Iqbol Boboxonov "Mashal" bilan ikki yillik shartnoma imzoladi
28 dek 2014 21:21
Yangiliklar

Iqbol Boboxonov "Mashal" bilan ikki yillik shartnoma imzoladi
Avval aytilganidek "Mashal" safida birinchi yig'inda yagona , Iqbol Boboxonov ko'rikdan o'tayotganini xabar qilgan edik.
"Gazchilar" safida ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushgan himoyachi bugun "Mashal" bilan ikki yillik shartnomani imzoladi. 25 yoshli futbolchi o'tgan mavsumlar davomida Farg'onaning "Neftchi" jamoasi sharafini himoya qilib keldi va endi keyingi ikki mavsumni muborakliklar tarkibida o'tkazadi.
"Mashal"da jamoaning g'alabalariga hissa qo'shish uchun keldim. Albatta, "Mashal" safiga o'tganimdan mamnunman. Klubda o'z o'ringa ega bo'lish uchun juda ko'p ishlashim kerak. "Mashal"ning himoya chizig'ida kuchli raqobat bor shunga qaramay o'zimga ishonaman. Muxlislarni xursand qilish uchun har bir uchrashuvda oxirigacha harakat qilaman" , - deydi jamoamizning yangi azosi Iqbol Boboxonov.

Fikrlar