So’nggi yangiliklar

23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  14 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  4 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  76 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  5 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  3 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  1 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8 16:59Мбаппе Анрига етиб олди  9 16:35Ўзбекистон МТЖ Panini билан ҳамкорлик қилади   10 16:13ФИФА президенти CAFA Nations Cup финалига келади  10

Intervyu. "Nasaf"ning yangi mavsumdagi taqdiri bugun yig'ilishda hal bo'ladi Yangiliklar

Intervyu. "Nasaf"ning yangi mavsumdagi taqdiri bugun yig'ilishda hal bo'ladi

Bugun O'zbekiston chempionatining yangi mavsumiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tganidan xabaringiz bor.


Ushbu qura tashlash marosimida Oliy liganing barcha 16 jamoasi vakillari ishtirok etishdi. Qarshining "Nasaf" klubidan esa sport direktori Vitaliy Ni marosimda qatnashdi.

Biz esa Vitaliy Nidan quradan keyingi fikrlari va boshqa mavzularda bazi savollarni berdik.


- Qura juda yaxshi va haqqoniy o'tdi. "Nasaf" dastlabki turda "Qo'qon"ga safar qiladi, keyin o'zimizda "Buxoro"ni qabul qilamiz va uchinchi turda "Bunyodkor" bilan Toshkentda uchrashamiza. Albatta mavsumni o'z uyingda nisbatan kuchsizroq jamoa bilan boshlab, keyinchalik mehmonda o'rtamiyona raqib bilan o'ynashni istaydi ko'pchilik mutaxassislar. Afsuski biz uchun aynan shunday scenariy ostida o'tmadi qura. Har qanday holatda ham barcha raqiblar bilan o'ynash kerak bo'ladi. Futbolda barcha o'yinga kerakli tayyorgarlik bilan chiqish kerak. Qurani "Nasaf" uchun qiyin bo'ldi, demagan bo'lardim.

- Jamoa barchadan ilgari yangi mavsumga kirishadi. "Nasaf"da selekciya ishlari bilan siz shug'ullanasiz. Yangi mavsumda jamoaga kuchli futbolchilar taklif etiladimi?
- To'g'ri aytib o'tdingiz, mavsum biz uchun ancha erta boshlanadi. "Nasaf" hammadan keyin o'tgan mavsumni yakunlagandi va endi birinchilardan bo'lib ishga kirishi kerak. Futbolchilar hordiq chiqarishlari uchun juda kam vaqt bo'ldi. Biz yanvar oyidayoq OCHLdagi yurishimizni boshlashimiz lozim. Bugun jamoamiz Qarshi shahridagi qarorgohimizda yig'ilgan. Jamoani yanada kuchaytirish borasidagi savollar juda ko'p. Keyingi mavsumda yanada kuchliroq, raqobatbardosh jamoa yaratish kerak. CHunki jamoamiz xalqaro musobaqada ham, ichki chempionatda ham muvaffaqiyatli qatnashishi kerak.
SHuningdek bugun klub rahbariyati bilan yig'ilish bo'lib o'tadi. Juda ko'p savollarga ushbu yig'ilishdan so'ng javob olamiz. Jamoa oldiga qanday vazifa qo'yilishi va keyingi yili qanday ishlanishiga bugungi yig'ilishda oydinlik kiritiladi. Hozircha aniq bir narsa deyish qiyin. Yig'ilishdan so'ng aniq to'xtamga kelinadi.

- Legionerlar, xususan Dragan CHeran, Golban va Krasichni jamoada qolishi hal etildimi?
- Futbolchilarning agentlari bilan gaplashdik. Dragan CHeran va Golban bilan o'rtadagi kelishuv har ikkala tomonni ham qoniqtirmoqda. Krasich borasida esa hozircha aniq bir narsa deyish qiyin. Bu savol hozircha biz uchun ham ochiq qolmoqda.

- Demak Ognen Krasich jamoani tark etish ehtimoli yuqori...?
- Bo'lishi mumkin. Agarda har ikkala tomon bir qarorga kela olmasa, unda Krasich jamoadan ketishi mumkin.

- SHuhrat Muhammadievning keyingi taqdiri "Lokomotiv" bilan bog'lanishi haqida gap-so'zlar yuribdi. O'tgan yili ham "Lokomotiv" himoyachini o'z safiga qo'rishni istagandi. SHuhrat Muhammadievning jamoada qolish ehtimoli qanchalik yuqori?
- "Lokomotiv" klubidan hech kim biz bilan Muhammadiev borasida rasman taklif bilan chiqqani yo'q. Balki gap-so'zlar bo'lsa bordir. Ammo bundan bizning xabarimiz yo'q. Biz imkon qadar o'zimizning mahalliy futbolchilarni jamoada saqlab qolishga harakat qilamiz. Ko'p narsa bugungi yig'ilishdan so'ng aniq bo'ladi.

- Jamoa yig'iniga yangi qo'shilgan futbolchilar bormi?
- Hozircha yangilardan hech kim yo'q. Avvalo o'zimizning futbolchilarni jamoada olib qolishimiz kerak. Birinchi vazifa jamoadagi futbolchilarni saqlab qolishdan iborat bo'lib turibdi. Bazi poziciyalarni esa kuchaytirish kerak. Ammo hozir bu haqida aniq bir gapni ayta olmayman. CHunki bu ayni paytda o'zaro muhokama qilinmoqda.


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.


"Nasaf" ko'plab etakchi futbolchilarini o'z tarkibida saqlab qola oladimi? Qiziq...


Oliy liga-2017. Birinchi davra taqvimi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика