So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  4 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  15

Intervyu.Timur Kapadze: “Hokim kubogi” orqali “Lokomotiv U-21” jamoasi tajriba to'playdi” (1-qism) Yangiliklar

Intervyu.Timur Kapadze: “Hokim kubogi” orqali “Lokomotiv U-21” jamoasi tajriba to'playdi” (1-qism)

Farg'ona viloyati “Hokim kubogi” “V” guruhi 2-tur doirasida o'tkazilgan “Cementchi” – “Lokomotiv U-21” uchrashuvidan so'ng toshkentliklar bosh murabbiyi Timur Kapadze saytimizga intervyu berdi.

Har yili Farg'onada qish mavsumida katta futbol musobaqasi – “Hokim kubogi” ananaviy tarzda tashkil etib kelinmoqda. Bu yilgi musobaqa boshlanishidan oldin dadam “Lokomotiv” klubi rahbariyati bilan gaplashib ko'rishimni, agar rozi bo'lishsa, o'zim bosh murabbiylik qilayotgan “Lokomotiv U-21” jamoasi bilan tashrif buyurishim haqida taklif kiritdilar. Bu musobaqaning foydali jihatlari ko'p, yig'in tashkil etish va qo'l ostimdagi futbolchilar haqida yanada ko'proq bilib olishimga imkon yaratardi. Men yanvar oyining boshlarida klubimiz rahbariyati bilan mazkur masalada gaplashdim, ular rozi bo'lishdi, buning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman. SHundan so'ng biz mazkur musobaqa tashkilotchilariga “zayavka” topshirdik. Klubimiz rahbariyati bizga Farg'onada 10 kunlik yig'in o'tkazib, “Hokim kubogi” musobaqasida ishtirok etishimizga sharoit yaratib berishdi.

Yig'in davomida ko'p futbolchilarni sinovdan o'tkazyapmiz. “Hokim kubogi” musobqasiga 25 nafar yosh futbolchilar bilan keldik. Bizda hozirda ikkita tarkib bor. Birinchi uchrashuvda Uchko'prikning “Zafar” jamoasiga qarshi o'yin o'tkazdik,  bu uchrashuvda maydonda harakat qilgan futbolchilar bugungi uchrashuvda maydonga tushirmaslikka harakat qildik. Imkon qadar barcha futbolchilarga o'zlarini ko'rsatishlari uchun imkoniyat yaratib berayapman. Jamoamiz oldiga “Hokim kubogi”da g'olib chiqish vazifasi qo'yilmagan. Bizga qo'yilgan vazifa shundan iboratki, chempionat boshlangunga qadar jamoamizning optimal tarkibini shakllantirish. 

Farg'onada qo'l ostimdagi futbolchilar bilan bir mehmonxonada yashayapmiz. Bir joyda yashagandan keyin, futbolchining nafaqat maydondagi, balki maydon tashqarisida o'zinini tutishi, xarakteri haqida tasavvurga ega bo'lish imkonini beradi. Futbolchilar bilan individul tarzda gaplashaman, nazariy va amaliy mashg'ulotlar o'tkazaman. Toshkentda bunday imkoniyat yo'q edi. CHunki futbolchilar bilan faqat mashg'ulotda uchrashardik xolos. Farg'onada futbolchilar bilan ko'proq ishlash, nazariyalar orqali ularning xato va  kamchiliklarini tushuntirish uchun sharoit bo'lmoqda. To'g'ri Toshkentda ham o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etdik, lekin bu erda yuqorida aytganimdek, futbolchilar bilan bir joyda yashab, ular haqida ko'proq tasavvurga ega bo'lishimizga imkoniyat bor. Mart oyigacha bizda vaqt bor, ungacha biz tarkibimiz bo'yicha eng so'ngi xulosaga kelishimiz kerak. Jamoamiz rahbariyati men tomondan qo'yilayotgan talablarni to'g'ri qabul qilishmoqda. Hozir ikki turdan keyin jamoamiz guruhda birinchi o'rinni egallab turibdi, bizni yig'inimiz 7 fevralgacha mo'ljallangan,  agar guruhdan chiqsak, Farg'onada yana ko'proq qolamiz shekilli, buni vaqt ko'rsatadi. 

Oldimizda kuchli raqiblar bilan uchrashuvlar turibdi, o'tgan yili Pro-Ligada kuchli o'yin namoyish etgan “SHerdor”  va Superliga vakili “Qo'qon-1912” jamoalari bilan o'ynaymiz. “Qo'qon-1912” tarkibi juda kuchli, ular yangi mavsumda o'z oldilariga jiddiy maqsad qo'yishlari shubhasiz. SHu sabab bu jamoalarga qarshi o'yinlar o'tkazish biz uchun qiziq, xato va kamchiliklarimizni ko'rib olish, tarkibimizdagi futbolchilar haqida xulosa qilishga imkon yaratadi. Men doim futbolchilarga aytaman, maydonda faqat kuchlilar o'ynaydi. Hech qaysi futbolchi zaxirada o'tirishni istamaydi, lekin 11 kishidan ortiq futbolchini tushirishning imkoni yo'q. Menimcha bu yilgi Superliga jamoalari asosiy tarkib va U-21 jamoasi uchun 45 ta joy ajratilsa kerak. Asosiy jamoadan ortgan joy U-21 jamoasi uchun qoladi. Aytmoqchimanki hozir tarkibimizda uchrashuvlarda maydonga tushayotgan hamma futbolchilarni olib qolishning imkoni yo'q, shu sabab biz yig'inlar davomida jamoamizning optimal tarkibini shakllantirish kerak, mazkur musobaqaga tashrif buyurishimizning asosiy sababi ham shundan iborat. SHu kabi musobaqalar futbolchilarga bir birlarini tushunishlariga, jamoaviy o'yin shakllanishiga imkon yaratadi. “Hokim kubogi” musobaqasi tashkilotchilariga minnatdorchilik bildiraman.



“Lokomotiv” futbol klubi murabbiylar shtabida tasodifni qarangki, Farg'ona futbolidan etishib chiqqan murabbiylar faoliyat ko'rsatishmoqda. SHuningdek adminstratorimiz Baxtiyor Ismoilov, futbolchilardan Sardor Mirzaev, Islom To'xtaxo'jaev,  Xusniddin G'ofurov kabi futbolchilar Farg'ona futboli tarbiyalanuvchilari hisoblanadi. Bu albatta kishini xursand qiladi. Asosiy jamoamiz bosh murabbiyi Andrey Fyodorov dastlab yordamchi murabbiy sifatida kelgandi, keyinchalik jamoamizda yuz bergan o'zgarishlar natijasida bosh murabbiy lavozimida ishlab kelmoqda. Umuman olganda Farg'ona futboli ko'plab iqtidorlarni kashf etib bergan deb aytsak xato bo'lmasa kerak.
Futbol akademiyalari haqida aytadigan bo'lsam, “Mashal”, “Nasaf”, “Bunyodkor”, “Paxtakor” akademiyalaridan o'zbek futboliga ko'plab iqtidorli futbolchilar etishib chiqqan. SHu kabi akademiyalarda mehnat qilayotgan murabbiylarga va ularga sharoit yaratib berayotgan rahbarlarga minnatdorchilik bildirib o'tishimiz lozim bo'ladi. Bunday akademiyalarning soni qanchalik ko'p bo'lsa, raqobat yuqori bo'ladi, bu o'z-o'zidan sifatning oshishiga olib keladi. Bizning klubning o'z akademiyasi bor, biz u erda etishib chiqayotgan futbolchilarni muntazam kuzatib boramiz.

Menga qachon birinchi murabbiying kim bo'lgan deb savol berishsa, dadamni aytaman. Har doim dadamdan maslahat olganman, u kishi muntazam futbol ichida yurgan inson. Futbolchi bo'lishimda ham, keyinchalik mana murabbiy bo'lib etishishimdan dadamning xizmatlari katta bo'lgan.

Futbolchilik faoliyatimni yakunlaganimdan so'ng “Lokomotiv” klubi rahbariyati meni chaqirib, jamoada qolishimni, murabbiylar shtabida ish olib borishim haqida taklif kiritishdi. Men bu taklifni qabul qildim va jamoada ish boshladim. Eng hayajonli voqea keyinroq yuz berdi. O'FA rahbariyati meni chaqirib, meni milliy terma jamoa bosh murabbiyi sifatida ishlashim haqida aytishganda, ochig'i hayajonlanib qoldim. Bu kutilmagan taklif edi! Bu voqea keyinroq OAVda elon qilinganda ko'pchilik xayron qolgandi. Men hali milliy terma jamoa bosh murabbiyi lavozmida ishlashga tajribam etmasligini aytganimda, O'FA rahbariyati hammasi yaxshi bo'lishini, milliy terma jamoa haqida tasavvurga ega ekanligimni aytishdi. Rejaga ko'ra, kuchli raqiblar - Marokash, Senegal, Urugvay, Eron terma jamoalari bilan o'yinlar tashkil etishimiz lozim edi.    

O'sha paytda terma jamoamizda vaziyat yaxshi edi deb ayta olmayman. Sababi biz jahon chempionatiga chiqa olmagandik, muxlislar norozi edi, mutaxassislar norozi, shu bilan bir navbatda jurnalistlar ham terma jamoa o'z oldiga qo'ygan maqsadini uddalay olmaganligidan ranjigan edilar. Hammasi yaxshi bo'lib turgan vaqtda, terma jamoa yutuqlarga erishib turgan vaqtda murabbiy sifatida ishlash bilan mana shunaqa vaziyatda ishlashning farqi katta bo'larkan. Biz birinchi navbatda futbolchilarni o'z-o'ziga bo'lgan ishonchini qaytarishimiz, shuningdek muxlislarimizni terma jamoani qo'llab-quvvatlashga undashimiz lozim edi.

Albatta milliy terma jamoa bizning, xalqimizning yuzi hisoblanadi. Biz har doim milliy terma jamoamiz manfaatlari uchun ishlashga tayyormiz.


davomi bor



Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика