So’nggi yangiliklar

20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  1 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  0 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  0 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  8 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  5 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   9 17:43Роналду "Барселона" футболчиси билан ҳазиллашди  6 17:25"Барселона" раҳбарияти Хавидан iPhone ва iPad'ларни қайтаришни сўрамоқда  13 17:01Испаниянинг мағлубиятсиз серияси нечта ўйинга етди?   2 16:45Аббосбек Файзуллаев эртага майдонга туша оладими?!  20 16:41Тошкентга келган БАА ҳужумчиси охирги уч ўйинда дарвозага умуман аниқ зарба бермади  13 16:36"Арсенал"ни стандартлар бўйича Европанинг энг кучли жамоасига айлантирган мураббий  1 16:20"Барселона" "Арсенал"дан текинга футболчи олмоқчи  0 16:01Симеоне январда кетмоқчи эмас  0

Intervyu. Ektor Kuper: “To'g'risini aytaman, men hech bir futbolchi bilan tanish emasman” Yangiliklar

Intervyu. Ektor Kuper: “To'g'risini aytaman, men hech bir futbolchi bilan tanish emasman”

Rossiyada bo'lib o'tgan jahon chempionatida Misr termasini boshqargan argentinalik mutaxassis Ektor Kuper O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan 3+1 yillik shartnomaga imzo chekdi.

Ayni damda milliy terma jamoamiz Kuper boshchiligida Suriya va Eron terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik o'yinida ishtirok etish mashg'ulotlarni boshlab yuborishgan. Biz O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan uchrashib terma jamoa haqida suhbatlashdik.

-    Hozirgi kunga qadar Ektor Kuper bir nechta mashg'ulot o'tkazdi. Dastlabki yig'inga futbolchilarni jalb qilish borasida kimlar bilan maslaxatlashdingiz?
-    Har bir inson birinchi marotaba yangi davlatga kelganda albatta unga kimdir unga yordam berishi kerak. CHunki, bu inson yangi davlat haqidagi muhit haqidagi tasavvurga ega bo'lmaydi. Futbolda ham xuddi shunday. To'g'risini aytaman, men hech bir futbolchi bilan tanish emasman, hattoki ularning ism sharifini ham bilmayman. Tarkib tuzida menga ko'plab odamlar yordam berdi. Alohida bir insonni ajratib ko'rsata olmayman. Bundan avval o'zim superliga o'yinlarini ko'rib, tahlil qilib chiqdim. Avvaldan o'zimga yoqqan futbolchilarning ro'yxati bor edi. SHunday bo'lsa ham o'zbek futbolida azaldan ishlab kelayotgan mutaxassislar bilan maslahatlashgan holda yig'inga jalb qilingan futbolchilarning ro'yxatini tuzib chiqqanmiz. SHuni aytmoqchimanki hozir biz shoshilmasligimiz kerak. Tarkibni shakllantirib olish uchun bizda etarlicha vaqt bor. Bizdan hozirdanoq natija talab qilishmayapti. Futbolchilar bilan yaxshilab tanishib ularning salohiyatini ko'rib olganimdan so'ng, keyingi yig'inlarda tarkib shakllantirib boriladi. Ikkinchi yig'inda umuman boshqa futbolchilar qatnashishi mumkin. Hozirgi holatda biroz sabr qilishlarini so'ragan bo'lardim. Bu birinchi yig'in va birinchi tuzilgan tarkib. Bu doimiy bo'lib qolmaydi. O'z tajribamdan kelib chiqib shuni aytishim mumkinki, butun dunyoda har doim tarkibdan norozi bo'lgan odamlar bo'ladi. SHu kungacha 3-4ta mashg'ulot o'tkazdim. Men sizlarga aniq bir optimal tarkibni ayta olmayman. Superliga o'yinlarini, xorijdagi legioner futbolchilarni kuzatib boraman. Men ko'rib chiqqan futbolchilar mening taktik sxemamga tushadimi yo'qmi shu tomonlarini ko'rib chiqaman. Terma jamoada ko'plab katta o'zgarishlar bo'ladi. Oldin umuman terma jamoaga chaqirilmagan futbolchilarni ham yig'inlarga jalb qilishim mumkin. Hozir birinchi yig'in bo'lgani sababli kengroq ro'yxat tuzdik. Birinchi yig'inga jalb qilingan futbolchilardan faqat eng munosiblari olib qolinadi. Balki ushbu tarkibdan 70-80 foiz futbolchiga ruxsat berib yuborilishi ham mumkin. Biz keyinroq optimal tarkibni shakllantirishga harakat qilamiz.

-    Bizda avvaldan bir holat takrorlanib kelingan. Murabbiylar terma jamoaga asosan “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv”jamoalaridan optimal tarkibni shakllantirishgan.“Navbahor”, “Buxoro”, “Qo'qon-1912” jamoalaridan ham futbolchilarni terma jamoa yig'iniga jalb qilishga, ularni ham sinab ko'rishga harakat qilasizmi?
-    Yana o'sha holat takrorlanmoqda demagan bo'lardim. CHunki men Toshkentda bo'lib turganimga bor yo'g'i bir hafta bo'ldi. Yana o'sha tendenciyada ishlayapman demagan bo'lardim. Misol uchun Ispaniya terma jamoasining o'zagini “Atletiko Madrid”, “Real Madrid”, “Valensiya” va “Barselona”jamoasi tashkil etadi. Terma jamoalarga ushbu jamoalar ko'p futbolchi etkazib beradi. Bu erda ham shunday holat yuz bermoqda. SHuni aytishim mumkinki, tarkibdagibazi bir futbolchilarni yuzini ham taniy olmayman. Husniddin G'ofurov oldimga kelsa uni taniyolmay qolishim ham mumkin. SHuning uchun hozirdan xulosa chiqarish kerak emas, deb aytgan bo'lardim. Bizning vaqtimiz etarlicha. Undan unumli foydalanamiz. Barchaga birdek yoqadigan tarkib hech qachon bo'lmagan. SHunga yaqinroq tarkib shakllantiramiz. “Lokomotiv” jamoasidan taklif qilingan 10 nafar futbolchidan bor yo'g'i 2 nafari qolishi mumkin. Albatta oldinda o'zgarishlar bo'ladi.



-    O'tkazilgan mashg'ulotlardan so'ng qanday fikrdasiz?
-    Barcha futbolchilarni shijoat bilan o'zlarini ko'rsatishga harakat qilishmoqda. Bunday holat oxirgacha shunday bo'lib qoladi, deb umid qilaman. Men ushbu futbolchilarda kamtarlikni ko'rdim. Bu juda ham muhim jihat. Zamonaviy futbolda kamtarlik odatiy hol emas. Ko'plab futbolchilar o'zlarini barcha narsani biladigandektutishadi. Bu erda unday narsa yo'q ekan. Hozircha barchasi alo darajada ketmoqda. Futbolchilarning holatini keyinchalik bilib olamiz.

-    Terma jamoaga yangi murabbiy tayinlanganda unga barcha narsa tayyor bo'lishi kerak. Sizdan hozircha hech qanday muammo yo'qmi? O'zbekiston futbol assosiaciyasi sizga barcha narsalarni tayyorlab berdimi?
-    Hozir hech narsadan shikoyat qila olmayman, barchasi joyida. Albatta, qiyinchiliklar bor. Lekin men uchun hozir eng muhim bo'lgan narsa, men bilan ishlayotgan O'zbekiston futbol assosiaciyasi xodimlarining sharoitlarni yaxshilashga harakat qilayotgan tayyorligi. Hozir barchasi etarli deyishim mumkin. Har bir inson baribir ko'prog'ini xohlaydi.


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: +53   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика