So’nggi yangiliklar

01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  0 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  2 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  0 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  0 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  0 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  7 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  1 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  7 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  17 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  63 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  10

Jaloliddin Masharipov faoliyatini qaysi chempionatda davom ettirgani maqul? (So'rovnoma natijalari) Yangiliklar

Jaloliddin Masharipov faoliyatini qaysi chempionatda davom ettirgani maqul? (So'rovnoma natijalari)

Besh kun muqaddam Telegram kanalimizga shu mazmunda so'rovnoma qo'ygandik.

Bugun mazkur so'rovnoma yakunlarini elon qilamiz. SHu kunlarda Jaloliddin Masharipov transferi asosiy planga chiqsa ajab emas. Negaki ishonchli malumotlarga ko'ra, unga Qatar klubi "Qatar SK" jiddiy qiziqish bildirmoqda va "Paxtakor" yarim himoyachisi uchun 1 million dollar taklif qilgan. Lekin "Paxtakor" bu summaga rozi emasdek ko'rinyapti. 

So'rovnoma qo'yilgach, 11 mingdan ziyod muxlis ishtirok etib o'ziga maqul variantni tanladi. Natijalar quyidagicha ko'rinish oldi: Rossiya 36%, Turkiya 21%, "Paxtakor"da qolgani yaxshi 19%, Boshqa chempionat 17%, Qatar 4%, Saudiya Arabistoni 2% va Eron 1%. 

So'rovnoma ishtirokchilari bergan ovozlarini o'rinlarga bo'lib chiqamiz.

1. Rossiya - 4,065 ovoz 

2. Turkiya - 2,360 ovoz

3. "Paxtakor"da qolgani yaxshi - 2,227 ovoz

4. Boshqa chempionat - 1,964 ovoz

5. Qatar - 415 ovoz

6. Saudiya Arabistoni - 209 ovoz

7. Eron - 175 ovoz

Ko'rib turganingizdek, ovoz berganlarning aksariyati Masharipov Rossiyaga ketishini xohlamoqda. Albatta, SHomurodov bilan O'runov o'zini ko'rsatgan chempionatda nega endi Jalol o'ynab ketmasin. Unda ham salohiyat yuqori. Lekin hamma gap qaysi klub taklif qilishida. 

Masharipov aytaylik, Turkiya chempionatiga borsa ham yaxshi. Har holda Evropada futbol baribir boshqacha. Qolaversa Turkiya chempionati uning yanada o'sishiga xizmat qiladi. "Paxtakor"da qolgani yaxshi degan variant uchinchi bo'lganiga qaraganda "Paxtakor" muxlislari shunday futbolchidan ajrab qolishni istashmaydi. 

Boshqa chempionat variantiga kelsak, bu istalgan chempionat bo'lishi mumkin: xoh Angliya, xoh Malayziya. Endi buyog'i kimning qaysi chempionatni tasavvur qilishiga bog'liq. Masharipov balki faoliyatini Qatar yoki Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Eng kam ovoz to'plagan Eron chempionatiga ehtimol bormasa kerak. 

Nima bo'lgan taqdirda ham variant chiqishi bilan Masharipov chetga ketishi kerak. CHunki u "Paxtakor" bilan O'zbekistondagi barcha sovrinlarni qo'lga kiritib bo'ldi. Osiyo chempionlar ligasiga kelsak, bu sovrinni yutish uchun bizdan ko'ra arablarda imkoniyat ko'proq.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика