So’nggi yangiliklar

13:05"Бунёдкор" академияси раҳбари билан очиқ-ойдин суҳбат  0 12:49Кутилмаган бурилиш: Гвардиола Европа терма жамоасига мураббийлик қиладими?  2 12:26Левандовски фаолиятини Италияда давом эттириши мумкин  1 11:58"Реал" кутилмаган трансферга тайёрланмоқда  5 11:20Ўйин давомида биттагина зарба. У "Сити" "Арсенал"дан 9 очко ортда қолиб кетишига етарли бўлди  1 10:55"Барселона" президентлигига қайта сайланган Лапорта нималар деди?  1 10:27Африка қитъасида дунёдаги энг катта стадион қурилмоқда  5 09:50МЮ раҳбари Майкл Кэррикни доимий бош мураббий қилмоқчи эмас  15 09:21Расман. Бразилиялик футболчи "Каттақўрғон" аъзоси  2 08:52"Сурхон"ни янги бош мураббийи ким бўлиши маълум  2 08:23Исломбек Исмоилов тарихга кирди  8 07:54"Барселона" президентлик сайловлари натижаларини эълон қилди  10 07:30"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди  64 02:42А Серия. "Комо" "Рома"ни мағлуб этди, "Милан" эса муҳим ўйинда мағлубиятга учради  6 01:52Иброҳимҳалил Йўлдошев: "Кучли жамоа ютди. Янги мураббий келди ва тактикамиз ўзгарди"  9

"Istiqlol" faoliyatimda burilish yasaydi. "Paxtakor" va "Nasaf" hali o'z so'zini aytadi" - Muhammad Isaev bilan intervyu Yangiliklar

"Istiqlol" faoliyatimda burilish yasaydi. "Paxtakor" va "Nasaf" hali o'z so'zini aytadi" - Muhammad Isaev bilan intervyu

Ayni paytda o'zbek klublari xalqaro maydondagi yurishini muvaffaqiyatsiz boshlagan bir pallada, bizni xursand qiladigan boshqa holatlar ham yuz bermoqda.

Osiyoning bir qator klublari safida OCHLda ishtirok etayotgan hamyurtlarimiz raqiblar darvozasini ishg'ol qilishga erishmoqda. Dastlab Aziz G'aniev va Otabek SHukurov maydonni golsiz tark etmagan bo'lsa, kecha Tojikistonning "Istiqlol" jamoasi tarkibida "Al Rayyan"ga qarshi bahsda Muhammad Isaev ham ushbu vazifani bajardi. O'yindan so'ng yarim himoyachi Muhammad Isaev bilan bog'landik. 

- Bunday katta va nufuzli turnirda birinchi bor ishtirok etmoqdasiz. OCHL umuman boshqa darajadagi musobaqa ekanligi malum. Xo'sh, dastlabki taassurotlar qanday? 

- Fikringizga qo'shilaman. Osiyo CHempionlar Ligasida debyut qildim. Yuqori saviyadagi musobaqada ishtirok etishning o'ziga yarasha zavqi va masuliyati borligini sezmoqdaman. Birinchidan xalqaro maydon, kuchli klublarga qarshi o'ynash katta sharaf. Ikkinchidan futbolchiga katta motivaciya beradi. Bekorga mazkur musobaqa OCHL deb nomlanmas ekan. Bunga o'zim guvohi bo'ldim. 

- Uchrashuvdan so'ng qiziq holat yuz berdi, yani ayrim manbalar va video tasvirlar golni CHecherin urganini ko'rsatdi. Mazkur holat sizga qanday tuyuldi?

- Agar uchrashuv hisobi biz uchun qoniqarli yakunlanganida buning ahamiyati ham bo'lmas edi. Afsuski mag'lubiyatga uchradik. Umid qilamanki, keyingi turlarda natijani yaxshilashni uddasidan chiqamiz. Oldindagi o'yinlar ko'p narsaga oyidinlik kiritib beradi. 

- Raqib darvozasiga yo'l topgan chog'ingizdagi hissiyotlar...

- Jamoamga yordam berdim, deb o'yladim. Ammo xursandchilik uzoqqa cho'zilmadi.


Muhammad Isaev: "Legioner sifatida o'ynash istagim bor edi"



 VIDEO. OCHL. "Istiqlol" - "Al Rayyan" 2:3


- SHu kunga qadar faqat o'zbek klublari bilan cheklanib qolayotgan edingiz. "Metallurg", "Andijon" jamoalaridagi faoliyatingiz bilan tanilgansiz. "Istiqlol" endilikda faoliyatingizda burilish yasashiga ishonasizmi? 

- Bekobod o'z uyimdek bo'lib qolgan. Har bir jamoada nimadir o'rganganman. "Istiqlol" aytganingizdek faoliyatimda burilish yasaydigan jamoa bo'la oladi. OCHL esa futbolchi sifatida o'sishim uchun muhim musobaqa hisoblanadi. Berilayotgan imkoniyatdan samarali foydalanishim kerak. 

- SHunday o'yinlar bo'ladiki, futbolchining hayotini butunlay o'zgartirib yuboradi. "Al Rayyan"ga qarshi bahs shu kunmidi?

- Bu hali boshlanishi. To'g'risini aytsam, uchrashuvdan oldin bu haqida o'ylagandim. Xudoga shukur gol urdim. Ammo jamoam g'alaba qozonmasa, hech qanday gol tatimaydi. Yanada oldinga qarab ishlashda davom etaman. Hammasi oldinda. To'xtab qolmqochi emasman. Jamoam bilan maqsadimiz guruhdan chiqish. 

- Tojikiston grand klubi "Istiqlol" bilan o'zbek klublari o'rtasida qanday farqni payqadingiz

- "Istiqlol"da hammasi zo'r. Tojikistonning qolgan jamoalarida vaziyat qandayligidan xabarim yo'q. Lekin o'z jamoamda barchasi alo darajada. Mashg'ulot jarayonlari, vitaminizaciya, baza, yashash va hokazo. 

- Saudiya Arabistonida o'tayotgan markazlashgan OCHL bahslarida yurtimiz sharafini "Paxtakor" va "Nasaf" himoya qilmoqda. Natijalar esa ikki xil. O'z navbatida ushbu jarayonga fikringizni bildirib o'tsangiz...

- "Paxtakor" va "Nasaf" yaxshi jamoa. OCHLda kuchsiz jamoa bo'lmaydi. Ular hali o'z so'zini aytadi. Fursatdan foydalanib ekran ortidan duo qilgan, xavotir olib qo'llab-quvvatlagan yaqinlarimga, muxlislarga, "Istiqlol" ishqibozlariga katta rahmat aytaman. Navbatdagi o'yinlarda sizlarni xursand qilish uchun borimizni beramiz.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика