So’nggi yangiliklar

09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  0 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1 08:08МЮ раҳбарлари тен Хаг борасида бир қарорга кела олишмади  4 07:33Салоҳ ва де Брюйне келаси мавсум жамоадош бўлишлари мумкин  1 02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  2 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  6 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  1 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  12 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  8 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0

Jamshid Saidov: "Klubimiz rahbariyati transfer taqiqi yuzasidan ishlayapti" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Klubimiz rahbariyati transfer taqiqi yuzasidan ishlayapti"

Superliganing 11-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Andijon" (3:3) uchrashuvidan so'ng mebonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Og'ir o'yin bo'ldi. "Andijon" jamoasi juda qattiq qarshilik ko'rsatdi. G'alaba qozonishimiz ham mumkin edi, biroq hisobni ushlab qola olmadik. Uchrashuvning ikkinchi bo'limi og'ir to'qnashuvlar va keskin qarama-qarshiliklarga boy o'tdi. Jamoamizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman.

- Sizda istefo berish rejasi bormi?

- Klub rahbariyati qaror qabul qiladi. Ular vaziyatni ko'rib turishibdi. O'z maydonimizda o'ynamayapmiz, yo'qotishlarimiz bor. CHempionatning bironta o'yinini oson o'tkazganimiz yo'q. Har bir uchrashuvda qattiq qarshiliklarga duch kelayapmiz. Murabbiylar shtabi bo'yicha qarorni rahbariyat beradi.

- Transferlar taqiqi borligi jamoani qiyin ahvolga solib qo'ymaydimi?

- Klubimiz rahbariyati ayni masala yuzasidan ishlayapti. Vaziyat ijobiy tomonga o'zgarishiga umid qilayapmiz. Hozir hech kimga oson emas.

- SHahboz Jo'rabekovning o'yinlarida pasayish bordek...

- Har bir futbolchida shunaqa davrlar bo'lib turadi. Uning iqtidori bor, jamoamiz uchun foydali jihatlari ko'p. O'yinlar davomida yana avvalgi darajasiga qaytib oladi.



Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика