So’nggi yangiliklar

16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  0 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  0 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  3 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  2 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  1 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1 13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  1 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  5 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  3 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  1 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  3 10:50"Бунёдкор" ўринбосарлари мураббийи "Локомотив"га ўтди  1

Jamshid Saidov: "CHempionatda engil o'yinlar bo'lmaydi" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "CHempionatda engil o'yinlar bo'lmaydi"

Superliga 2-turi doirasidagi "Qizilqum" - "Surxon" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Jamshid Saidov: "G'alaba qozonganimizdan xursandman. Ketma-ket ikkinchi o'yin ikkinchi taymda yaxshi harakat qila olmayapmiz, ammo shunga qaramay 3 ochko uchun yigitlarga rahmat aytmoqchiman" Muxlislik uchun kelgan ishqibozlarga minnatdorchilik bildiraman.


- "Qizilqum" jamoasi oldiga qanday vazifa qo'yilgan?

- Jamoamiz maqsadi: o'tgan mavsumdan yaxshiroq natija qayd etish.

- Jamoa nega ikkinchi bo'limda o'yinni susaytirib yuboryapti?

- Menimcha psixologiya. Muvaffaqiyatli birinchi bo'limdan so'ng yigitlar g'alabaga erta ishonib qo'yishmoqda. Hech qanday jismoniy muammolar yo'q. Dastlabki turlar o'tib olgandan so'ng hammasi o'z joyiga tushib ketadi deb o'ylayman.

- "Qizilqum" mart oyida "Nasaf" va "Lokomotiv"ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahslarda jamoaning imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. CHempionatda engil o'yinlar bo'lmaydi. Nimaga qodirligimizni ko'rsatishga urinamiz. Albatta ijobiy natijani reja qilganmiz.

- Jamoaga gruziyalik hujumchi (Elguja Lobjanidze) taklif qilingan edi. Uning jarohati bormi, bo'lsa qachon qaytadi?

- Ha, unda shikastlanish bor. Ular tarkibimizda, shartnoma imzolaganmiz. U safga qaytishi bilan hujumchi xizmatidan foydalanamiz.

- Robert Ozols Latviya terma jamoasidan chaqiruv olgan. Keyingi turlarda boshqa darvozabon xizmatidan foydalanasizmi?

- U ortga qanday holatda qaytishiga qaraymiz. Hammasini vaqt ko'rsatadi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика