So’nggi yangiliklar

08:10U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум  0 07:48ЖЧ масаласини ҳал қилган Бразилия ва Аргентина мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  9 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  1 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  2 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  6 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  13 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  3 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  22 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  31 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  10 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21

Ivan Nagaev: "Ishonchsiz goldan ishonchliroq penalti yaxshi edi" Yangiliklar

Ivan Nagaev: "Ishonchsiz goldan ishonchliroq penalti yaxshi edi"

O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Ivan Nagaev bilan JCH-2014 pley-offdagi Iordaniyaga qarshi uchrashuv va boshqa mavzular bo'yicha qisqa suhbatlashdik.
- Vanya terma jamoamiz endi Braziliyadagi Jahon chempionatiga bora olmaydi. Buning sabablarini qanday izohlagan bo'lar edingiz?
- Bu Futbol va unda barcha narsa bo'lishi mumkin. Biz hammadan ham ko'proq Braziliyaga borishni istagan edik. Jahon chempionatida ishtirok etishga munosib edik. Faqat omad etishmadi. Sababi haqida aytadigan bo'lsak bunda murabbiy yoki bitta hujumchini ayblab bo'lmaydi. Mag'lub bo'ldikmi demak hamma aybdor. Hamma hujumchini ayblaydi va bu qaysidir manoda to'g'ri. Bir tarafdan olib qarasak odatda hujumchiga to'p hatto darvozabondan ham kamroq etib keladi va yakuniy nuqta faqat sizga qaratiladi. Sabab sifatida faqat men o'zim yo'l qo'ygan xatoni aytishim mumkin. Boshqalarga izoh bera olmayman.

- Aynan sizning xatoingiz bir vaziyatda ko'zga tashlandi. Maqsad penalti ishlash edimi?
- Xatoimni tan olaman. SHu vaziyatda men gol urishim ham mumkin edi deb o'ylarsiz lekin menda bunday holat emasdi. Men to'pga juda noqulay etib borgan edim va ustiga ustak qulayotgan paytim raqib oyog'i menga tegdi. Penalti bor edi deya olmayman. Agar menga raqib tegmaganda ham o'zi muvozanatni yo'qotib bo'lgan edim. Tezlikdan o'zimni to'xtatib qola bilmagan edim. Bir tarafdan ochig'ini aytadigan bo'lsak penalti ishlashni ham maqsad qilgan edim lekin ayna shu vaziyat uchun emas. Goldan ko'ra penalti ishonchliroq bo'ladigan vaziyatda edim. Ishonchsiz goldan ishonchliroq penalti yaxshi edi. Gol uchun shusiz ham imkoniyatim kam edi. Balki oldinda ikki kishi o'ynaganimda osonroq bo'lishi mumkin edi lekin bu murabbiyni taktikasi va buni muhokama qilmaymiz.

- Unda taktika uchun boshqa murabbiyini nomzodini ayta olasizmi?
- Hozir terma jamoamiz uchun eng munosib variant Qosimov ko'rilgan va biz faqat maydonda harakat qilamiz. Men professionalman va murabbiy tanlamayman.  

- Iordaniyaga qarshi safarda bo'lgan uchrashuvda sizda xujjatlar bilan bog'liq muammo yuzaga keldi. SHunga qaramay siz aeroportgacha terma jamoa bilan borgansiz va so'ng qaytgansiz? Bu borada qanday muammo yuzaga kelgandi?
-  O'ylashimcha harakat qilganda hal bo'ladigan narsa edi. SHu bois aeroportgacha birga kelgandik. Faqatgina so'nggi soniyalardagina hal bo'lmaganini aytishdi.

- Hal bo'ladigan muammo bo'lsa nega harakat qilishmadi?
- Bunisini esa bilmadim. SHuni aytishim kerakki JCH uchun hamma birdek harakat qilish kerak edi va endi kech. Tayyorgarlikni endi boshlash kerak. Hamma o'zi ishini bajarsagina maqsadga erishamiz.

- "Lokomotiv" chempionlik uchun kurashmoqda. Bunga jamoaning salohiyati etadimi?
- Albatta etadi. Jamoada hamma tajribali o'yinchilar yig'ilgan. Maqsad ham faqat chempionlik bo'lish va OCHLda o'ynashdir.

- Hozirda jamoangizda hujum borasida raqobat deyarli yo'q. Hujumda siz va SHadrin. Bu futbolchining saviyasiga tasir o'tkazmaydimi?
- Bu to'g'ri fikr lekin, Farhod Tojiev kutilmaganda jarohat oldi, Zayniddin Tojiev boshqa jamoani tanladi. SHunga qaramay o'z saviyamizni oshib boraveramiz. To'xtab qolmoqchi emasmiz. Hujumchisiz ham o'ynash mumkinligini Ispaniya isbotlagan va biz uchun jamoadan doimiy o'rin kafolatlanmagan.


Humoyun Davurov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика