Jamshid Saidov: "O'yin uchun strategiyamiz ish berdi"
26 okt 2024 19:35
Yangiliklar
Jamshid Saidov: "O'yin uchun strategiyamiz ish berdi"
Jamshid Saidov: G'alaba doimo yoqimli. O'yin uchun strategiyamiz ish berdi. Himoyadan o'ynab, raqibni qarshi hujumda jazolashga urindik. Hammaga rahmat aytmoqchiman. "Paxtakor"ni ikkinchi marta mag'lub etdik.
- "Qizilqum" qarshi hujumlar evaziga g'alabaga erishdi. Reja o'yin boshidan shundaymidi yoki bahs davomida shu qarorga kelindimi?
- Bahs uchun rejamiz shunday edi. Uslubimiz foyda berganidan xursandman.
- "Qizilqum" o'rtamiyona jamoalar bilan kuchsiz, etakchilar bilan kuchli o'ynaydi. Kiyinish xonasida sehrli so'z aytasizmi?
- Men ham o'zimga shu savolni beraman. Menimcha, buning bari psixologiya bilan bog'liq deb o'ylayman. Raqibga past baho berish kabi narsalar kuchsiz o'yinga sabab bo'ladi.
- Akaki SHulaya hujumkor yarim himoyachi edi, bugun u himoyada harakat qildi. Sababi nima?
- Besh himoyachi bo'lib, himoyadan o'ynadik va qarshi hujumlarni kutdik. Bugungi strategiyamiz shunday edi.
- Lobjanidzening jarohati qanchalik jiddiy? SHikastlangan darvozabon - Robert Ozols qachon safga qaytadi?
- Ozols safga qaytish uchun vaqt etadi. 9-10 kunda asosiy jamoaga qo'shilishi kerak. Lobjanidze haqida hech narsa deya olmayman. Tibbiy ko'rik xulosalarini ko'rish lozim.
- Humoyunshoh Sayyotov bugun yaxshi harakat qildi. U o'yindan-o'yinga ochilyaptimi yoki avval ham mahoratli posbonmidi?
- Sayyotov istiqbolli posbon. U asta-sekinlik bilan o'sib, tajriba to'plab bormoqda. So'nggi 3ta o'ynda o'zini faqat yaxshi tomondan ko'rsatdi.
- Akaki SHulaya bilan shartnoma qachongacha belgilangan, u bilan bitim uzaytiriladimi?
- SHulaya bilan kelishuv yilning oxirigacha amalda. Uzaytirish haqida hozir aniq javob bera olmayman.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar