So’nggi yangiliklar

08:00"Йўқ, йўқ. Биз Криштиану билан кучлироқмиз" Португалия терма жамоаси бош мураббийи Роналдусиз терма жамоанинг ўйини ҳақида  3 07:27ЖЧ-2026 саралаши. Африка қитъасида финал учрашувида сенсация қайд этилди  1 02:57ЖЧ саралаши. Италия ўз уйида Норвегияга мағлуб бўлиб, ЖЧга йўл олиш масаласини кейинга қолдирди, Исроил Молдовани йирик ҳисобда таслим этди  8 00:58ЖЧ саралаши. Украина, Франция, Англия ва Сербия ғалабага эришди  4 00:10U-17 ЖЧ. Нимчорак финалга чиққан Ўзбекистоннинг бугунги машғулотларидан суратлар  2 23:33Роберт Левандовски фаолиятини Италияда давом эттириши мумкин  3 22:32"Реал" Бундеслигада янги чап қанот ҳимоячиси топди  1 21:38"Милан" форварди АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  0 21:02ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди  147 20:38Гюлер Ҳусановнинг жамоадошига айланиши мумкин  9 19:50Холанд: "Мен терма жамоада бўлганимда Норвегия ҳеч қачон саралашдан ўтмаган"  15 18:58U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Хорватияни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, нимчорак финалга чиққан ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ   9 18:36Лондон клуби Эндрикни ижарага олмоқчи  2 17:48"Ньюкасл" "Манчестер Сити" футболчисини харид қилмоқчи  1 17:12Рейндерс: "Милан"нинг "Интер"га қарши ўйинини албатта томоша қиламан"  1

Iskandar Shoyqulov: "Ko'p ochko yo'qotdik. Umid qilamanki, tez orada hammasi joyiga tushadi" Yangiliklar

Iskandar Shoyqulov: "Ko'p ochko yo'qotdik. Umid qilamanki, tez orada hammasi joyiga tushadi"

Hozirda "Andijon" jamoasi Tojikistonning Xo'jand shahrida yig'in o'tkazmoqda.

FIFA kunlari boshlanganligidan “Burgutlar” unumli foydalanib qolish uchun ham mazkur yig'in tashkil etildi. Maksim Shackix boshchiligida barcha futbolchilar mashg'ulotlarda astoydil, katta mehnat ostida ishlashmoqda. Klub matbuot xizmati jamoaning tajribali futbolchilaridan biri Iskandar Shoyqulovga mazkur yig'in borasidagi ayrim savollar bilan murojaat qildi. 

- Iskandar, “Andijon” chempionatdagi kichik tanaffusdan foydalanib, Tojikistonda yig'in boshladi. Ayting-chi, taassurotlar qanday va buning chempionat mobaynida qay tomonlama effekti seziladi, deb o'ylaysiz?

- Taassurotlar har doimgidek alo darajada. Yangi murabbiy ish boshlagan kunidan yakka kurashlarga katta etibor qaratmoqda. Bu borada jismoniy tayyorgarlik ko'rish uchun Tojikistondagi sharoitlar ham juda yaxshi. Natijasi yaqin kunlarda seziladi, deb o'ylayman.

- Jamoa endilikda Maksim Shackix boshchiligida o'ynamoqda va siz ilk bor ushbu mutaxassis qo'l ostida to'p suryapsiz. Qanday o'zgarishlarni sezyapsiz

- Ha, birinchi marta birgalikda ishlayapman. Hamma murabbiylarni o'z o'yin surati bor. Bu borada murabbiyimizning uslublaridan biri yakka kurash hamda tezkor hujumga o'tish. Hozirda hamma etibor ushbu jihatlarga qaratilgan. O'ylaymanki, murabbiyning bizga qo'ygan talablarini bekamu ko'st bajarishga harakat qilyapmiz va buning samarasini o'yinlar davomida ko'ramiz.

- Birinchi davra yakunigacha 4 ta tur qoldi va bo'lajak uchrashuvlar jamoa uchun juda muhim. Bu haqida siz nima degan bo'lardingiz?

- Juda ko'p ochko yo'qotdik. Kerak bo'lmagan gollarni o'tkazdik. Endi bu yo'qotilgan ochkolar o'rnini qolgan turlarda to'ldirishga bor etiborimizni qaratamiz. Barchamiz bo'lajak uchrashuvlarning ahamiyati qanchalik muhimligini sezib turibmiz. Umid qilamanki, hammasi o'z o'rniga tushib ketadi.

- Oldinda "Andijon"ni OCHL bahslari kutyapti. Muxlislar ham bo'lajak muhim musobaqani intiqlik bilan kutmoqdalar. Jamoani OCHLda qanday tasavvur qilyapsiz?

- Barchamiz intiqlik bilan kutyapmiz. Yangi taassurotlar, yangi darajadagi futbolchilar, juda qiziq bo'ladi, o'zim uchun ham, jamoamiz uchun ham. Muxlislar kutgan o'yinni ko'rsatishga harakat qilamiz va ijobiy natijalar bilan xursand qilamiz, degan umiddaman. 

- Yaqinda soch turmagingizni o'zgartirdingiz. Bungacha siz o'ziga xos soch turmagi bilan ajralib turgandingiz...

- Kunlar isib ketdi. Issiqda esa bu sochni eplash juda qiyin (kuladi).

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика