So’nggi yangiliklar

03:05АПЛ. "Арсенал" бурчак зарбаларидан урилган голлар эвазига "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  11 02:59ЛаЛига. Мбаппе пенальтидан гол ура олмаган ўйинда "Реал" мағлуб бўлди  27 02:30АПЛ. "Манчестер Сити"да ниҳоят ғалаба, "Ньюкасл" — "Ливерпуль" ўйинида 6та гол ва "Челси"дан йирик ғалаба  17 01:57Турк футболчисига МЮ, "Ливерпуль", "Арсенал" ва ПСЖ қизиқмоқда  0 01:32Жаҳонгир Ортиқхўжаев, "Пахтакор" янги бош мураббийи ва Максим Шацких иштирокидаги матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 00:37Куртуа "Реал" билан шартномани узайтирмоқчи. Дарвозабоннинг вакиллари Саудия Арабистонидан қизиқиш ҳақида билишмайди  1 00:04АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Юнайтед" баҳси асосий таркиблари маълум!  15 23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  20 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  122 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  3 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5

"Ispaniyadagi yig'in, "Ximki"ga o'tmagani, Belgiya va Franciyaga qarshi o'yinlar haqida" - Ibrohimhalil Yo'ldoshev bilan intervyu Yangiliklar

"Ispaniyadagi yig'in, "Ximki"ga o'tmagani, Belgiya va Franciyaga qarshi o'yinlar haqida" - Ibrohimhalil Yo'ldoshev bilan intervyu

"Paxtakor" yurtimizda turli jamoalarga futbolchi etakazib berishda etakchi klub ekanligi hech kimga sir emas.

Asosiy tarkibga kirish uchun raqobat kuchli bo'lgani bois klub o'z tarbiyalanuvchilarini o'yin amaliyoti bilan taminlash maqsadida Superliganing bir nechta jamoalariga ijaraga beradi. Bugungi suhbatdoshimiz Ibrohimhalil Yo'ldoshev ham "Paxtakor" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, o'tgan mavsumni ijara asosida "Bunyodkor"da o'tkazgan futbolchining joriy yilda "sherlar" safida to'p tepishi aniq bo'lib ulgurdi. Iqtidorli himoyachi "Bunyodkor"dagi ajoyib o'yinlari bilan muxlislar, qolaversa skautlar etiboriga tushdi. O'zbekiston milliy terma jamoasiga jalb qilindi. Yaqinda ushbu futbolchini suhbatga chorlash asnosida o'zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik. 

- Ibrohimhalil futbolimizda etishib chiqayotgan yosh futbolchilardan biri hisoblanasiz. SHunday ekan futboldagi ilk qadamlaringiz muxlislar uchun qiziqligi tabiiy...

- Futbol to'garagiga ko'pchilik singari 5-6 yoshdan bormaganman. Dastlab, to'rt yoshimdan boshlab taekvando sport turi bilan shug'ullanganman. 11 yoshdan esa "millionlar" o'yiniga mehr qo'yishni boshladim, yakuniy qarorni qabul qilishga kelganda futbolni tanladim. Yangierdagi futbol to'garagida bir yilga yaqin mashg'ulotlar o'tkazib, so'ng ettinchi sinfga ko'chish arafasida Toshkentga "Paxtakor" futbol akademiyasiga kelganman. 

- Sizni "Paxtakor"ga odatdagidek selekcioner murabbiylar olib kelishganmi?

- Ushbu jamoaga o'tishim tarixi shunday bo'lgan: adashmasam, o'sha vaqtda 12 yoshda edim. Yangierda futbol bo'yicha turnir tashkil qilingan. Barcha viloyatlardan tashrif buyurgan jamoalar bilan kuch sinashganmiz. Musobaqani kuzatish uchun Toshkentdan selekcioner murabbiylar kelishgandi. Uchrashuvlar yakunlangach, bir murabbiy oldimga kelib, qaysi raqamda o'ynaganimni so'radi va "Paxtakor"ga taklif qildi. Ertasi kuni murabbiy va dadam bilan Stanislav Kudryashovni oldiga bordik, aynan shu inson qo'l ostida futbol sir-asrorlarini chuqurroq o'rgana boshladim. O'zimda ham poytaxtning biror jamoasida to'p tepish niyati bor edi. 

-  O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan turli mamlakatlarda yig'inlarda ishtirok etgansiz. Hususan, Ispaniyadagi tashkil qilingan o'quv-mashg'ulot yig'inini alohida ajratib ko'rsatish lozim. Boisi shundaki, bunda vakillarimiz Belgiya, Franciya, SHotlandiya kabi termalar bilan bellashgan. Ushbu uchrashuvlar bilan bog'liq yodda qolgan lahzalar bilan o'rtoqlashsangiz...

- Ispaniyaning Malaga, Marbelya kabi shaharlarida olib borgan yig'inlarimizdan ajoyib taassurotlar qolgan. Belgiya, SHotlandiya, Franciya kabi terma jamoalarga qarshi maydonga chiqqanmiz. Ko'rsatgan o'yinimizdan butun jamoa qoniqish hosil qilgan. Ikki uchrashuvda durang natija qayd etib, so'nggi bahsda franciyalik tengqurlarimizga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berganmiz. Raqibimiz baribir kuchli edi. Ispaniyaga yaxshi shakllangan, ahil tarkib yo'l olgandi. Umuman top darajadagi termalarga munosib qarshilik ko'rsatganmiz, deb o'ylayman. 


- Darhaqiqat, Otabek G'ulomxo'jaev murabbiylik qilgan bu yoshdagi terma jamoa hech bir raqibdan qo'rqmasdan ishonch bilan harakat qilardi. Ustun kelsa, kelardiki, lekin o'z darajasidan past o'ynamasdi...

- Ha, yoshlar terma jamoasini birinchi bo'lib Otabek aka boshqargan. Har bir murabbiyning o'z qarashi bor. Menimcha, Otabek aka uslublarini va falsafalarini jamoaga yaxshiroq singdira olgan va tushuntira olganlar. Ular shu yosh toifasidagi bolalar bilan ko'proq ishlaganlari ham foyda keltirdi, deya olaman. Ko'proq bitta tarkibni shakllantirishga urg'u berganlari sabab shunday natijalarga erisha oldik. 

- Osiyo chempionati saralash bosqichidan oldin terma jamoada muhit qanday bo'lgan? CHunki, o'sha turnirdan obiroz oldin musobaqa mezbonligi O'zbekistonga berilgandi, bu esa istaymizmi yo'qmi xotirjamlik berardi. Bu borada O'FA rahbarlari musobaqaga ketish oldidan qanday maqsad qo'yishgandi?

- Osiyo chempionati mezbonligi O'zbekistonga berilganini Iordaniyadagi yig'in chog'ida eshitgandik. Mazkur xabardan barchamiz xursand bo'lganmiz. Lekin juda quvonib ketib bo'shashmadik. Murabbiylar, rahbariyat chempionat mezbonligi bejiz bizga berilmaganini isbotlashimizni takidlashdi. Bizdan xotirjamlikka berilmasdan o'z o'yinimizni ko'rsatishimiz talab qilinardi. 

- Saudiya Arabistoni bilan o'tgangan uchinchi tur uchrashuvi qiziqarli va shiddatli ruhda kechgani ko'pchilikning yodida. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ikkinchi bo'limda raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmagan, ketma-ket hujumlar natijasida hisobni tenglashtirgandi. Qiziq tanaffusda qanday gaplar aytilgan?

- Saralashda mezbon jamoa Saudiya Arabistoni edi. O'yindan oldin murabbiylar ikki hissa kuch bilan harakat qilishimizni aytishdi. Bo'lim oxirlab borayotganida penaltidan gol o'tkazib, 0:1 hisobida tanaffusga yo'l oldik. Goldan so'ng ko'p futbolchilarning ruhiyati tushib ketgandi, kayfiyat yo'q edi, desam mubolag'a bo'lmaydi. Murabbiylarning to'g'ri ko'rsatmasi bilan futbolchilar hech narsa ro'y bermagandek maydonga tushdi. Bir kishi kam bo'lib qolganimizga qaramasdan, hujumkorlikni oshirish hisobiga muvozanatni tikladik.  

-  Turnirdan so'ng Otabek G'ulomxo'jaevning ishdan olinishini va Temur Kapadzening tayinlanishini futbolchilar qanday qabul qildi?

- Ushbu holatni jamoadagilar to'g'ri qabul qildi. Baribir hammasi O'FA rahbarlarining qo'lida edi. Ochig'i, biror narsa deya olmayman.

- O'tgan mavsum "Bunyodkor" jamoasida o'ynab muxlislar, skautlar etiboriga tushdingiz. Bu jamoa faoliyatingizda tub burilish yasadimi?

- Albatta, "Bunyodkor"da o'ynaganim uchun muxlislar nazariga tushdim. Mazkur jamoada to'p tepib o'sishga erisha oldim, deb o'ylayman. Baribir Superligada o'ynash boshqacha zavq beradi. SHu orqali xorijlik skautlarni ham etiborini jalb qildim. 

- Jamoadagi sharoitlar, muammolardan kelib chiqib aytganda to'rtinchi o'rin qoniqarli natijami?

- Muammolar o'z yo'liga. Biz imkon qadar mavsumni yuqori o'rinlarda yakunlashni ko'zlagandik. Mag'lubiyatlar, xatolar futbolchilar uchun o'ziga xos dars vazifasini o'tadi. 

- Mavsum o'rtasida sizni Rossiyaning "Ximki" jamoasi o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lgan ekan. Mazkur transfer amalga oshmagani nima bilan bog'liq?

- To'g'ri, "Ximki" chaqirgani yolg'on malumot emas. Meni jamoaning eski direktori taklif qilgandi. Biroq, u erda rahbariyat o'zgargani sabab transfer amalga oshmadi.  Agarda avvalgi direktor lavozimida qolganida balki hozir "Ximki"da bo'lardim. Ukraina klublaridan ham chorlovlar tushdi. Yakunda bir qarorga kelib "Paxtakor"da qoldim. 

-  Joriy yil yurtimizda o'tishi kutilgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining qoldirilishiga munosabatingiz qanday? Futbolchilar nima yo'qotishi mumkin?

- Osiyo chempionatining qoldirilishi bizning yosh toifamizdagi futbolchilar uchun yaxshi bo'lmadi. Bu - futbol, unda hamma narsa ro'y berish ehtimoli bor. Musobaqaning qoldirilishiga pandemiya sabab bo'ldi. Atayin qilingani yo'q. Hech narsani yo'qotmadik, harakat qilishda, o'z ustimizda ishlashda davom etishimiz darkor. Endilikda keyingi yillarda olimpiya terma jamoasi bilan xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilishga bor kuchimizni beramiz.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика