Islom To'xtaxo'jaev: "Barcha o'yinda kambek amalga oshirib bo'lmaydi. Chempionlik uchun 4-5 jamoa kurash olib boradi"
29 apr 12:23
Yangiliklar
Islom To'xtaxo'jaev: "Barcha o'yinda kambek amalga oshirib bo'lmaydi. Chempionlik uchun 4-5 jamoa kurash olib boradi"
"Bugun juda qiyin o'yin o'tkazdik. "Bunyodkor" ham yaxshi o'yin namoyish etdi. Bu – futbol, shunday ekan, bunday natija uchrab turadi. Keyingi o'yinga yaxshiroq tayyorgarlik ko'ramiz degan umiddaman.
Barcha o'yinda ham kambek amalga oshirib bo'lmaydi. Chunki har bir raqib turlicha o'yin taklif qiladi. Lekin muammoni ko'proq o'zimizdan qidirganimiz maqul. Bugun o'z o'yinimiz o'xshamadi, ayniqsa, birinchi bo'limda. Murabbiy ham tanaffusda faqat g'alaba qozonishimiz kerakligini takidladi. Uning ham taymdan ko'ngli to'lmagani oldingi chiziqda o'zgarishlar qilganidan malum edi. Bellashuvni tahlil qilib, xatolar ustida ishlaymiz.
Hisobda ortda borayotgan paytimiz oldinroqqa chiqib o'ynashga majbur edik. Yutqazayotgan har qanday jamoa bu ishni qilishi tabiiy hol. Шu bois, raqib hujumchilari ofsaydda bir necha bor darvozabonimiz bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi.
Mavsum so'ngiga qadar yuqori tempni ushlab qolishga va chempionlik uchun kurashishga harakat qilamiz. Chempionlik uchun 4-5 jamoa kurash olib boradi. "Bunyodkor", "Nasaf", "Paxtakor", "Neftchi" singari jamoalar yuqori maqsadni ko'zlamoqda", dedi 35 yoshli futbolchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar