So’nggi yangiliklar

20:10Зотеев, Токотаев ва бошқалар... "Андижон" 12 футболчиси билан хайрлашди  2 19:49Расмий хабар: Умид Эргашев — ОКМК футболчиси!  1 19:34Расман: Темурхўжа Абдухолиқов яна "Локомотив"да ўйнайди  2 19:07Расман: Россия футболи тарихидаги энг тезкор гол муаллифи, "Насаф" ярим ҳимоячиси ва "Сурхон" ҳимоячиси "Локомотив" сафига қўшилди  0 18:39"Манчестер Юнайтед" футболчиси совриндор клубнинг устувор мақсадига айланди  0 18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  4 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  4 17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  7 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  17 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  3 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  1 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  5 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  9 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  3

Jamshid Saidov: "Birgina qo'pol xato sababli o'yin taqdiri hal bo'ldi" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Birgina qo'pol xato sababli o'yin taqdiri hal bo'ldi"

Coca Cola Superliganing 25-turi doirasidagi "Neftchi" maydonidagi mag'lubiyatdan "Qizilqum" bosh murabbiyi Jamshid Saidov fikrlarini bildirdi.


- Birgina qo'pol xato va barchasi hal bo'ldi. O'yindan mamnunman, barcha bor kuchi bilan harakat qildi. Afsuski, yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadik. "Neftchi"ni g'alaba bilan tabriklayman. O'zimizda esa navbatdagi o'yinlarda omad. Yigitlar borlarini berishlari kerak. Oldimizda maqsad bor, shuni bajarishga majburmiz. Qattiq harakat qilib, vaziyatni o'nglashga harakat qilamiz.

- Inobatga olinmagan gol haqida.

- O'zim o'sha vaziyatni ko'rmadim. Takroriy lavhada esa to'p qo'lga tekkanini ko'rdim. Gol, offsayd, hakamlar qaror chiqardi. Barchasini ko'rib, taxlil qilib chiqamiz. Tarasov gol urgan vaqtda undan oldinda "Neftchi" futbolchisi bordek ko'rindi. SHu sababli bu vaziyatga etibor qaratmayman. Penalti vaziyatida esa to'p qo'lga tekkandek ko'rindi. Hakamlar ishlashdi, ular qaror chiqarishdi. Ularni muhokama qilishni istamayman.

- "So'g'diyona" Qarshida durang qayd etdi. "Qizilqum"ni o'tish o'yiniga olib bormaslik uchun qanday rejalar bor edi?

- Bugun g'alaba qozonib, o'tish o'yinida qatnashmaslik haqida o'ylagandik. Barchasiga nazariy jihatdan qaragandik va "Nasaf" o'z maydonida g'alaba qozonishini kutgandik. O'z navbatida biz bugun va kelasi turda "Turon"ni yutishni reja qilgandik. Bugun "Bunyodkor"ga yutqazgan "Metallurg" so'nggi turda "Olimpik"ni qabul qiladi. Ammo biz o'z vazifamizni bajara olmadik. 

- Kelasi mavsum Superligada 16 jamoa ishtirok etishi borasida gap-so'zlar tarqaldi. SHunday bo'lsa, Pro-liganing darajasi tushib ketmaydimi?

- Pro-ligada ham yaxshi jamoalar bor. Menimcha, u erda qancha kam va sifati jamoalar bo'lsa, shuncha yaxshiroq. Superligada 16 jamoa qilinsa, futbolchilar ham ko'proq bo'ladi va tanlov imkoniyati ham oshadi. Menimcha bu holat Pro-ligaga tasir qilmaydi. U erda o'yinlar sonini ko'paytirib, yanada qiziqarliroq qilishadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика