Islom To'xtaxo'jaev Eron bilan uchrashuv oldidan: "Fikrimcha, ochiq va hujumkor o'yin bo'lmaydi"
24 mar 17:42
Yangiliklar
Islom To'xtaxo'jaev Eron bilan uchrashuv oldidan: "Fikrimcha, ochiq va hujumkor o'yin bo'lmaydi"
O'zbekiston terma jamoasi sobiq himoyachisi Islom To'xtaxo'jaev JCH-2026 saralash bosqichi doirasidan o'rin olgan Eronga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirdi.
"Ertaga faqat g'alaba kutmoqdaman. Eron bilan o'yin Qirg'izistonga qaraganda albatta farq qiladi. Forslar umuman boshqa daraja. Hozirgi paytda futbolchilarimiz yaxshi sport formasida va o'zlariga ishonch bor. Bu juda yaxshi holat.
Hozirgi futbolda hamma jamoalar yaxshi va tartibli to'p tepmoqda. O'yin taqdirini mayda detallar hal qilmoqda. Shuning uchun gol urish qiyinlashib qolgan. Eron bilan durang yomon natija bo'lmasa kerak. Fikrimcha, ochiq va hujumkor futbol bo'lmaydi", – deydi Islom To'xtaxo'jaev.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar