Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi jarohat sabab yozda o'tkaziladigan Evro-2024da ishtirok etmaydi
04 mar 21:59
Yangiliklar
Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi jarohat sabab yozda o'tkaziladigan Evro-2024da ishtirok etmaydi
Domeniko Berardi jarohat tufayli mavsumning qolgan qismi va Evro-2024ni o'tkazib yuboradi.
"Tongda Domeniko Berardi tibbiy ko'rikdan o'tkazildi va uning o'ng oyog'ida jiddiy jarohat aniqlandi. Seshanba kuni uni operaciya kutib turibdi" - deyiladi "Sassuolo" rasmiy bayonotida.
SHunday qilib, 29 yoshli futbolchi mavsumning qolgan qismi va Evro-2024ni o'tkazib yuboradi.
Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi yaqinda jarohatidan qutulib, yakshanba kuni bo'lib o'tgan "Verona"ga qarshi bahsda ishtirok etgan edi. Klub Berardisiz o'tgan so'nggi 6ta bahsning 5tasida mag'lub bo'ldi.
Berardi joriy mavsum A Seriyaning 17ta bahsida maydonga tushib, 9ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.
Fikrlar