So’nggi yangiliklar

23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  0 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  1 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  1 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  1 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  5 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  23 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  3 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  4 19:49Ламин Ямаль 2-3 ҳафтага сафдан чиқди  11 19:2028 ёшли Матета илк бор Франция терма жамоасига чақирилди  2 18:58Суперлига. Иккита пенальти тепилган беллашувда "Навбаҳор" бир киши кам "Хоразм" билан дуранг ўйнади  25 18:18Ўзбекистон терма жамоаси таркибидан тушиб қолган футболчилар  28 17:54Ўзбекистоннинг Кувайт ва Уругвай билан ўйинлар учун таркиби маълум  49

Jamshid Bekmurodov: “Qizilqum”ni Qo'qonda qo'llab-quvvatlaymiz” Yangiliklar

Jamshid Bekmurodov: “Qizilqum”ni Qo'qonda qo'llab-quvvatlaymiz”

Teglar :  Qizilqum
Oliy liga oltinchi tur doirasida “Qizilqum” futbolchilari Qo'qonga safar uyushtiradi. Mavsumni ko'tarinki ruhda boshlagan konchilardan mahalliy muxlislarning umidlari katta.

“Qo'qon-1912” - “Qizilqum” jamoalari uchrashuvini navoiylik ishqibozlar Qo'qondagi “Markaziy” stadionda bevosita kuzatishga va o'z sevimli jamoalarini qo'llab-quvvatlashga hozirlik ko'rmoqda.

-“Qizilqum” jamoasi bu yilgi mavsumni muvaffaqiyatli boshlaganidan juda xursandmiz, - deydi “Qizilqum” PFK Muxlislar klubi etakchilaridan biri Jamshid Bekmurodov. - Navoiyda raqobatbardosh va kuchli jamoa shakllantirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Hamidjon Aktamov boshchiligida sevimli jamoamiz chempionatda bir muncha yorqin o'yinlar namoyish etayotganligini bizni futbolchilarimizni yanada uyushqoqlik bilan qo'llab-quvvatlashga undaydi. Navoiyda uchrashuvlar chog'ida stadion ishqibozlar bilan to'lib-toshayotganini barcha guvohi bo'lib turibdi. “Qizilqum”ning yutuqlarida biz ishqibozlarning ham hissamiz bor, albatta. SHu bois, oltinchi turda Qo'qonda bo'ladigan “Qo'qon-1912” - “Qizilqum” uchrashuvini stadionda tomosha qilib, o'z sevimli jamoamizni qo'llab quvvatlamoqchimiz.

Osiyo chempionlar ligasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan boshqa klublarimizdan “Qizilqum” futbolchilarining ham biror kam joyi yo'q. Ishonamizki, hademay navoiylik muxlislar ham ana shunday nufuzli musobaqa havosidan bahramand bo'lishadi. Qo'qonda bo'ladigan uchrashuvda “Qizilqum” futbolchilariga omad tilaymiz va ularning g'alabasiga ishonamiz!

“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика