Ivan Boshkovich: "Tartibli va intizomli futbol mundialdagi ko'p o'yinlarni hal qilmoqda"
26 noy 2022 08:24
Yangiliklar
Ivan Boshkovich: "Tartibli va intizomli futbol mundialdagi ko'p o'yinlarni hal qilmoqda"
Osiyo qitasidan Eron ilk g'alabasini nishonladi, Qatar Senegalga mag'lubiyatga uchradi va musobaqani tark etishi malum bo'ldi. Niderlandiya - Ekvador bahsida kuchlar teng keldi. "Bunyodkor" bosh murabbiyi mazkur uchrashuvlar haqida umumiy va qisqacha fikrlarini bildirdi.

"Barcha jamoalar juda yaxshi saviyada futbol ko'rsatmoqda. Favoritlar deyarli yo'q, deb o'ylayman. Tartibli va intizomli futbol, himoyada xatosiz o'ynash ko'p o'yinlarni hal qilmoqda. To'g'ri taktika tanlash ikkinchi raqamda o'ynaydigan jamoalar uchun muhim. Bu favorit, deya qaralayotgan jamoalarni yutishga yordam beradi. Qatardagi musobaqa kichik va katta terma jamoalar o'rtasida farq kamayib borayotganini ko'rsatadi.
Osiyoliklar haqida? Ular o'yin sifati borasida oldinga qarab rivojlanmoqda. Bu natijada o'z so'zini aytyapti",- deydi Ivan Boshkovich.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar