So’nggi yangiliklar

02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  3 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  2 00:34ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  2 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  3 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  98 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  5 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  1 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   3 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  1 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  40

Ivanovich, Vidich, Dumbiya va Rossiya chempionatidan APLga yo'l olgan boshqa yulduzlar Yangiliklar

Ivanovich, Vidich, Dumbiya va Rossiya chempionatidan APLga yo'l olgan boshqa yulduzlar

Transfer oynasining so'nggi kunida CSKA futbolchisi Seydu Dumbiya "Nyukasl" safiga borib qo'shildi. Biz esa Rossiya chempionatidagi yorqin o'yinlari evaziga Angliya Premer-Ligasiga yo'l olgan yulduzlar haqida eslab o'tamiz.

Branislav Ivanovich. ("Lokomotiv" - "CHelsi") 2008 yilda Moskvaning "Lokomotiv" jamoasidan "CHelsi"ga 13 million evro evaziga ko'chib o'tgan. Bugungi kunda "aristokratlar" himoyasini serbiyalik futbolchisiz tasavvur qilish qiyin



Martin SHkrtel. ("Zenit" - "Liverpul") Slovakiyalik futbolchi o'z vaqtida 4 yil "Zenit" sharafini himoya qilgan. 2008 yildan esa "Enfild"ga ko'chib o'tgan



Nemanya Vidich. ("Spartak" - "Manchester Yunayted") 2004 yildan 2006 yilgacha moskvaliklar jamoasida o'ynagan. Keyinchalik esa MYU safiga borib qo'shilib, APL chempioni, ECHL sohibi, Klublar o'rtasidagi JCH g'olibligini qo'lga kiritdi



Seydu Dumbiya. (CSKA - "Nyukasl") Afrikalik hujumchi 2010-2015 yillarda CSKAda o'ynagan. Aynan ushbu o'yinlari orqali "Roma"ga transfer qilinadi. Keyin yana RPLga qaytadi. Kuni kecha uning "Nyukasl" safiga borib qo'shilgani haqida xabar chiqdi


Andrey Arshavin. ("Zenit" - "Arsenal") Evro-2008dagi yorqin o'yinlardan so'ng rus futbolchilariga haridorlar ko'payib qoldi. SHulardan biri Arshavin. U avvaliga "kanonirlar" safidagi ajoyib o'yinlari evaziga muxlislar mehrini qozona oldi. Biroq, bu uzoqqa cho'zilmadi. Futbolchi londonliklar safida 143 ta o'yinda maydonga tushgan.


Irji Yaroshik. (CSKA - "CHelsi") 2003-2004 yilda CSKAda o'ynagan chexiyalik futbolchi "CHelsi" safiga borib qo'shiladi


Yuriy Jirkov. (CSKA - "CHelsi") 2009 yilda CSKAdan 18 million funt evaziga "CHelsi"ga ko'chib o'tgan


Jo. (CSKA - "Manchester Siti") 2008 yilda CSKAdan "Manchester Siti"ga 18 million funt evaziga o'tgan. Biroq, APLda braziliyalik hujumchining ishlari yurishmadi. 21 o'yinda 1 ta gol 18 million funtlik futbolchining natijasi emasda, ahir...


Diniyar Bilyaletdinov. ("Lokomotiv M" - "Everton"). Ushbu futbolchi ham Evro-2008dagi muvaffaqiyatli ishtirokdan so'ng sheriklari kabi Evropaga yo'l oladi. Yarim himoyachi 2009-2012 yillar davomida "Everton"da o'ynagan


Roman Pavlyuchenko. ("Spartak" - "Tottenxem") Hujumchi 2008 yildan 2012 yilgacha "Tottenxem"da o'ynagan. Ushbu 4 yil davomida futbolchi londonliklar safida 78 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan


Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика