So’nggi yangiliklar

07:10Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда ғалаба голини урди, "Андижон" ва "Сурхон" эса сафарда мағлубиятга учради  0 04:35Ла Лига. "Атлетико" илк турдаёқ камбэк қурбони бўлди  3 04:30Италия кубоги. "Милан" қийинчиликсиз "Бари"ни мағлуб этди  1 01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  2 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10 23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  1 22:42Максим Шацких: "Менимча, айрим футболчиларимиз ҳали ҳамон фикри ҳаёли билан Про Лигада"  19 22:26АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди  34 22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  12 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  1 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  71

Italiyada U-21 Evropa chempionati bo'lib o'tayotganidan xabaringiz bormi? Yangiliklar

Italiyada U-21 Evropa chempionati bo'lib o'tayotganidan xabaringiz bormi?

SHu kunlarda Italiyaning 6ta shahrida 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilar orasida Evropa chempionati bo'lib o'tyapti.

Ushbu musobaqada 12ta jamoa qatnashmoqda. Jamoalar to'rttadan uch guruhga bo'lingan: 

"A" guruhi - Italiya, Ispaniya, Polsha, Belgiya. 

"B" guruhi - Germaniya, Daniya, Serbiya, Avstriya.

"C" guruhi - Angliya, Franciya, Ruminiya, Xorvatiya. 

Musobaqaga 16 iyun kuni start berildi va 30 iyunga qadar davom etadi. Musobaqa nizomiga ko'ra, har bir guruh peshqadami hamda bitta eng yaxshi ko'rsatkich qayd etgan ikkinchi o'rin sohibi keyingi bosqichga yo'l oladi. Final 30 iyun kuni Udine shahridagi "Dachia Arena" stadionida bo'lib o'tadi. 

Hozircha quyidagi uchrashuvlar bo'lib o'tdi: 

Polsha - Belgiya 3:2 

Italiya - Ispaniya 3:1

Ispaniya - Belgiya 2:1 

Italiya - Polsha 0:1 


Serbiya - Avstriya 0:2

Germaniya - Daniya 3:1 


Ruminiya - Xorvatiya 4:1 

Angliya - Franciya 1:2 


Yaxshi bilasiz, bu yoshdagi Evropa chempionati ko'plab iqtidor egalarini kashf etib beradi. SHunga qaramay, hozir ham U-21 qita birinchiligida bir nechta nomi chiqqan futbolchilar harakat qilmoqda. 

Masalan, mezbon jamoa Italiya tarkibida shunday o'yinchilardan Janluka Manchini ("Atalanta"), Alessandro Bastoni ("Parma"), Lorenco Pellegrini ("Roma"), Federiko Keza ("Fiorentina"), Moyze Kin ("Yuventus"), Nikolo Zaniola ("Roma") kabilar bor. Federiko Keza allaqachon o'z hisobiga ikkita gol yozib qo'yishga ulgurdi. 

Ispaniya yoshlar termasi tarkibida Fabian Ruiz ("Napoli"), Dani Sebalos ("Real"), Mikel Oyarzabal ("Real Sosedad"), Pablo Fornals ("Vest Xem") kabi futbolchilar harakat qilmoqda. 

SHuningdek, Serbiya termasi safida Nikola Milenkovich ("Fiorentina"), Sasha Lukich ("Torino") hamda yaqinda "Real" bilan shartnoma imzolagan Luka Yovich to'p tepyapti. Angliya tarkibidagi Dominik Solankeni ham muxlislar yaxshi bilishsa kerak, u "Bornmut" hujumchisi hisoblanadi. Bundan tashqari 2013 yil O'zbekiston o'smirlar termasiga qarshi o'ynagan Alen Xalilovich Xorvatiya yoshlar termasi sardori sifatida harakat qilyapti. 

U-21 Evropa chempionati har ikki yilda bir marta o'tkazib kelinadi. Musobaqaning amaldagi g'olibi Germaniya hisoblanadi. Bu yilgi qita birinchiligida kuchli to'rtlikdan joy olgan jamoalar kelasi yil Tokido o'tkaziladigan Olimpiada o'yinlari yo'llanmasiga ega chiqadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика