Ispaniya JCH yo'llanmasini naqd qildi
07 okt 2017 02:07
Yangiliklar
Ispaniya JCH yo'llanmasini naqd qildi
JCH-2018 saralash bosqichining Evropa mintaqasi G
guruhida etakchilik qilib kelgan ispanlar o'z maydonida Albaniyani yirik hisobda
taslim etib, muddatidan oldin JCH chiptasini qo'lga kiritishdi.
Birinchi bo'limning o'zida Rodrigo, Isko va Tyago Alkantara tomonidan kiritilgan
gollar “qizil furiya”ga yirik g'alabani taqdim etdi.
Saralash bahslari yakuniga bir tur qolganda ispanlar guruhda eng yaqin taqibchilari Italiya termasidan besh ochko ilgarilab, guruh peshqadami sifatida Rossiyada o'tadilan mundialda qatnashish imkonini qo'lga kiritishdi.
JCH-2018 - Evropa. G guruhi. 9- tur
Ispaniya – Albaniya 3:0
Gollar: 1:0 – Rodrigo – 16, 2:0 – Isko – 23, 3:0 – Alkantara – 26
Italiya –Makedoniya 1:1
Gollar: 1:0 – Kellini – 40, 1:1 – Traykovski – 77
Lixtenshteyn – Isroil 0:1
Gol: 0:1 – Tibi – 21
Turnir jadvali:
1. Ispaniya - 25 ochko;
2. Italiya - 20;
3. Albaniya - 13;
4. Izrail - 12;
5. Makedoniya - 8;
6. Lixtenshteyn - 0.
Fikrlar