So’nggi yangiliklar

02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  5 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  17 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  408 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  2 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  7 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20

Jamshid Saidov va Vohid SHodiev noyabr oyi laureatlari Yangiliklar

Jamshid Saidov va Vohid SHodiev noyabr oyi laureatlari

O'zbekiston Professional futbol ligasi va “Championat.asia” hamkorligida tashkil etilgan oy laureatlarining navbatdagi g'olibi aniqlandi.

Unga ko'ra Buxoroning “Buxoro” klubi bosh murabbiyi Jamshid Saidov 69 ochko to'plab noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu oyda Saidov boshchiligidagi “Buxoro” klubi “Neftchi” va “So'g'diyona”ni mag'lub etib oliy ligaga qolishga muvaffaq bo'ldi.

Undan keyingi o'rinni 67 ochko to'plagan “Paxtakor” ustozi No'mon Hasanov band etdi. “SHerlar” noyabr oyida chempionatda 2ta o'yin o'tkazib ularning ikkalasida g'alabaga erishishdi va 11-marta mamlakat chempioni bo'lishdi.  

Kuchli uchlikni “Lokomotiv” klubi bosh murabbiy lavozimini bajaruvchisi bo'lgan Andrey Miklyaev yakunlab berdi. Miklyaev 44 ochko to'pladi. “Temiryo'lchilar” ushbu murabbiy qo'l ostida o'tgan oyda chempionatda ikkita o'yin o'tkazib ularning ikkalasida ham raqibni mag'lub etishdi.



Toshkentning “Bunyodkor” klubi hujumchisi Vohid SHodiev noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. O'tgan oyda “Olmaliq”qa bitta, “Qo'qon-1912”ga ikkita gol urgan SHodiev so'rovnomada 65 ochko to'pladi.

Undan keyingi o'rinni “Paxtakor” hujumchisi Igor Sergeev band etdi. O'tgan oyda ikkita o'yinda ikkita gol urgan futbolchi 55 ochko jamg'ardi. Uchinchi o'rinda “Buxoro” klubi yarim himoyachisi Otabek SHukurov qayd etildi. Noyabr oyida 2ta o'yinda 2ta gol urgan yosh futbolchi 48 ochko to'pladi.

Noyabr oyi so'rovnomasi natijalari

O'rin        

Murabbiy

I

II

III     

IV     

V      

Jami   

1

Jamshid Saidov       

9      

5      

1

-

1

69

2

No'mon Hasanov

7

5

4

-

-

67

3

Andrey Miklyaev

-

5

7

1

1

44

4

Igor SHkvirin

-

-

2

8

5

27

5

Baxtiyor Boboev

-

-

2

5

7

23





O'rin        

Futbolchi

I       

II      

III     

IV     

V       

Jami  

1

Vohid SHodiev

9

2

4

-

-

65

2

Igor Sergeev

3

9

1

-

1

55

3

Otabek SHukurov

4

3

2

5

-

48

4

Igor Taran

-

1

5

4

2

29

5

Eldor SHomurodov   

-

-

1

2

3

10

6

Otabek Valijonov

-

-

2

-

2

8

7

Aleksandr Lobanov

-

1

-

2

1

7

8

Doniyor Ismoilov

-

-

-

-

4

4

9

SHahzod SHaymanov

-

-

1

-

-

3

10

Lutfulla To'raev

-

-

-

1

1

3

 
Kim kimga ovoz berdi. To'liq ro'yxat

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика