So’nggi yangiliklar

15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  0 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  17 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  1 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   12 09:15Моддий манфат йўлида EЧЛ 25 йиллик ҳамкорликдан сўнг "Adidas" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  2 08:46"Агар очколарни йўқотсак, ҳамма нарса тугайди". Гвардиола — "Вест Хэм"га қарши ўйин ҳақида  3 08:20Португалия терма жамоасининг жаҳон чемпионати учун меҳмон либослари суратлари пайдо бўлди  3

Ibrohim Ibragimov: "Tojikistoning "Istiqlol" klubiga o'tish men uchun ortga tashlangan qadam bo'lardi. Debyut o'yinimda burchakdan gol urish hayolimga ham kelmagandi" Yangiliklar

Ibrohim Ibragimov: "Tojikistoning "Istiqlol" klubiga o'tish men uchun ortga tashlangan qadam bo'lardi. Debyut o'yinimda burchakdan gol urish hayolimga ham kelmagandi"

Bekobodning "Metallurg" jamoasi yozgi transfer oynasida tarkibin bir nechta yosh va tajribali futbolchilar bilan kuchaytirishga erishdi.

"Bunyodkor" tarbiyalanuvchisi hisoblangan, o'tgan mavsumdan beri bosh jamoada harakat qilib kelayotgan Ibrohim Ibragimov ham endilikda "Metallurg" sharafini himoya qiladi. Iqtidorli yarim himoyachi Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Qizilqum"ga qarshi bahsda yangi jamoasida debyutini amalga oshirdi. Superligadagi ilk rasmiy o'yinida  burchk zarbasidan to'g'ridan-to'g'ri Ignatiy Nesterov darvozasini aniq nishonga oldi. Biz bu boradagi taassurotlar, "Metallurg"ga o'tish jarayoni va boshqa mavzularda Ibrohim Ibragimovga bir nechta savollar bilan yuzlandik. 

- Yozgi transferlar oynasida "Bunyodkor"dan "Metallurg"ga ko'chib o'tdingiz. Bu jarayon qay tariqa yuz berdi?

- Birinchi bo'lib menga "Metallurg" selekcioner murabbiyi Ilhom aka SHaripov qo'ng'iroq qildilar. Bosh murabbiy Jasur Brodarovich o'z jamoasida ko'rishni istayotganini aytdilar. Klub rahbarlari, murabbiyi bilan gaplashdik. Jamoaning kelajagi, maqsadlari va sharoitlari bilan tanishdik. Taklif meni qoniqtirdi. "Metallurg" kelajagim uchun yaxshigina poydevor bo'ladi, degan umiddaman. Eng asosiysi jamoa bosh murabbiyining o'zi menga qiziqish bildirgan. SHu bois ko'p o'ylab o'tirmasdan "Metallurg"ni tanladim. "Bunyodkor"da ketayotganimda klub bosh direktori Ulug'bek aka Mirzaev bilan barcha narsani qonuniy qilib ketdim. Jamodagi akalarim, murabbiylar, rahbariyat bilan do'stona xayrlashdik. Yaxshi kayfiyatda kuzatishdi. "Bunyodkor"ga katta rahmat aytaman. 6 yoshimdan beri mazkur klubdaman, menga haqiqiy maktab vazifasini o'tab berdi.   

- Tojikistonning "Istiqlol" klubi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko saytimizga bergan intervyularidan birida sizni yaxshi bilishini, qiziqishini aytib o'tgandi. SHaxsan o'zingizga dushanbeliklardan chorlov bo'ldimi?

- "Istiqlol" bosh murabbiyi Vitaliy Grigorevich Levchenko agentimga murojaat bilan chiqqan. OCHL boshlanishidan oldin menga qiziqish bildirgandi. Bu haqidagi xabarlar rost. To'g'risini aytsam Tojikistonga borgim kelmadi. O'zbekiston chempionatining darajasi Tojikistonnikidan yuqori hisoblanadi, deb o'ylayman. "Istiqlol"ga o'tish men uchun ortga tashlangan qadam bo'lardi. 

- "Metallurg"dagi debyut o'yiningizdan qanday taassurotlar qoldi?

- Afsuski, debyut o'yinim mag'lubiyat bilan yakunlandi. To'g'ri gol urdim. Lekin buni jamoam uchun foydasi bo'lmadi. "Qizilqum"ga qarshi yaxshi o'yin o'tkazdik. Vaziyatlardan foydalana olganimizda hisob boshqacha bo'lardi. O'yin davomida raqibdan ustunligimiz ko'rinib turdi. Biroq natija ijobiy emas. 

- Burchakdan to'g'ridan-to'g'ri urgan golingiz shu paytgacha urgan gollaringiz ichida eng chiroylisimi?

- Gapingizga qo'shilaman. Hattoki, yoshlar , akademiya, o'rinbosarlar jamoalarida ham bunchalik chiroyli gol urmaganman. 

- Ushbu gol tajribali va nomdor Ignatiy Nesetrov darvozasiga urganingiz bilan ham qadrli, desak bo'ladimi?

- Esda qolarli gol, desam mubolag'a bo'lmaydi. Boz ustiga bu Superligadagi ilk golim. Buni hali ko'p eslayman. Debyut o'yinimda burchakdan chiroyli gol urish hayolimga ham kelmagandi.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика