So’nggi yangiliklar

03:03Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади  25 02:58А Серия. "Наполи" Римда "Рома"ни мағлуб этди  1 01:25Микель Артета: "Чемпион бўлишни истасак, шу руҳни сақлаб қолишимиз керак"  4 01:15Cамвел Бабаян — "Андижон" бош мураббийи  21 00:33Спаллетти "Ювентус" учун рекорд ўрнатди  2 00:07ОКМК сўнгги турда Олмалиқда "Машъал"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:30АПЛ. Қизиқарли кечган "Челси" ва "Арсенал" жамоалари ўртасидаги Лондон дербисида дуранг қайд этилди, "аристократлар" ўйиннинг катта қисмини ўн киши бўлиб ўтказишди  39 23:17"Андижон" сўнгги турда "Бунёдкор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:25Исак "Ливерпул" сафидаги дебют голини урди  4 21:34"Реал" 50 млн евролик трансферни амалга оширишга тайёр  8 21:00АПЛ. "Ливерпуль" Лондонда "Вест Хэм"ни мағлуб этди  7 20:56А Серия. "Интер" Лаутаронинг дубли эвазига меҳмонда "Пиза"ни мағлуб этди  2 20:05Савиньо қишда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 19:22Рэшфорд "Барселона"ни тарк этиб, ПСЖга ўтиши мумкин   4 19:02АПЛ. "Манчестер Юнайтед" Лондонда иродали ғалабага эришди  17

"Qo'qon-1912" himoyachisi Yosovich: "Kerak bo'lsa, darvozaga turishga ham tayyorman" Yangiliklar

"Qo'qon-1912" himoyachisi Yosovich: "Kerak bo'lsa, darvozaga turishga ham tayyorman"

Baxtiyor Ashurmatov murabbiyligidagi "Qo'qon-1912" Superliganing 11-turida "Nasaf"ga qarshi maydonga chiqdi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng jamoaning serbiyalik himoyachisi Ivan Yosovichning fikrlari bilan qiziqdik.

- "Lokomotiv" bilan safardagi g'alabadan so'ng ko'pchilik "Nasaf" bilan o'yinda ijobiy natijaga umid bog'lagandi. Lekin ko'rdikki, yakunda "Qo'qon-1912" mag'lubiyatni tan olishga majbur bo'ldi...

- Toshkentda "temiryo'lchilar" ustidan g'alaba qozonganimizdan so'ng yuqori kayfiyatda "Nasaf" bilan o'yinga tayyorgarlik ko'rgandik. Futbolda tezkor gol ko'p narsani hal qiladi. Biz esa ushbu bahsda ilk daqiqalardan darvozamizdan to'p olib chiqdik. "Nasaf"ga qarshi o'ynash har qanday jamoaga qiyinchilik tug'dirishi tabiiy. Ular pas orqali o'ynashadi, uchrashuvni nazorat qilishga intilishadi. Tan olish kerak birinchi bo'limda raqib yaxshi o'yin ko'rsatdi, gol urishdi. Biz esa kam sonli vaziyatlardan foydalana olmadik. 

- Statistikaga etibor beradigan bo'lsak, "Qo'qon-1912" bu mavsum o'z maydonida hali g'alaba qozona olgani yo'q. O'tgan mavsumda esa buni aksi kuzatilgan, jamoa o'z maydonida ko'proq ochko jamg'argandi...

- Ha, nafaqat oxirgi mavsum, oldingi yillarda ham raqiblar uchun Qo'qondan ochko bilan qaytishga qiynalishgandi. Lekin joriy mavsumga kelib shunday holat kuzatilmoqda, deya olaman. SHuningdek ko'p ochko yo'qotmoqdamiz. Ayrim bahslarda omadimiz kelmaganini ham aytish joiz. Nima ham derdim, oldinga intilishda davom etamiz. Oradagi tanaffusdan so'ng ikkinchi davrada safardagidek uyda ham g'alabalarga erishishga harakat qilamiz. Boshqa ilojimiz ham yo'q. 

- "Nasaf" bilan bahsda sizni yarim himoyachilarga yaqin o'ynaganingizga guvoh bo'ldik. Odatda maydonda so'nggi himoyachi vazifasini bajarar edingiz...

- To'g'ri aytdingiz. Mening asosiy vazifam markaziy himoyachi sifatida to'p tepish. "Nasaf" bilan birinchi marotaba tayanch yarim himoyachilariga yaqin poziciyada o'ynadim. Murabbiyning ko'rsatmalarini bajarish mening professional ishim hisoblanadi. Agarda darvozaga turasan desa, bunga ham tayyorman. Lekin o'zimni himoyachi sifatida qulayroq his qilaman. 

- Jamoaning bu yilgi tarkibi va salohiyati o'tgan mavsumdagi natijani yanada yaxshilashga qanchalik qodir?

- Turnir jadvaliga etibor beradigan bo'lsak, bizdan yuqoridagi jamoalar bilan katta farqni ko'rmasligimiz mumkin. Bu mavsum yanada qiziqarli o'tishiga ishonchim komil. Masalan bitta g'alaba bizni 5-4 o'rinlarga olib chiqishi mumkin. Barcha o'yinlarda kutilgan va kutilmagan natijalar qayd etilmoqda. Boshni tushirishimiz kerak emas. Kayfiyatni ko'tarib g'alabalar sari intilishda davom etishimiz lozim. Eng asosiysi "Qo'qon-1912"da ichki muhit juda yaxshi. Yutsak ham, yutqazsak ham jamoadagilar bilan o'zaro munosabatlarimiz alo darajada. Jamoaning salohiyati yuqori. Futbolda qaysidir o'yinda rejalaringiz o'xshaydi yoki o'xshamaydi. Bu mavsumni o'tgan yilgidek tepa o'rinlarda yakunlay olamiz. Muxlislardan tashvishlanmasliklarini so'rayman. 

- Klubga qandaydir barqarorlk etishmayotgandek...

- Bu yaqqol ko'rinib turibdi. Bitta o'yinda yutsak, ikkinchisida yutqazmoqdamiz. Agarda turnir jadvalidagi o'rnimizni yaxshilashni istasak bo'lajak uchrashuvlarda g'alabani o'zimizniki qilishimiz lozim. Hozirda yana ikkita uchrashuv va butun boshli, ko'p narsaga oydinlik kiritib beradigan ikkinchi davra kutmoqda. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика