So’nggi yangiliklar

21:00Al Ain Cup. Ўзбекистон - Эрон (матнли трансляция)  30 20:59Криштиану Роналду Дональд Трамп билан учрашади  0 20:33Асилбек Алиев Осиё кубогига борса, бир нечта ўйинни ўтказиб юборади  15 19:25U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади  392 19:13Рейндерс: "Мен ЖЧ-2022ни диванда томоша қилганман. Бу сафар бутунлай бошқача бўлиши аниқ"  0 18:48Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Хитой билан муроса кўчасини танлади  7 18:20U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон 1/4 финалга чиқса, тўпурарларимиздан бири майдонга туша олмайди  8 18:04Расмий хабар: "Андижон" Максим Шацких билан хайрлашди  35 17:33Трамп: "ЖЧ-2026 мисли кўрилмаган даражада муваффақиятли ўтиши учун барча нарсани ишга солиш ҳақида кўрсатма бердим"  1 16:55Украиналик сўконғич мураббий қирғиз клубидан бўшатилди  5 16:07АПЛ клуби Левандовскига шартнома таклиф қилди  7 15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  2 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  1 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  17 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1

Jaloliddin Masharipov: "'Andijon' O'zbekistondagi barcha muxlislarni uyg'otdi" Yangiliklar

Jaloliddin Masharipov: "'Andijon' O'zbekistondagi barcha muxlislarni uyg'otdi"

O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov JCH-2026 saralash o'yinlaridan oldin terma jamoa ixtiyoriga etib keldi.

- O'zbekiston terma jamoasining bo'lg'usi o'yinlari haqida qanday fikrdasiz?

- Terma jamoa ixtiyoriga bugun kelib qo'shildim. Kichik muammolar sababli kechagi mashg'ulotlarga etib kela olmadim, bu haqda murabbiylar xabardor edi. Garchi keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritgan bo'lsak-da, Turkmaniston bilan o'yinga befarq qaramaymiz. Bu uchrashuvlar o'z darajamizn saqlab qolishga xizmat qiladi. Muxlislar ham ancha vaqtdan beri terma jamoa ishtirokidagi o'yinni sog'ingan. Ularni 3 ochko bilan xursand qilishimiz kerak. 

- Eron chempionatida o'ynab qaytdingiz, ushbu davr davomida ushbu mamlakat terma jamoasi azolari bilan o'ynadingiz. Ularning bo'lajak o'yinlarga munosabati qanday?

- Eronliklar O'zbekistonga qarshi iliq munosabatda bo'lib turishibdi. Osiyo kubogida har bir jamoa bizdan cho'chiydi degan gapim o'z kuchida qoladi, buni ular ham tasdiqlashdi. Bu jamoaga qarshi qo'rqmasdan o'ynay olamiz. "Ozodi" stadionida ham uch ochko qo'lga kiritishga harakat qilamiz. 

- Eron va O'zbekiston chempionatlari o'rtasida qanday farq mavjud?

- Eron chempionati terma jamoada bo'lgani singari jiddiy kurashlarga asoslangan. Peshqadam autsayderga qarshi bahsda g'alaba qozonishiga ishonch hosil qilib, maydonga chiqa olmaydi. Bu holatda mensimagan jamoa jazolanishi mumkin. Biz ham quyi pog'onalardagi jamoa bilan durang o'ynab, chempionlikni boy berdik. O'zbekiston chempionatida muxlislik qilish rivojlandi. "Andijon" O'zbekistondagi barcha muxlislarni uyg'otdi.

- Rizoyan, Izzatilloh kabi futbolchilar Eron terma jamoasi qaydnomasiga kiritilmadi. Bu qanchalik tasir o'tkazadi?

- Rizoyanning yoshi katta. Eron tarkibni yoshartirishni boshladi. Ularning ko'p o'yinchilari Evropada to'p tepadi, Izzatilloh esa Dubay jamoasi sharafini himoya qiladi. Eronliklar keyingi bosqichni oldindan o'ylashni boshladi. 30 yoshli futbolchi yoshi katta futbolchi hisoblanmaydi. Bunday o'yinchilar terma jamoa va klubga kerak bo'ladi. 34 yoshdan keyin esa o'ylab ko'rsa bo'ladi. 

- Eronda chempionlik uchun Oston O'runov jamoasi bilan kurash kechdi. U bilan gaplashib turasizmi?

- Oston mening uyimdan yuqori qavatda yashaydi. Biz u erda o'zbek futbolchilariga bo'lgan hurmatni oshirdik. Klub muxlislari biz haqimizda iliq fikrda. Eron jamoalari o'zbek futbolchilariga talabgir, hatto mendan ham so'rashdi. Kimligi sir bo'laqolsin.

- Olimpiadada ishtirok etish uchun chaqirishsa, borasizmi? 

- Biz Vatan uchun hech qachon ortga yurmaymiz. SHunday imkoniyat berilsa, albatta, boraman.

- Tatilingiz qachon tugaydi va Eronga qachon qaytasiz?

- Tatil FIFA kunlaridan so'ng tugaydi. Qachon qaytishim nomalum.

- Parij Olimpiadasida qatnashadigan ikki kishi deyarli aniq bo'ldi. Uchinchisi kim bo'lishni xohlardingiz?

- Ikki kishi intervyu berdi degani, Olimpiadaga boradi deganimas. Biz shunchaki o'z xohishimizni bildik. Vatanimiz bayrog'ini ko'tarish uchun yordam beramiz. Kim borsayam, yaxshi o'rinlarni olib kelish kerak. O'zbekiston futboli oldinga qarab o'smoqda. Bu jarayon to'xtashi kerak emas.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика