So’nggi yangiliklar

17:27Суперлига. "Машъал" - "Шўртан". Таркиблар маълум  0 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  2 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  4 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  4 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  3 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  94 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  5 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  4 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  12 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  4

Ixtiyor Toshpo'latov: "Katta futbolni sog'indim" Yangiliklar

Ixtiyor Toshpo'latov: "Katta futbolni sog'indim"

Ikki oylik tanaffusdan so'ng "Mashal" klubi futbolchisi Ixtiyor Toshpo'latov yana umumniy guruhga qaytdi.

Toshpo'latov bilan uning bu yilgi faoliyati borasida suhbatlashdik.

- Ixtiyor, bu yilgi mavsum siz uchun qanday o'tmoqda?

Qishgi yig'inni Jizzaxning "So'g'diyona" klubida o'tkazdim. So'nggi kunlarda jizzaxliklar ijaraga olishni istamagani uchun yana "Mashal"ga qaytdim. Mavsumning boshida asosiy tarkibga kirishim uchun muammolar bo'ldi. Qishg'i yig'inda birga bo'lmaganim pand berdi. Keyinchalik tarkibda o'ynay boshladim va yomon o'yin ko'rsatmadim degan umiddaman. 12-turda "Lokomotiv" bilan o'yinda jarohat oldim va ikki oy mashg'ulotlarsiz qoldim. Hozirda umumiy guruhga qaytdim. Umuman olganda yarim mavsumdan to'la ko'nglim to'ldi deya olmayman.

- Bu orada siz Olimpiya terma jamoasidan ham taklif olgan edingiz...

Darhaqiqat , menda jarohat bor vaqtida taklif keldi. Bundan juda xursand bo'ldim. Yana 3 yildan so'ng O'zbekiton terma jamoalaridan taklif oldim. Oxirgi marta O'zbekiston o'smirlar termasida harakat qilgan edim. Bu menga juda katta ishonch bag'ishladi. Endi ertaroq safga qaytish uchun jiddiy ishlayapman. Futbolga qaytishni va o'ynashni sog'indim.

- Sizga murabbiy Oliy ligada ko'p ham ishonch bildirgani yo'q? Buning sababi nimada deb o'ylaysiz?


Bu murabbiyni istagi va uning xohishi. Balki men murabbiy kutgan darajada o'yin ko'rsatmagandirman. Aybni o'zimdan qidirsam to'g'ri bo'ladi. Har bir o'yin og'ir kechmoqda shu bois murabbiy eng kuchlilarga ishonmoqda.

- Jamoaning bu yildagi salbiy natijalariga nimalar sabab bo'lmoqda?


Jamoaviy o'yin va ahillik yo'q. SHu bois ko'p o'yinlarda bu pand bermoqda. Ikkinchi davrani ham kutilganidek boshlay olmadik. Keyingi uchrashuvlarda bu vaziyatdan chiqib ketish uchun harakat qilamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика