So’nggi yangiliklar

19:55Суперлига. "Бунёдкор" - "Хоразм" 1:0 (Матнли трансляция)  5 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  7 19:17АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед": Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибда!  12 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  2 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  7 17:22"Бёрнли" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  5 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1

Jasur Abduraimov Yaxshiboevning oxirgi o'yinlariga munosabati, karantindan so'ng tiklanish, tig'iz taqvim hususida Yangiliklar

Jasur Abduraimov Yaxshiboevning oxirgi o'yinlariga munosabati, karantindan so'ng tiklanish, tig'iz taqvim hususida

“Paxtakor” jamoasida SHota Arveladzega yaqindan ko'maklashib kelayotgan mutaxassis Jasur Abduraimov shogirdi Jasur Yaxshiboev va jamoadagi futbolchilarning tiklanishi uchun qancha kerak bo'lishi haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

“Jasur Yaxshiboev iqtidorli va poteciali yuqori futbolchi. Belarus chempionatidagi debyutini ajoyib boshladi va mavsum startida o'z darajasini ko'rsata oldi. SHunchaki, u hozirda jismoniy holatini yanada yaxshilash ustida ko'proq ishlashi kerak. Barqarorlikni taminlashi lozim. Ustun jihatini hamma bilsa kerak. Oldidagi raqiblarini birin ketin aldab o'ti ketadi. Kuchli zarbasi ham bor. O'yinni o'z qo'liga olishni biladi. Kerakli pallada tavakkalga ham qo'l uradi. Xuddi Jaloliddin Masharipov singari. Ko'p narsa murabbiyga ham bog'liq. Bunday futbolchilarga erkin o'ynash imkoniyatini bersa ko'p narsaga qodirligini isbotlaydi. Hali o'zini ko'rsatishiga ishonchim komil.

Belarus chempionatini kuzata turib individual futbolchilar yo'qligini ko'rayapman. “Energetik-BGU” jamoasi bosh murabbiyi Jasurni hujumchi sifatida o'ynatmoqda. Aslida u 16 yoshgacha markaziy hujumda harakat qilgan. Oxirgi uchrashuvda birinchi bo'limdan so'ng almashtirildi. Nega? Bunday driblingi kuchli futbolchilar ayrim vaziyatlarda to'pni ko'p yo'qotadi. To'rt, besh marta bu takrorlanishi mumkin. Lekin, baribir gol urishni uddasidan chiqadi. Jahon futbolida ham ko'rsangiz individual tomondan kuchli futbolchilar natija keltiradi. Boisi, yuqorida aytganimdek ular o'yinni o'z qo'liga olishdan cho'chishmaydi.

Karantindan so'ng kamida ikki hafta tiklanish jarayoniga ketishi aniq. Mening fikrim shunday. Superliga boshlanguniga qadar ozgina bo'lsada tayyorgarlik ko'rib olish zarur.

Jamoamizga oson bo'lmasligi aniq. Avgust oylariga kelib OCHL bahslari boshlanishi mumkin. Taxminan to'rt yoki beshta uchrashuvdan so'ng yana bari iziga tushib ketadi. Boshida ozgina chidasak, bir tempga tushib olamiz. O'yinni tushunib yo'lga qo'yib olish birinchi darajadagi masala hisoblanadi”,- dedi Abduraimov.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика