So’nggi yangiliklar

11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  0 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  2 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  7 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  4 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  12 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  9 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  14 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  4

Islom To'xtaxo'jaev: "Hamma o'z aybidan xulosa chiqarsa yaxshi bo'lardi" Yangiliklar

Islom To'xtaxo'jaev: "Hamma o'z aybidan xulosa chiqarsa yaxshi bo'lardi"

O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Islom To'xtaxo'jaev milliy terma jamoamizni JCH-2014 saralashi pley-offidagi muvaffaqiyatsiz uchrashuvidan so'ng qisqacha o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Birinchi o'rinda terma jamoamizning muvaffaqiyatsiz yurishi va shu yo'lda qilingan mehnat sarhisobi haqida umumiy xulosalar qanday bo'ldi?
- Bizni peshonamizga bu safargi Jahon chempionatiga chiqish yozilmagan ekan. Barchamiz harakat qildik, lekin maqsadga eta olmadik. Mehnatlarni sarhisob qiladigan bo'lsak yakuniy xulosa o'ta salbiy deb baholayman. Sababi oddiy biz vazifa bajarilmadi. Biz Janubiy Koreyadayoq mundialga yo'llanma olishimiz mumkin edi, lekin omadsizlikka uchradik. Muxlislar so'nggi soniyagacha ishonishdi va bizga doim ishonishini, qo'llab-quvvatlashini istardim. Biz ularning nima istayotganini bilamiz va bu maqsad uchun hali kurashib maqsadimizga etamiz.

- Bizning terma jamoani Jahon chempionatiga chiqishi uchun nima xalaqit qildi yoki qanday kamchiliklar bo'ldi?

- Kamchilik har doim bo'ladi. Nima etmadi degan savolga esa javob berish mushkul. Balki omad, balki boshqa narsa... Bitta gapni aytib o'tishim kerak keyingi Jahon chempionati uchun tayyorgarlikni boshqacha usulda hozirdan boshlashimiz kerak.

- Tayyorgarlikni boshlash kerakligi aniq lekin endi oldimizda bir necha yillar bor. Bu tarkibni almashinishiga muhtojlikni keltirib chiqarmaydimi?

- SHunday bo'lishi tabiiy holatdir. Yana besh yildan so'ng ko'pgina hozirgina yuqori saviyali futbolchilarimizda pasayish bo'lishi mumkin lekin tarkibni birdan yoshartirib bo'lmaydi. Jeparov, Geynrix, Baqoevlarning tajribasi yoshlarga hali juda kerak bo'ladi. SHunga qaramay asta sekinlik bilan tarkib almashinib borsa kerak. Yoshlarni keyingi mundial uchun tayyorlashni fursati etdi.

- Balki muhit tasirida mundialdan quruq qolgandirmiz? Murabbiy borasida har xil fikrlar kelib chiqqani to'g'risida eshitgan edik.

- Bu erda hech qanday muhitni tasiri yo'q. Hech kim murabbiy tanlamaydi va kim bo'lsa ham biz o'z vazifamizni bajaramiz. Bir necha yil oldingi tarkib haligacha saqlab qolgan, qanday qilib muhit yomon bo'lishi mumkin? Bazi o'zgarishlar bo'ladi lekin ular bilan ham birga o'ynaganmiz va hammamizda munosabat bir xil bo'ladi. Bazilarni aytishi bo'yicha Ahmedov yoki Jeparov o'z o'yinini ko'rsatmagan ekan. Lekin "Anji" yoki “Seongnam” jamoasidagi futbolchilarga qarasak ularda bir qancha tajribali futbolchilar borligini ko'ramiz va ular bilan o'ynash osonroq kechadi. Buni muhitga bog'liq joyi yo'q.

- Qosimovni istefo bergani va uni O'FF qabul qilmagani haqida xabaringiz bor. Futbolchi sifatida murabbiy almashinishi terma jamoamizga qanday tasir o'tkazishi mumkinligi haqida aytib o'tsangiz?

- SHaxsiy fikrim bo'yicha Qosimovning qolishi bu ijobiy holatdir. Negaki mana shu tarkib psixologiyasini hammadan ham ko'ra Qosimov yaxshiroq biladi. Umuman olganda natijada murabbiyni ayblash xatoning o'zginasi. Maydonda harakat qilganlarda ayb ko'proq bo'ladi. SHu jumladan menda ham va buni tan olaman. Bir kishini ayblab bo'lmaydi 11 kishi oldinda ham 11 kishi orqada ham  o'ynasagina g'alaba qozonadi. Hamma o'z aybini bilsa yaxshi bo'lardi va xulosa chiqarsa maqsadga etamiz.
 

Humoyun Davurov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика