Jahongir Abdusalomov: "O'yinda biroz xotirjamlikka berildik"
17 okt 2022 17:14
Yangiliklar
Jahongir Abdusalomov: "O'yinda biroz xotirjamlikka berildik"
Pro liga 21-turidan o'rin olgan "Yangier-Quruvchi" – "Zomin" (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar hujumchisi Jahongir Abdusalomov fikrlariga quloq tutdik.
"Avvalo, muhim g'alaba bilan barchani tabriklayman. Juda ham qiyin o'yin bo'ldi. SHunday bo'lishini avvaldan bilardik. Lekin biz muvaffaqiyat qozonish uchun oxirigacha kurashdik va haqli ravishda muvaffaqiyat qozondik.
To'g'risi, "Zomin"ga qarshi o'yinga qadar faqat bir kun mashg'ulot o'tkazdik. Baribir bu ham o'yinga tasir qildi. Qolaversa, raqib bir kishi kam bo'lib qolganidan keyin jamoamiz ozroq xotirjamlikka berildi. SHu sababli gol urishga biroz qiynaldik.
Umuman olganda, "Zomin" yaxshi jamoa. Bir kishi kam bo'lib ham yaxshi harakat qildi. Golimga kelsam, bu safar ham omadim keldi (kuladi). Jamoaning keyingi o'yinlariga omad tilayman", – deb so'zini yakunladi Abdusalomov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar