So’nggi yangiliklar

00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  1 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  7 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  2 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  0 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  3 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  1 21:31Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди  15 20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0 20:39Килиан Мбаппе Испания Суперкубоги финалида ўйнаши мумкин  0 19:49"Реал" марокашлик футболчиси билан 2030 йилгача бўлган битим имзолайди  2 19:35"Олимпик" ўйинчиларига маошининг ярмидан воз кечиш таклиф қилинмоқда  5 18:49Мбаппе жароҳат олди  7 18:37Жейми Каррагер: "Жезус Дьокерешдан яхшироқ, бу факт"  6 17:51Орлов замонавий шарҳловчилар ҳақида: "Нотўғри урғулар қулоққа ғалати эшитилади. Баъзида ўйиндан жуда катта чалғишлар бўлади. Эфирда кераксиз сўзлар кўп бўлмаслиги керак"  7

Jahongir Ortiqxo'jaev: "Agar "Paxtakor" sotiladigan bo'lsa, 100 dollar deyishsa ham olmayman. Tekinga deyishsa olaman. Stadionni ham" Yangiliklar

Jahongir Ortiqxo'jaev: "Agar "Paxtakor" sotiladigan bo'lsa, 100 dollar deyishsa ham olmayman. Tekinga deyishsa olaman. Stadionni ham"

Jahongir Ortiqxo'jaev "Lolazor" podkastida o'zining "Paxtakor"ni sotib olgach qanday ishlarni amalga oshrishi xususidagi rejalarini aytib berdi.

"Bir narsani aytaman: "Nasaf"nimi, "Neftchi"nimi, qaysi klub bo'lsa ham davlatdan xususiy qo'llarga o'tadi degani, futbol o'zgaradi degani emas. Mlrd pul tikilsa ham futbol o'zgarib qolmaydi. Agar pul bilan nimadir bo'lganda bugun Saudiya Arabistoni eng zo'r terma jamoa bo'lardi. Ëki "Ulsan Xyunday" zo'r bo'lib ketardi. Agar biz futbolni boshqacha tarzda o'zgartirmasak, holat yaxshi bo'lmaydi deb o'yladim. Agar klub sotiladigan bo'lsa, 100 dollar deyishsa ham olmayman. Lekin tekinga deyishsa olaman. Stadionini ham. Tekinga bersa olaman, pulga desa olmayman. U joyni yaxshi joy qila olish boshqa, yaxshi joy deb aytish boshqa. 

Men O'FA prezidenti Abdusalom Azizovga taklif berdim, stadionni olishim mumkin, lekin pulgamas. O'zi shundoq ham 70-80 mlrd stadionga tikib yubordim. 200 mlrd ga yaqin pulim ketdi jami, qaytarib ololmayman. Yana pulga sotib olamanmi? Nima qilaman? 

Birinchi o'rinda futbolni o'zgartirish kerak, ikkinchi o'rinda muxlislarni futbolga chaqirishni yo'lga qo'yishimiz kerak. Men 49 yildan buyon Toshkentda yashayman, 12 yoshimda "Paxtakor"da chipta olib, sotib yurganman. Menga qadrli bu joy. Mening yoshligim o'sha erda o'tgan. "Dom" yoki boshqa narsa qurish o'z yo'liga, biznesmenni ha deb bir taraflama ko'ravermaslik kerak. 



O'zi "Paxtakor"ni nima qilmoqchi edim? Klubni Qibrayda bazasi bor. O'sha erga 120 kishilik mehmonxona qurmoqchi edim. To'rtta maydoni bor, shuning ikkitasini o'zgartirmoqchi edim. CHilonzorda akademiya bor, o'sha erni to'g'rilab bermoqchi edim. Stadionni ham yangilab, ostiga do'konlar qurib, atrofini bog' qilmoqchi edim. Odamlar o'sha erga kelsa, shoular qilib bo'lsa ham stadionga olib chiqamiz. Faqat futbol ko'rgani emas, hudud mikst bo'lsin. Odamlarni chaqirish asosiy maqsad. 

Ësh futbolchilarni esa Qibrayga olib kelib, ota-onasi bilan kelishib, har 3 oyda uyiga borishini aytib, go'shti bizga, suyagi sizga deymiz. Alkogol ichish yo'q, kechasi yurish yo'q, ertalabdan kechgacha, kerak bo'lsa qattiqqo'llik bilan ish yuritib, 3 yil boqmoqchi edim. SHundan keyin "Paxtakor"da o'ynatmoqchi edim. Keyin chet elga sotiladigan bo'lsa sotardik. Balki shundan xarajatimni qoplardik. Oddiy rejim bilan futbolni ko'tara olmaymiz", – dedi Ortiqxo'jaev.

Eslatib o'tamiz, avvalroq "Paxtakor" sotuvga qo'yilgandi, keyinroq esa sotuv bekor qilindi.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика