So’nggi yangiliklar

13:16Скоулз ўғлини ўйлаб телевидениедан кетди  0 12:37Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Жаҳон чемпионатида иштирок этувчи якуний таркиби эълон қилинди  4 12:06"Наполи" МЮнинг яна бир футболчисини жалб этмоқчи  2 11:35Виталий Денисов: "Гуруҳдан чиқишимизни истардим. Каннаворонинг мураббий сифатидаги порлаши Ўзбекистондан бошланади"  9 10:43"Барселона" Левандовскининг ўрнига Туркиядан ҳужумчи олиб келмоқчи  6 10:17Мессини Анголага олиб келиш қанчага тушиши маълум қилинди  15 09:46"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини сотишга тайёр  1 09:21ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум  21 08:55"Барселона" етакчиларидан бири: "Бу сизларнинг сўнгги ғалабангиз"  12 08:27Суперлига. Бугун "Шўртан" учун сўнгги имконият  1 08:00Суперлига. "Динамо" – "Хоразм" 3:1   0 08:00Муҳаммад Салоҳ ёзда Саудияга кўчиб ўтиши мумкин. Саудияликлар унга қанча ойлик таклиф қилгани маълум  1 07:33ОАВда Ямалнинг гаплари нотўғри талқин қилинган  13 00:55Фримпонг жароҳати қанчалик жиддий экани маълум бўлди  4 00:51Эдем Неманов: "Медаллар учун курашамиз ва барчаси ўзимизга боғлиқ"  0

Jaloliddin Masharipov: "Kamerun va Kosta-Rika vahima qiladigan darajadagi raqiblar emas" Yangiliklar

Jaloliddin Masharipov: "Kamerun va Kosta-Rika vahima qiladigan darajadagi raqiblar emas"

O'zbekiston terma jamoasi etakchilaridan biri Jaloliddin Masharipov ayni paytda jarohatini davolamoqda.

"Al Nassr" yarim himoyachisi bilan bog'lanib uning hozirgi holati, terma jamoamizning bo'lajak o'yinlari hamda Vensan Abubakar haqida so'radik.

- Jaloliddin ahvolingiz yaxshimi? Hozirgi jarohatni qachon va qanday olgandingiz?

- "Al Nassr" bilan yangi mavsumga tayyorgarlikni Ispaniyada olib bordim. Jarohatni aynan Ispaniyadagi yig'inida oldim. Mashg'ulotlar vaqtida juda og'ir yuklamalar berildi. SHifokorlar aynan shu yuklamalar tufayli jarohat kuzatildi deb aytishdi.

- Ayni paytda tiklanish jarayonini o'tkazyapsiz. Qachon safga qaytasiz?

- Xudo xohlasa taxminan 15 kunlarda maydonga qaytsam kerak. Davolanish kursidagi oxirgi ukol qoldi, o'sha ukolni olib yashil maydonga qaytaman.




- Yozda sizni Misr klubiga o'tishingiz haqida xabarlar chiqqandi. Bu transfer amalga oshishiga jarohatingiz to'siq bo'ldi desak bo'ladimi?

- Ha, bu transfer jarohat tufayli amalga oshmadi. To'g'risi "Al Nassr" meni qo'yib yuborishni u qadar xohlamayotgandi. Oxirgi gap o'zimda qolgandi, kutilmagan jarohat tufayli transfer amalga oshmadi.

- O'zbekiston terma jamoasi sentyabr oyida Kamerun va Kosta-Rika bilan o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazadi. Tajribali futbolchi sifatida jamoamizdan nima kutyapsiz?

- Ikkala jamoa ham Jahon chempionatida o'ynaydi. SHaxsiy fikrimcha Kamerun ham, Kosta-Rika ham top terma jamoalar emas. Katanecning intervyusini ko'rdim, bosh murabbiy raqiblar juda kuchli deb aytibdi. Lekin juda kuchli emas, Kamerun terma jamoasi sardori Vensan Abubakar bilan birga o'ynayman. Aytmoqchi bo'lganim o'ynasa bo'ladi. Yigitlardan ortiqcha bosimni olib tashlash kerak. Vahima qiladigan darajadagi raqiblar emas. Intervyuni ko'rganimda bosh murabbiyning o'zi ham g'alabaga ishonmayotgandek gapirdi. Bu oddiy o'rtoqlik o'yini deb aytdi. Yigitlarni g'alabaga ishontirishi kerak. Bu intervyuni ko'rgan futbolchilar bosh murabbiyni o'zi ham g'alabani o'ylamayapti deb fikr qilishi mumkin. Har qanday terma jamoani mag'lub etish mumkinligini tushuntirishi kerak. Fikrimcha "bu oddiy o'rtoqlik o'yini, yigitlarni sinab ko'ramiz" degan gap bo'lishi kerak emas deb o'ylayman.




- Aytganingizdek Kamerun terma jamoasi hujumchisi Vensan Abubakar bilan "Al Nassr"da birga to'p tepasizlar. Uning kuchli va kuchsiz tomonlari nimada?

- Abubakar ko'proq himoyachilar oldida turib, darvozaga teskari turib to'pni qabul qiladi. Asosan sheriklari bilan devor uslubida o'ynaydi, korpusi bilan yaxshi o'ynaydi, ikkita vaziyatdan bitta gol uradi. Unga qarshi o'ynasa ham bo'ladi, aytganimdek vahima qilish kerak emas.

- Jarohat olganingizdan keyin O'FA yoki terma jamoa vakillari ciz bilan bog'lanishdimi?

- Albatta chempionatning ilk turida maydonga tushmaganimdan keyin Katanecning o'zi aloqaga chiqdi va hol-ahvol so'radi. Jarohatim borligini aytdim va afsuski terma jamoa yig'iniga bora olmasligimni bildirdim. Ko'pchilik yozib dalda berib turdi.


Narzulla suhbatlashdi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика