiylar qanday o'yin uslubini joriy etishni xohlashmoqda?

- Ko'plab Qozog'iston klublari siz aytgandek, himoyaviyroq o'yin tashkil etsa-da, "Qayrat"da hech qachon unday bo'lmagan. Ko'proq pas berib, hujumkor futbol o'ynashni yaxshi ko'radi. Hozirgi paytda bosh murabbiyimiz bizga "Manchester Siti"ning o'yinini ko'rsatib boryapti. Aytishlaricha, u kishi bir hafta davomida "Manchester Siti" qarorgohida bo'lib, mashg'ulotlarini kuzatib kelgan. Bizda ham mashg'ulotlarda "Siti"ni o'yiniga moslashish jarayoni ketyapti.

- Qurbon Berdievning murabbiylik xislatlari haqida to'xtalib o'tsangiz...

- SHu paytgacha bunday saviyadagi murabbiyni uchratmaganman. SHubhasiz, top-murabbiy. Har bitta nutqida chuqur mano bor. Ishga yondashuvi ham professional darajada.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика