So’nggi yangiliklar

07:25ОЧЛ-2. "Насаф" жамоаси сафарда "Шабаб Ал-Аҳли" клубига мағлуб бўлди. Азмун уч дақиқа ичида иккита гол урди.  0 03:05АПЛ. "Арсенал" бурчак зарбаларидан урилган голлар эвазига "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  12 02:59ЛаЛига. Мбаппе пенальтидан гол ура олмаган ўйинда "Реал" мағлуб бўлди  28 02:30АПЛ. "Манчестер Сити"да ниҳоят ғалаба, "Ньюкасл" — "Ливерпуль" ўйинида 6та гол ва "Челси"дан йирик ғалаба  17 01:57Турк футболчисига МЮ, "Ливерпуль", "Арсенал" ва ПСЖ қизиқмоқда  0 01:32Жаҳонгир Ортиқхўжаев, "Пахтакор" янги бош мураббийи ва Максим Шацких иштирокидаги матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 00:37Куртуа "Реал" билан шартномани узайтирмоқчи. Дарвозабоннинг вакиллари Саудия Арабистонидан қизиқиш ҳақида билишмайди  1 00:04АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Юнайтед" баҳси асосий таркиблари маълум!  15 23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  20 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  122 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  3 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8

Intervyu. Eldor Adhamov: “Andijon”ga rahmat, “Qo'qon-1912”ga yanada o'sish uchun keldim” Yangiliklar

Intervyu. Eldor Adhamov: “Andijon”ga rahmat, “Qo'qon-1912”ga yanada o'sish uchun keldim”

Mavsum-2020 ko'plab futbolchilar uchun Superligada debyut yili bo'ldi. Bir qator yosh futbolchilar o'zlarining iqtidorini namoish etib, kashfiyotga aylandi deyish mumkin.

SHulardan biri deya – “Andijon” darvozasini qo'riqlagan Eldor Adhamovni aytish mumkin. Posbonlarga zarur bo'lgan barcha jihatlar mujassamligini ushbu 25 yoshli futbolchida ko'rish mumkin. Xaqiqatdan ham Adhamov o'tgan mavsumda andijonliklar tarkibida ishonchli o'yinlari bilan bir necha marotaba ramziy terma jamoaga tushish orqali, ko'pchilikni etiborini tortdi. Eldorning 2020 yildagi Superligada o'tkazgan 17ta o'yinida o'z darvozasidan jami 27 ta gol o'tkazib yuborgani va 3ta quruq o'yini bo'lganini ko'rsak, xar xolda debyut mavsumga qoniqarli deya baholash mumkindir. Yaqinda Eldor bilan ortda qolgan mavsum haqida va yangi jamoaga ko'chib o'tgani to'g'risida suhbatlashdik.

- Eldor, ochig'ini aytganda sizni Andijongacha deyarli ko'pchilik yaqindan bilmasdi. Avvalo suhbatimizni bolalik paytlaringizni qanday o'tganini eslash bilan boshlasak. Katta futbolga qay tariqa kirib kelgansiz?
- Futbolga qiziqishim juda ham yoshlgimdan boshlangan. CHunki otam futbolning ashaddiy ishqibozi sanaladi. O'z davrida otam ham sportning ushbu turi bilan shug'ullangan. SHu bois millionlar o'yinining ilk sir-asrorlarini aynan otamdan o'rganganman desam mubolag'a bo'lmaydi. Yoqtirgan sport turim bilan 11 yoshdan jiddiy shug'ullanishni boshlaganman. Dastlabki sport maktab-internatiga qatnaganman. Oradan qisqa fursat o'tib, “Bunyodkor” akaemiyasining selekcionerlari xarakatlarimni yoqtirib qolib, akademiyaga taklif etishgan. O'ylanib o'tirmasdan akademiyaga o'tganman. Asta-sekin katta futbolga “Bunyodkor” jamoasida kirib kelganman.

- Bunyodkor murabbiylari bilan munosabatingiz qanday edi? Ular nima uchun sizni boshqa jamoaga ijaraga berib yuborgan deb o'ylaysiz?
- Vadim Karlenovich bilan munosabatlarimiz juda yaxshi deb o'ylayman. O'rtamizda shu kungacha hech qachon kelishmovchilik bo'lmagan. Ijaraga o'tish bo'yicha tashabbus o'zimdan chiqqan. Sababi “Andijon”ga o'tishdan oldin “Bunyodkor”da deyarli yarim mavsumni jaroxat tufayli maydon tashqarisida yurdim. Menga ko'proq o'yin amaliyoti kerak edi. Natijada Vadim Abramovdan o'zim ijaraga qo'yib yuborishini so'radim. Murabbiyimiz meni o'ishimni o'ylab, fikrimga qarshilik ko'rsatmadi va “Andijon”ga ko'chib o'tishimni qo'llab-quvvatladi. 



- Andijonda boshida boshlang'ich tarkibga kirishingiz oson bo'lmadi. Xatto bazida murabbiylar sizga xuddi uchinchi darvozabon sifatida qarashgandi. Fikrimizga qo'shilasizmi?
- Yo'q, unday deb o'ylamayman. Qishki yig'inlarni “Bunyodkor”da o'tkazib, chempionat boshlanishiga 4 kun qolganida “Andijon”ga ko'chib o'ttim. Yangi jamoa va yangi muhitga moslashib ketish uchun menga biroz vaqt kerak edi. To'g'ri, boshlang'ich tarkibdan o'rin egallash uchun imkoniyat berishini kuttim va buning uchun o'zimni mashg'ulotlarda ko'rsatdim va hammasi yaxshi bo'lishligiga ishonib, ko'proq ter to'kdim. Taqdirimga shunday yozilgan ekan, malum muddat o'tib, asosiy tarkibda o'z o'rnimni topib oldim. SHu o'rinda menga ishonch bildirgan bosh murabbiylarimiz – Viktor Kumikov, Baxtiyor Hamidullaev va Otabek G'ulomxo'jaevga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

- Superligadagi debyut o'yiningizdan qoniqish xosil qilganmisiz? Xayajon bosganmi yo'qmi?
- Superligadagi debyut o'yinim o'tgan mavsumning 10-turiga to'g'ri keldi. “Mashal”ga qarshi bahsda o'z darvozamni dahlsizligini saqlab qolganman. Lekin biz ham raqib darvozasiga yo'l topa olmaganmiz. Nursiz durang qayd etilgan bo'lsada, o'z o'yinimdan ko'nglim to'lgan deya olaman. Albatta xayajon bosgan. Lekin menda ishtiyoq va ishonch kuchli edi.

- Ishonchli o'yinlaringiz tufayli bir necha marotaba tur ramziy terma jamoasidan ham o'rin oldingiz. Tabiiyki bu sizga yanada qo'shimcha kuch bag'ishlagan bo'lsa kerak?
- To'g'ri, bunday shaxsiy natijalar har qanday sportchiga yanada shakllanishi uchun sezilarli kuch beradi.

- Darvozabonlar murabbiyi Qobiljon Olimjonov haqida fikringiz qanday? Bu murabbiy bilan birga ishlab, qanchalik o'sishga erishdim deb hisoblaysiz?
- Qobiljon Tolibjonovich har qanday vaziyatda ham birga ishlayotgan shogirdlarini qo'llab-quvvatlaydi. Bosim o'tkazmaydi va ruhiy tomondan yaxshi ish olib boradi. Bu murabbiy meni ko'p kamchiliklarimni to'g'rilashimda katta yordam berdi. Buning uchun Qobiljon Olimjonovga rahmat aytaman.

- Aytishlaricha Sizda “Andijon” da qolish ishtiyoqi bo'lgan ekan. Jamoa rahbariyati buni istamagani rostmi?
- (Kulib) Yo'q, bu yolg'on malumot. “Andijon” rahbariyati menga mavsum tugamasidan ancha avval jamoada kelasi yil qolish taklifi bilan chiqqandi. SHunda bu haqda albatta o'ylab ko'rib, keyinroq javob berishimni aytgandim. Superligada qolish uchun pley-off o'yinida “Neftchi” qarshi o'tkazgan o'yinimizdan keyin tatilga chiqdik va qaytib “Andijon” rahbariyati bilan bog'lanmadik. SHu o'rinda fursatdan foydalanib, “Andijon” klubi va uning ashaddiy muxlislariga barchasi uchun katta minnatdorchilik bildiraman. Katta futboldagi ilk yutuqlarimga shu jamoa bilan erishdim. SHuning uchun “burgutlar”ga doim omad tilayman.

- “Qo'qon-1912” dan boshqa yana qaysi klublardan takliflar bor edi?
- Oldimda yana 3ta variant turgandi. Ularni nomma-nom aytishdan mano yo'q menimcha. SHulardan menga ko'proq “Qo'qon-1912”ning taklifi maqul keldi.



- Nima uchun aynan qo'qonliklarning taklifini qabul qildingiz?
- CHunki bu erda ichki muhit juda yaxshi, professional darajada ekanligini eshitgandim. Bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatovning ishlash uslub Evropa futboli darajasida ekanligini kuzatib kelardim. Futbolchi sifatida yanada o'sish uchun ham ushbu jamoaning taklifining qabul qildim.

- Yaqinda “Bunyodkor” posboni Abdumavlon Abdujalilov “Lokomotiv”ga ko'chib o'tdi. “Qaldirg'ochlar” sizni ortga qaytarish bo'yicha xarakat qilmadimi?
- Ochig'ini aytsam “Bunyodkor” men uchun qadrdon klub. Yuqorida aytib o'tganimdek, u erda men futbolning sir-asrorlarini yanada chuqurroq o'rgandim. Sezilarli darajada o'sib, ulg'aydim. Bu jamoa tashkil etilganidan buyon jamoada vaqti kelib asosiy posbon bo'lishni orzu qilganman. Vaqti kelib Xudo xohlasa albatta ushbu niyatimga etaman. Hozirda yanada ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istayman. Bu orqali yanada o'sishga erishishni va bosqichma-bosqich yuqori marralarni zabt etish uchun astoyil xarakat qilaman.

- O'tgan yili qaysi darvozabonlarning o'yinlari sizga ko'proq yoqdi?
- (Kulib) O'zimni aytsam nokamtarlikka yo'ymang. Yaratganga shukr, 2020 yilgi mavsum men uchun omadli keldi. Garchi jamoaviy natijamiz xasaq qiladigan bo'lmasada, o'zim ishtirok etgan ko'p o'yinlardan xarakatlarimdan qoniqdim. SHuningdek “Nasaf”ning iqtidorli darvozaboni Abduvohid Nematov ham ishonchli o'yinlari bilan jamoasiga ko'p marotaba qimmatli ochkolarni olishida katta yordam berdi.

- Birinchi murabbiyingiz kim bo'lgan? Umuman shu kungacha siz bilan ishlagan murabbiylarni eslab o'tsak.
- “Bunyodkor” akademiyasida Sergey Lushanning qo'li ostida shug'ullanganman. Bilasiz u erda darvozabonlar bilan alohida maxsus murabbiylar ham ishlaydi. Aleksandr Mixaylovich, Anvar Jabborov va Marat Galimov meni shug'ullantirgan. Ayniqsa Marat Fatixovich darvozabon sifatida shakllanishimda katta xissa qo'shgan. SHuningdek Pavel Bugalodan ham ko'p narsa o'rganganman.

- “Qo'qon-1912” dagi raqobat bo'yicha fikringiz qanaqa?
- Raqobat bo'yicha gapiradian bo'lsam, bu jamoada yaxshi saviyadagi darvozabonlar bor. Raqobat bo'lsa futbolchi yanada o'sadi. Agarda o'zimga ishonmaganimda “Qo'qon-1912”ga o'tmas edim.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика