So’nggi yangiliklar

18:43"Қизилқум" — "Насаф". Таркиблар маълум  0 18:36"Мальорка" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 18:08Туркия Суперлигаси. "Башакшехир"нинг "Аланяспор"га қарши ўйин учун таркиби маълум  1 18:00"Андижон" — "Сўғдиёна" 1:2 (Матнли трансляция)  15 17:56БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ"нинг "Ал Васл"га қарши ўйин учун таркиби маълум, Ғаниев асосий таркибда  0 15:26"Манчестер Юнайтед" Вальверде эвазига "Реал"га ўз футболчисини беришга тайёр  4 14:38"Арсенал" 80 млн евролик испанни харид қилмоқчи  1 13:58Левченко: "Нега ғалабани мухлислар билан нишонламайман? Барчаси ўйиндаги асаб ва руҳий чарчоқ сабаб"  5 13:14Фергюсон "Манчестер Юнайтед"га қайтмоқчи эканини тан олди  17 12:35Аморимнинг "Реал"даги трансфер мақсади маълум бўлди  5 11:56"Реал" "Ливерпул"нинг навбатдаги юлдузини нишонга олди  11 11:20Месси МЛС тўпурарлар пойгасида етакчилик қилмоқда - 22 та ўйинда 22 та гол  5 10:53Бугун бўлиб ўтадиган "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси учун жамаоларнинг эҳтимолий таркиби  19 10:27Мареска Санчеснинг 3-дақиқада олган қизили ҳақида гапирди  3 09:55Хаби Алонсо "Реал Мадрид" тарихида фақат икки мураббий эришган муваффақиятни такрорлади  10

Islombek Ismoilov: "Turon" Superligada ham munosib ishtirok etmoqchi" Yangiliklar

Islombek Ismoilov: "Turon" Superligada ham munosib ishtirok etmoqchi"

Pro liganing 20-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Turon" (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Islombek Ismoilov o'z fikrlarini bildirdi.

"Bu yilgi PRO liga musobaqasini yuksak saviyada o'tkazgani uchun PFLga va O'FAga rahmat aytaman, bundan tashqari PRO ligani yuqori darajaga chiqishida Uzreport telekanalining ham hissasi katta bo'ldi.

Oldimizda g'alabadan boshqa vazifa yo'q edi. O'yinni shiddatli tarzda boshladik, shuning evaziga penaltiga ega bo'ldik. Penaltidan hatto jahon yulduzlari ham urolmaydi.

Bugungi o'yinning haroratiga to'g'risi futbolchilarimiz tayyor emasdi, sababi ko'p futbolchilar ikkinchi ligadan buyon o'ynab kelishmoqda.

Otabek Haydarov, SHukurali Po'latov kabi etakchilar bugun ayrim sabablarga ko'ra bizga yordam bera olishmadi. SHunga qaramay yigitlar iroda ko'rsatishdi. Butun O'zbekistonga bugungi o'yin orqali namoyish etishdi.

Oldimizga qo'yilgan vazifani ortig'i bilan bajardik.
Yaypan tumanining barcha aholisini Superliga bilan tabriklayman. Ularning oilalariga xursandchilik olib kirgan bo'lsak bundan juda ham mamnunmiz.

Kichik shaharchada futbol klubini tuzgan rahbariyatimizga minnatdorchilik bildiraman.

"Turon" doim yuqori o'rinlar uchun kurashib kelgan, Superligaga chiqdik. Endi Superligaga qolish uchun emas munosib ravishda ishtirok etishga harakat qilamiz. Tarkibimizdagi ko'plab yigitlarga ishonishda davom etamiz va keyingi mavsumda ham g'alabalar bilan muxlislarimizni xursand qilamiz deb o'ylayman", - deydi Islombek Ismoilov. 





Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика