So’nggi yangiliklar

15:02Суперлига. "Сурхон" - ОКМК. Асосий таркиблар маълум  0 14:41Дмитрий Ан қирғиз жамоасини бошқаради  0 14:18"Атлетико" футболчиси ЖЧни ўйлаб жамоадан кетмоқчи  2 13:51"Манчестер Сити"нинг ўтмишдаги рекорд трансфери тўртинчи марта ҳибсга олинди  0 13:22"Интер" Милан дербиси олдидан икки футболчисини йўқотди  0 12:50ЖЧ олдидан: "Челси" футболчиси ўзига жамоа қидирмоқда  1 12:22"Барселона" сардори қишда жамоани тарк этиши мумкин  3 11:56"Реал"нинг аргентиналик футболчиси Мастантуоно Ламин Ямаль ҳақида тўхталди  0 11:33"Реал" асосий ўйинчиларидан бири яна жароҳат олди  2 10:58"Арсенал" ўз етакчиси билан янги шартнома имзолашга яқин  0 10:32Ибрагимович Ла Лига, Премьер-лига ва А Серияда ўйнаш ўртасидаги фарқларни тушунтирди  3 10:05Эксперт фикри. Ёрқин Назаров: “Жаҳон чемпионатида музқаймоқ еб келиш эмас, муносиб ўйин кўрсатишимизга умид ва ишонч уйғонди”  6 09:18Роналду Оқ уйга ташрифидан сўнг Трампга мурожаат қилди  15 08:54"Арсенал" асосий футболчиси жиддий жароҳат олди  0 08:30Ўзбекистон МТЖ 9 йилдан сўнг ушбу натижага эришди  17

Islom Ismoilov: "Uchrashuvdan avval futbolchilarda kuchli hayajon bor edi. Xitoy Taypeyining o'yinini stadiondan kuzatdik" Yangiliklar

Islom Ismoilov: "Uchrashuvdan avval futbolchilarda kuchli hayajon bor edi. Xitoy Taypeyining o'yinini stadiondan kuzatdik"

Kecha Xitoy Taypeyi mamlakatida U-17 Osiyo kubogi saralash bosqichining ilk tur uchrashuvlariga start berildi.

Unda o'smirlar terma jamoamiz Falastinga qarshi maydonga chiqdi va yirik hisobda g'alaba qozondi. Ertaga vakillarimiz mezbon Xitoy Taypeyi bilan kuch sinashadi. Mazkur o'yin oldidan terma jamoa ustozi Islom Ismoilovning fikrlarini tingladik. 



"Albatta, birinchi uchrashuv doim qiyin bo'ladi. Futbolchilarda hayajon yuqori edi, chunki ular ham bu musobaqaning masuliyatini, muhimliligini his qilib turishgandi. SHunga qaramasdan ilk daqiqalardan o'yin nazoratini qo'lga olishdi va ko'rsatmalarni to'liq bajarishdi. Raqibni o'rganish jarayonida asosan uzun paslar bilan o'ynalishini ko'rgandik va shunga asosan ikkinchi zonada himoyalandik. Bu ustida mashg'ulotlarda bir qancha taktik ishlanmalarni amalga oshirgan edik. 

Falastinga qarshi bahsga tayyorlanish uchun  bizda etarlicha vaqt bo'ldi. Tayvanga ertaroq kelganimiz moslashishda engillik berdi deya olaman. To'g'ri, dastlabki kunlarda qiyinchiliklar yuzaga keldi. Bu ko'proq havo namligi bilan bog'liq edi. Tibbiyot bo'limi buning ustida qattiq ish olib borishdi. Ovqatlar masalasidagi muammolarni bartaraf etish uchun O'FA tomonidan amaliy yordam berib kelinmoqda. 

Ertangi raqibimiz Xitoy Taypeyining Iroq bilan o'yinini stadiondan kuzatdik. Raqibning xato va kamchiliklarini tahlil qilib chiqmoqdamiz. Bizda bir kun vaqt bor. Ertaga o'z imkoniyatlarimizdan maksimal foydalanishga va g'alaba qozonishga harakat qilamiz",- deydi Islom Ismoilov. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика