So’nggi yangiliklar

07:25ОЧЛ-2. "Насаф" жамоаси сафарда "Шабаб Ал-Аҳли" клубига мағлуб бўлди. Азмун уч дақиқа ичида иккита гол урди.  0 03:05АПЛ. "Арсенал" бурчак зарбаларидан урилган голлар эвазига "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  11 02:59ЛаЛига. Мбаппе пенальтидан гол ура олмаган ўйинда "Реал" мағлуб бўлди  27 02:30АПЛ. "Манчестер Сити"да ниҳоят ғалаба, "Ньюкасл" — "Ливерпуль" ўйинида 6та гол ва "Челси"дан йирик ғалаба  17 01:57Турк футболчисига МЮ, "Ливерпуль", "Арсенал" ва ПСЖ қизиқмоқда  0 01:32Жаҳонгир Ортиқхўжаев, "Пахтакор" янги бош мураббийи ва Максим Шацких иштирокидаги матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 00:37Куртуа "Реал" билан шартномани узайтирмоқчи. Дарвозабоннинг вакиллари Саудия Арабистонидан қизиқиш ҳақида билишмайди  1 00:04АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Юнайтед" баҳси асосий таркиблари маълум!  15 23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  20 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  122 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  3 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8

"Istiqlol"ga qarshi bahs oldidan murabbiylar nima deyishgandi? Bekor qilingan o'yinlar foyda bo'ldimi yoki zarar? Anzur Ismoilov bilan suhbat Yangiliklar

"Istiqlol"ga qarshi bahs oldidan murabbiylar nima deyishgandi? Bekor qilingan o'yinlar foyda bo'ldimi yoki zarar? Anzur Ismoilov bilan suhbat

Kecha "Paxtakor"ning CHempionlar ligasida "Istiqlol" ustidan qozongan g'alabasiga bag'ishlangan maqolani etiboringizga havola etgan edik.

O'sha maqolada alohida etirof etganimiz soyadagi qahramon Anzur Ismoilov bilan suhbat uyushtirdik.

CHiroyli o'yin, irodali g'alaba va soyadagi qahramon

Quyida ana shu suhbatni o'qishingiz mumkin.

- Ortda qolgan o'yinlar haqida fikrlaringiz? Nimaning evaziga jamoa shu ergacha etib kela oldi?

- "Al Hilol" bilan o'yinlarni qayd etib o'tish kerak. Ular amaldagi chempion va juda kuchli raqib edi, o'z navbatida ular bizdan bunday o'yin kutmaganliklari aniq. Jamoamizda ko'pchilik koronavirus bilan kasallanib tuzalib chiqqandi. Aynan o'sha kasallanishlardan keyin yig'inlar o'tkazildi, o'yinlar o'tkazdik. SHota ham bizni qo'llab-quvvatladi, aynan CHempionlar ligasi deb shuncha harakat qildik, tayyorlandik deb yaxshi motivaciya bera oldi. "Hilol" bilan birinchi uchrashuvda juda yaxshi o'ynadik, ikkinchisida ham yomon harakat qildik deyolmayman. CHempionlar ligasi havosiga tushib olgandik. Yigitlarda ishtiyoq juda kuchli, hammamiz bir-birimizga ishonib shu ergacha etib keldik. Hammamiz bir oiladek bo'lib qolganmiz, yigitlar istalgan jamoa bilan o'z o'yinimizni ko'rsatishimiz mumkinligini tushunishdi.


- "Al Hilol" bilan ikkita o'yin o'tkazdinglar va keyinchalik bu o'yinlar bekor qilindi. Havoga uchgan o'sha o'yinlarda yo'qotilgan kuch hozir tasir qilmayaptimi?

- To'g'ri, "Al Hilol" bilan o'yinlarda ko'p kuch sarfladik. Lekin, bunday jamoalar bilan o'ynash doimo yaxshi. Futbolchilarni tajribasi oshadi va ishonch ortadi. Aynan shu ikkita o'yinda biz ritmga tushib formaga kirib oldik. Garchi natijasi bekor qilingan bo'lsada, bu o'yinlar bizga juda katta foyda bo'ldi deb o'ylayman.


- "Istiqlol" juda agressiv o'ynadi, shunga qaramay "Paxtakor" o'z o'yinini ko'rsata oldi.

- "Istiqlol" o'yinchilari maydonga tushib kelganlaridan keyin baland ovozda baqir-chaqir qilib, bir-birlarini qandaydir qo'zg'atishga harakat qilishdi. Balki, shu orqali bizni ruhan sindirmoqchi ham bo'lishgandir. Murabbiylarimiz bizga o'z chizig'ilarni ushlanglar, o'z o'yiningizni o'ynanglar, eng muhimi bir-biringizga ishoning. Sizlar kuchlisiz, maydonda bir-biringizga gapiring, yordam bering deb aytishdi. Yana maydonda turli provakaciyalarga uchib ular bilan tortishmang, shunchaki o'z o'yiningizni ko'rsatinglar deb maydonga chiqarishdi murabbiylar.


- Siz shu kuni Dohadagi eng yaxshi o'yiningizni o'tkazdingiz. Juda ko'p vaziyatlarda to'pni aynan siz qaytarib turdingiz. Har ikkala golda ham hujum aynan sizdan boshlandi. Bunday ajoyib o'yiningizga nima sabab bo'ldi?

- O'sha kuni faqat men emas, hamma o'zini ko'rsatdi. Gollarda hujumni boshlaganimga kelsak, shunaqa to'g'ri keldi, aynan men hujum boshlaganimda yakun samarali bo'ldi. Bazida boshqa sheriklarim boshlab bergan hujum golga aylanadi. Jamoadoshlarim juda yaxshi ochilishadi va doim to'pni so'rashadi. Odil, Sardor, Dragan doim yaxshi ochiladi. Bir-birimizni kuchli tomonlarimizni yaxshi bilamiz. Dragan to'pni o'zida yaxshi ushlab qola oladi, Odil va Sardor yaxshi ochiladi. Hamma bir-biriga vaziyat yaratib beryapti, hamma bo'sh xududga chiqib to'p so'rayapti. SHunday vaziyatlar bo'ladi-ki, o'yinchilar to'pdan berkinadi, ochilib to'p so'ramaydi. Bizda esa bunday emas. Aksincha, yigitlar hamisha bir-biriga variantlar qilib berishadi. Gollarimizda hujumni men boshlab berganim bu bir oiladek bo'lib qolgan jamoamizning mehnati samarasi.


- CHorak finalda yana Eron klubi bilan to'qnash kelasiz. "Persepolis" haqida nima deya olasiz?

- "Persepolis" jismonan yaxshi va ikkinchi qavatda juda kuchli jamoa. Oxirgi ikkita o'yinda beshta goldan to'rttasini bosh bilan kiritishgan. SHunga qarab tayyorgarlik ko'rdik.

Hozir eng yaxshi 4 klub qolgan va bunday holatda raqib tanlanmaydi, maydonga tushib g'alaba qozonish shart bo'ladi. Hammasi bitta o'yinda hal bo'ladi va bunda istalgan narsa ro'y berishi mumkin. "Al Sadd" ham kuchli jamoa edi, lekin ertangi raqiblarimiz ularni mag'lub etishdi.





Tolibjon Qosimov suhbatlashdi

Doha, Qatar

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика