So’nggi yangiliklar

20:10Зотеев, Токотаев ва бошқалар... "Андижон" 12 футболчиси билан хайрлашди  2 19:49Расмий хабар: Умид Эргашев — ОКМК футболчиси!  1 19:34Расман: Темурхўжа Абдухолиқов яна "Локомотив"да ўйнайди  2 19:07Расман: Россия футболи тарихидаги энг тезкор гол муаллифи, "Насаф" ярим ҳимоячиси ва "Сурхон" ҳимоячиси "Локомотив" сафига қўшилди  0 18:39"Манчестер Юнайтед" футболчиси совриндор клубнинг устувор мақсадига айланди  0 18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  4 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  4 17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  7 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  17 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  3 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  1 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  5 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  9 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  3

Ivan Boshkovich: "Ko'rsatgan jamoaviy o'yinimizdan mamnuman. Futbolchilarim atayin yotib olishmadi" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "Ko'rsatgan jamoaviy o'yinimizdan mamnuman. Futbolchilarim atayin yotib olishmadi"

Coca Cola Superliganing 25-turi doirasida "Nasaf" maydonidagi durangdan keyin "So'g'diyona" bosh murabbiyi Ivan Boshkovich fikrlarini bildirdi.

- O'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Yaxshi jamoaga qarshi tayyorlanishga etarlicha vaqtimiz bor edi. Bu erda o'ynash oson bo'lmasligini bilardik. O'yindan oldin barchaga ayon ediki, bugun bizga ochkolar juda muhim edi. O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, birinchi bo'lim teng kurashlar ostida o'tdi. Bizda ham vaziyatlar bo'ldi. "Nasaf" yaqqol ustunlik qilmadi. Birinchi bo'limdan mamnunman. Ikkinchi bo'limda bizga katta bosim uyushtirildi. Natija uchun o'ynadik. Bizda vaziyat shuni taqozo qildi. "Nasaf" bizni bosim ostiga solib qo'ydi, biroq biz oxirigacha turib bera oldik. Doimo shunday bor kuchni berib kurashish kerak. Ochko qo'lga kiritgan futbolchilarimni tabriklayman. Bu biz uchun yaxshi natija. 

- "Nasaf"ga g'alaba uchun nima etishmadi deb o'ylaysiz?

- "Nasaf" o'z vazifasini bajargan, jamoa sovrinli o'rinni qo'lga kiritadi va kelasi yili OCHLda o'ynaydi. Har mavsumda jamoaning chempion bo'lishi uchun nimadir etishmay qoladi. Men ham "Nasaf"ga tegishli bo'lganman. Ularning chempionlik vaqti keladi.

- Siz "Nasaf"da o'ynagan vaqtlar ham chempionlikka nimadirlar etishmagan.

- Bu erda faktorlar ko'p, ular natijaga katta tasir o'tkazishgan. Masalan, jarohatlar, yangi legionerlar jamoaga ko'nikib olguncha ko'plab xatolar qilingan. Balki navbatdagi mavsum ular uchun omadli bo'lar.

- Nega futbolchilaringiz maydonda juda ko'p yotib olishdi?

- Faqatgina jarohat bo'lsa yotishmoqda. Avyrim vaziyatlarda raqiblar ko'pol o'ynaganida hakam jim bo'lib turdi. Hech qanday jarima bo'lmaganini aytdi. Futbolchilarim atayin yotib oldi deya olmayman. U erda qoida buzilish holatlari bo'lgani aniq. 

- Bugungi o'yinda hakamlarning o'yinga tasiri qanday bo'ldi?

- Yildan yilga hakamlik yaxshilanib kelayotgandi. Biroq so'nggi vaqtlarda hakamlik borasida ko'plab etirozlarni eshityapman. Agarda biror jamoa ligada qolish uchun kurashayotgan bo'lsa-yu, uning mag'lubiyatiga tasir qiladigan qaror chiqarilsa, haqiqatdan ham bu yomon holat. "Buxoro" bilan bo'lgan holatda achindim. Biz yildan-yilga barchasi yaxshi bo'lishi uchun harakat qilishimiz kerak. Ha, o'sha xatolar atayin qilinmagan bo'lishi mumkin. Fakt bu fakt.

- "So'g'diyona" ushbu mavsum o'z imkoniyatlaridan past o'ynamoqda. Buning sababi nimada?

- Jamoani kuchsiz deb bo'lmaydi. Jamoaning etakchilarsiz qolib, ko'rsatgan o'yinidan mamnunman. Biz futbol o'ynashga, raqobatbardosh bo'lishga harakat qildik. Mag'lub bo'lgan ko'plab o'yinlarimizda individual xatolar sabab bo'ldi. Kollektiv o'yin bizda yomon bo'lmagan. CHunki yaxshi vaziyatlar yaratdik, ko'plab zarbalar berdik, to'pni ushlab turdik, bularning statistikalari bor. Kelasi yil uchun poydevor yaratib oldik. Bu ham jarayonning bir qismi. Ushbu mavsumda bir ish qilib, kelasi mavsumda barchasini boshidan boshlaydigan odam emasman. Jamoa kelasi yili yanada yaxshiroq bo'lishi kerak. Ushbu mavsumda ko'plab yoshlarga imkon berdik, ular tajriba to'plab olishdi. Bizda kelasi yil uchun poydevor bor. Ayrim futbolchilar ushbu mavsumdagidan ko'ra yaxshiroq o'ynay olishadi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика