So’nggi yangiliklar

13:29"Нефтчи": Бугун 10 минг дона чипта сотилди, чунки...  0 12:57Ўзбекистон Австралияни 4:0 ҳисобида ютганини биласизми?  5 12:45Фабио Каннаваро Италиянинг йирик ҳисобдаги мағлубиятига изоҳ бермади  3 12:17"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига чипталар 2 соатда сотиб бўлинди  9 12:04U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёдан учта жамоа қолди  3 11:43Жалолиддин Машарипов: "Каннаваро менга қўнғироқ қилди ва жамоага кераклигимни таъкидлади"  21 10:45ПСЖ Аргентина терма жамоаси футболчиси учун 120 миллион евро беришга тайёр  2 10:07U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги рақибимиз – Италия: улар мусобақани қандай ўтказяпти?  14 09:40Бугун Олимпия терма жамоамиз Хитойга қарши баҳс олиб боради  2 09:13ФИФА президенти табрик йўллади  2 08:45"Андижон"нинг асосий футболчисининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  4 08:18Жаҳон чемпионатида иштирок этувчи 48 жамоадан 34 таси маълум бўлди  6 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Ўсмирларимиз чорак финал йўлланмаси учун майдонга тушади  15 07:22Бугун ФИНАЛ  13 04:38ЖЧ-2026 саралаши. Германия ва Нидерландия мундиал йўлланмасини қўлга киритди, Польша ва Словакия саралашни давом эттиради  1

Jamshid Saidov: "Ikkinchi bo'limda jamoalar ochiq futbolga o'tib ketishdi" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Ikkinchi bo'limda jamoalar ochiq futbolga o'tib ketishdi"

Superliga 7-turi doirasida o'tkazilgan "Metallurg" - "Qizilqum" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi

- O'yin haqida

- "Metallurg" bugungi uchrashuvga kuchli tayyorgarlik ko'rganini bilar edik. O'yin qiziqarli bo'ldi, ayniqsa ikkinchi bo'lim. Vaziyatlar yarata oldik. Tanaffusdan keyin ochiq futbol bo'lib ketdi. Jamoalar hujumkor o'yinga o'tishdi. Bir ochko Afrikada ham bir ochko. Navoiydan kelgan muxlislarimizga rahmat. Keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishni boshlashimiz kerak. May oyida zich taqvim va o'yinlar ko'p.

- Diyor Rahmatullaevning o'zgarishi haqida gapirib o'tsangiz?

- Rahmatullaev o'yinga qo'shilib keta olmadi va shu sababli uni o'zgartirdim. Fayzullo Jumaqo'ziev bugun yaxshi o'ynay olmadi. Ikki futbolchi o'yin tempiga tusha olmadi. Bunday bo'lib turadi va bu normal holat.

- Nima sababdan Lobjanidze asosiy tarkibdan joy olmayapti. U jarohatidan forig' bo'ldimi?

- Lobjanidzeni asosiy tarkibda tushirish xavfli. U hali to'liq tayyor emas, sekin astalik bilan tarkibga qo'shib boramiz. Avvaliga 10 daqiqa, keyingi uchrashuvlarda 20 daqiqa. Sport formasiga qaytib olish uchun vaqt kerak. Hali oldinda o'yinlar ko'p va u o'z imkoniyatiga ega bo'lishi aniq.

- "Qizilqum" jamoasi keyingi uchrashuvlarda ikkita hujumchi bilan ko'rishimiz mumkinmi?

- Bunday sirlarni ommaga oshkor etish noto'g'ri(kuladi). Biz har bir o'yinga har hil tayyorgarlik ko'ramiz va reja tuzamiz. Raqiblar har hil va ularga qarshi turli hil uslub tanlaymiz. So'ngi mavsumlarda chempionatimiz darajasi yaxshigina o'sdi. Sifatli jamoalar va kuchli o'yinchilar soni ko'paydi. Raqobat oshdi. Olimpiya terma jamoamiz ham Olimpiada o'yinlariga yo'l olgani bunga dalil bo'la oladi. Hozirgi kunda "lider" va "autsayder" degan tushunchalar yo'q.

- SHahboz Jo'rabekov bugun maydonda emocional harakatlandi. Jo'rabekovning maydondagi harakatlariga qanday fikr bildira olasiz?

- Futbolda emociyalar bo'lib turadi. Bu tabiiy hol. Bugungi o'yin qiziqarli bo'ldi. Vaziyatlar ko'p bo'ldi va shu sababli futbolchilar biroz qizishib ketgan bo'lishi mumkin. Hissiyotlarsiz o'yin qiziq bo'lmay qoladi.



Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика