So’nggi yangiliklar

20:48"Ал Насср" Роналду орқали МЮ собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олиши мумкин  0 19:59Миш-мишларга чек қўйилди: Лунин Мадридда қолади  0 19:33"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи: "Менга кўп футболчилар керак эмас"  2 19:05ТОП-5 қачон бошланади? Жамоалар янги мавсумга қандай тайёрланмоқда?  5 18:40Легионер посбон, Фарғонада ютган мураббий, дублга эришган футболчи ва собиқ клубига гол урган ҳужумчи — Суперлигада 16-турнинг энг яхшилари   2 18:28"Барселона" "Тэгу"ни йирик ҳисобда мағлуб этди — битта гол Рэшфорд ҳисобида  1 18:10Плетнёв, Таҳсин, Токотаев, Санчес... Суперлига 16-тур рамзий терма жамоаси   4 17:50Машинани эмас, ҳайдовчини алмаштириш керак  7 17:36Манба: Аббос Файзуллаев Конференциялар Лигаси учрашувини ўтказиб юборади  3 17:24Фарғона давлат университети стадиони Про лига баҳсига мезбонлик қилади  8 17:02Парти фаолиятини Ла Лигада давом эттиради  2 16:34Деле Алли фаолиятини якунлагани йўқ  2 16:05Магуайр "Манчестер Юнайтед" сардорлар кенгашида  0 15:42Ирландия клуби футболчи билан тузган шартномасини 4 кун ўтиб бекор қилди  1 15:17"Барча даврларнинг энг ортиқча баҳо бериб юборилган инглиз футболчиси". АПЛ собиқ футболчиси Пол Скоулзнинг буюклигини уйдирма деб ҳисоблайди  10

Jahongir Mehmonov: “Ikkinchi davradagi ilk o'yinimni o'tkazaman” Yangiliklar

Jahongir Mehmonov: “Ikkinchi davradagi ilk o'yinimni o'tkazaman”

Bugun milliy chempionatimizning 25-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
Ushbu turda Farg'onaning “Neftchi” jamoasi o'z uyida Toshkentning “Paxtakor” jamoasini qabul qiladi. Ushbu uchrashuv oldidan mezbonlar jamoasi futbolchisi Jahongir Mehmonov o'z fikrlarini bildirdi.

“Ushbu uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. “Paxtakor” yaxshi shakllangan jamoa. Mana shu holatni inobatga olgan holda mashg'ulotlarda ko'proq ter to'kdik. Ayni damda “sherlar” yaxshi sport formada. CHempionatimizda biroz tanaffus yuzaga kelganidan unumli foydalandik. Mashg'ulotlarda ko'proq himoya va hujum chizig'imizni kuchaytirish bo'yicha ishlar olib bordik. “Paxtakor” ustidan g'alaba qozonish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Raqiblarimizni kerakli darajada o'rgandik, deb o'ylayman. Bugungi uchrashuvda bizga Abbos Mahstaliev va Muhsin Ubaydullaev yordam bera olmaydi.

To'g'ri, bundan avvalgi turda safarda “Obod” jamoasiga imkoniyatni boy bergandik. Bu-futbol! Kimdir g'alaba qozonadi yana kimdir mag'lub bo'ladi. G'alaba qozonsak barcha xursand bo'ladi, mag'lub bo'lsak barcha futbolchilar tushkun kayfiyatga tushib qoladi. Mag'lub bo'lishni hech bir futbolchi istamaydi. Bugun faqat g'alaba qozonish uchun maydonga chiqamiz. Bugungi raqiblarimiz ikkinchi davrada ancha mazmunli o'yin ko'rsatishmoqda. Lekin bizga ham ochko kerak. Hozir barcha jamoalar faqat g'alaba qozonish uchun maydonga tushmoqda. Olgan jarohatimdan so'ng, bugun ikkinchi davradagi ilk o'yinimni o'tkazaman”, - deydi “Neftchi” jamoasi futbolchisi Jahongir Mehmonov.

Jahongir Sotvoldiev
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика