So’nggi yangiliklar

18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  3 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  0 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  12 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  2 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  5 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  7 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  11 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  3 15:03Цигер, Исмоилов, Ғиёсов, Табатадзе, Бегич... Суперлига 22-тур рамзий терма жамоаси  0 14:42Клюйверт Гиннес рекордлар китобига кирди  5 14:16"Арқадағ" вакиллари давлат мукофотига эга бўлди  16 13:49"Андижон" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолган "Сўғдиёна" билан баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:23Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ 9 октябрь куни Тошкентда ўртоқлик ўйини ўтказади  22 13:01U-17 Осиё Кубоги финалида қизил карточка олган Сарсенбаев ЖЧ гуруҳ босқичида Ўзбекистон терма жамоасига ёрдам беролмайди  7

Iordaniyani yutib xursand bo'lganimiz yaxshimi yoki Avstraliyaga yutqazib xatolardan xulosa chiqarish to'g'ri yo'lmi? Yangiliklar

Iordaniyani yutib xursand bo'lganimiz yaxshimi yoki Avstraliyaga yutqazib xatolardan xulosa chiqarish to'g'ri yo'lmi?

Yaqinda O'zbekiston milliy terma jamoasining fevral oyida Dubayda yig'in o'tkazishi va Iordaniyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi haqida xabar chiqdi.

To'g'risi raqib nomini ko'rib hafsalam pir bo'ldi. Yana o'sha holat, eski hammom, eski tos. Bir yilda bir marotaba shunga o'xshash terma jamoalar bilan o'ynamasak ko'nglimiz joyga tushmaydiganga o'xshaydi. Xo'p bordik, yutdik ham deylik. Iordaniyani yutib do'ppimizni osmonga otamizmi yoki futbolchilarimizni qahramonlarga qiyoslaymizmi? Qachongacha biz o'zimizni aldaymiz, Iordaniya, Suriya, Falastin kabilarni yutib xursand bo'lishni yig'ishtirganimiz maqul deb bilaman. To'g'ri, g'alaba qozonilgan o'yinlarda futbolchilarga, terma jamoaga ortiqcha savol tug'ilmaydi. Tanqidlar bosiladi, muxlis ko'ngli to'ladi. Mana shu omil bizning katta xatolarimizdan biri hisoblanadi. Keling, undan ko'ra saviyamizdan bir bosh balandroq bo'lgan raqiblar bilan kuch sinashaylik. Mayli mag'lubiyatga uchrashsin, mayli gol o'tkazib yuborishsin. Muhimi o'sha raqib bizga xatolarimizni, yana nimalar ustida ishlashimizni ko'rsatib bersin. Eng keragi shu. Aynan kuchli termalar bilan o'yinlar biz uchun dars, kamchiliklarni ko'rib olish vazifasini bajaradi. Ammo, oxirgi paytlarda Suriya va Iroqni ham yuta olmaydigan darajaga kelib qoldik. Bu ham bor gap. O'rtoqlik uchrashuvida natija ustuvor sanalmaydi. Bunga yuz foiz qo'shilaman. U avvalo murabbiy uchunligini qaytarmayman. 

Lekin 3:0, 2:0 hisoblarda yutib xatolarni ko'rib olish kerak bo'lsa etirozim yo'q. Avvalgi rahbariyat davrida tan olib aytaylik hozirgiga nisbatan kuchliroq va top darajadagi termalar bilan o'rtoqlik o'yinlari tashkil qilindi. Biz futbolchilarimizning haqiqiy kuchini o'sha uchrashuvlarda ko'rdik. Xo'p, u payt Jahon chempionati boshlanish arafasida bo'lgani uchun Marokash, Senegal va Urugvaylar bilan bellashdik. Ektor Kuper kelgach esa Turkiya, Xitoy, Urugvay, Janubiy Koreyalar bilan o'rtoqlik o'yinida qatnashdik. Lekin, hozirgi rahbariyat Iroq, Suriya, Iordaniya kabilardan nariga o'tayotgani yo'q. Bu termalar bilan har yili o'ynash gohida o'zimizning ham medamizga tegadi. Nimaga? CHunki biror yangilik ko'rmaymiz. Nima uchun Yaponiya, Koreya, Saudiya Arabistoni o'ynayotgan Jahon darajasidagi termalar bilan o'ynamaslimizni sababi ular otni ilgariroq qamchilaydi. Ikki yillik rejani tuzib qo'yadi va ertaroq harakatni boshlaydi. Yana qachon Urugvay yoki Marokash bilan o'ynaymiz yolg'iz yaratganga ayon. SHaxsan men Iordaniya va shu toifadagi termalar bilan o'yinlardagi g'alabalarga oddiy ko'z bilan qarayman. SHunga o'rganishimiz kerak. Rasmiy o'yinlarda va mundial yo'lida baribir o'sha Saudiya, Koreya, Yaponiya yoki Eron bilan to'qnash kelamiz. Ularni yutishimizga ishonch hosil qilishimiz uchun hozirdan kuchli termalar qarshi to'p tepib tayyorgarlik ko'rib borishimiz lozim. Xulosa Iordaniyani mag'lubiyatga uchratib bayram qilishni o'rniga darajamizdan baland raqibga yutqazib xatolardan xulosa chiqarishimiz darkor.

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика