So’nggi yangiliklar

20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  16 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  26 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  1 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1

“Istiqlol” Nukusga bormadi. Nega? Yangiliklar

“Istiqlol” Nukusga bormadi. Nega?

Xabaringiz bo'lsa kerak, bugun birinchi liganing ikkinchi bosqich, 8-tur o'yinlari davom ettiriladi.
Olingan malumotlarga ko'ra, bugun “Orol” - “Istiqlol” bahsi o'tkazilmaydigan bo'ldi.

CHunki mehmon jamoa Nukusga bormagan. Bunga nima sabab? “Istiqlol” bosh murabbiyi Kamol Jo'nashev vaziyatga oydinlik kiritib o'tdi.

– “Orol”ga qarshi o'yinimiz boshqa muddatga qoldirildi. Bu borada PFLga yozma ravishda murojaat qilganmiz. Nukusga bormaganimizning sababi shuki, o'tgan turda “Xorazm” bilan o'yindan so'ng tarkibda jarohat olgan o'yinchilar soni ko'payib ketdi. Uchrashuvdan so'ng Toshkentga qaytganmiz. Navbatdagi turni o'tkazib kelish maqsadida Nukusga samolyot yoki poezd uchun chipta olishni rejalashtirganmiz. Biroq biz borishimiz kerak bo'lgan kunga chipta yo'q ekan kassada. Engil avtomashinada borishni maqul topmadik. 12 soat yo'l bosib keyin o'yinga toliqqan holatda borish bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. SHuning uchun ham bu o'yinni keyinroqqa qoldirib berishlarini so'radik. Hozircha bahs qaysi muddatga qoldirilganini aniq bilmayman – deydi Jo'nashev. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика