So’nggi yangiliklar

22:13Туркманистонга қарши ўйин олдидан расмий машғулот  1 21:13Илкай Гюндоганнинг кейинги клуби номи маълум бўлди  2 21:07"Байер" 30 млн. еврога Саудия Арабистони клуби футболчисини сотиб олди  0 20:15Трансфер дедлайни: "Ливерпуль" Гехини ҳам сотиб олмоқда  7 19:53"Манчестер Сити" аъзоси Италияга йўл олмоқда — Here We Go!   5 19:36Breaking! "Бавария" Николас Жексон трансферини ижобий ҳал қилди  5 19:20Коло Муани "Тоттенхэм" футболчисига айланмоқда — Here We Go!  1 19:00CAFA Nations Cup. Эрон Ҳиндистон дарвозасига 3 та тўп киритди  16 18:41Расман: "Ливерпуль" футболчиси "Рома"га ўтди  0 18:23"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олмоқда  4 18:02Ҳусанов қанча муддатга сафдан чиққани маълум  12 17:39Эшитдик-да! Усмон Тошев ЎФА терма жамоалар бўлими раҳбари лавозимига қайтмоқда  54 17:28"Милан" ҳужумчиси "Рома"га ўтишга рози  2 17:10Абдуқодир Ҳусанов CAFA мусобақасини ўтказиб юборади  19 16:50Расман: Эрон терма жамоаси ҳужумчиси "Олимпиакос"га ўтди  2

Intervyu. Dilshod Nuraliev: "Asosiy tarkibga bir nechta futbolchi etkazib bera olsak maqsadimizga erishgan bo'lamiz" Yangiliklar

Intervyu. Dilshod Nuraliev: "Asosiy tarkibga bir nechta futbolchi etkazib bera olsak maqsadimizga erishgan bo'lamiz"

Kecha "Lokomotiv" o'rinbosarlar jamoasi joriy mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi.

TTYMI stadionida "Surxon" bilan kechgan o'yinda 4:1 hisobidagi g'alabani tantana qilgan "Lokomotiv" o'rinbosarlari ketma-ket olti o'yinlik durang natijasiga barham berdi. Ushbu bellashuvdan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Dilshod Nuralievni suhbatga chorladik. 

- Joriy mavsumda qo'lga kiritilgan ilk g'alaba bilan tabriklaymiz. "Surxon" bilan o'yinning birinchi bo'limida "Lokomotiv" o'rinbosarlarini o'yini biroz qovushmaganini ko'rdik. Lekin, ikkinchi bo'limda o'yindagi ustunlik hisobda ham aks etdi. Umuman olganda mazkur holatni avvalgi uchrashuvlarda ham ko'rgandik...

- Tabrik uchun tashakkur. Bollarga ham katta rahmat aytmoqchiman. Og'ir o'yin bo'ldi. Raqibimiz avvalgi turda "Paxtakor" bilan o'ynagandi. Ularni dastlabki daqiqalardan boshlab tajovuzkor harakat qilishini bilgandik. Birinchi bo'limda o'yinimiz yaxshi chiqmadi. Mana bir nechta o'yindirki, asosan gollarni birinchi bo'limda o'tkazib yubormoqdamiz. "Surxon" jamoasi  bo'lim so'ngida penaltidan gol ura olmadi. Bu qaysidir manoda bizga ruhiy jihatdan ustunlik taqdim qildi. 

- Zahiradan maydonga tushgan futbolchilar o'yinni jonlantirdi va g'alabaga munosib hissa qo'shdi. Ularni orasida bir nechta asosiy tarkib futbolchilari ham bor edi. Bu oldindan o'ylangan rejamidi?

- To'g'ri. Zahiradan qo'shilgan futbolchilar o'yinimizni kuchaytirishdi. Ikkinchi bo'limda maydonga tushirib, tempni oshirish uchun bir nechta futbolchini olib qo'ygandik. SHular o'yinni ijobiy tomonga o'zgartirdi. Ammo, baribir o'yinimizni sifatidan qoniqsh hosil qilmayapman. Xatolarimiz ko'p. Ayrim joylarda yosh bollarcha xatolarga yo'l qo'ymoqdamiz. Natijada o'zimizga qiyinchilik keltirib chiqaryapmiz. Mana shu kamchiliklarni to'g'irlasak bollar bundan ham yaxshiroq o'yinay oladi. Qo'l ostimda iqtidorli bollar jamlangan. Faqat, ularni ustida ishlashimiz kerak. Raqibimiz ham uzoq masofa yo'l bosib kelganigani uchun ikkinchi bo'limda toliqib qoldi deb o'ylayman. Endi biz raqibga qarab to'p tepishimizdan avval o'z o'yinimizni topishimiz lozim. 

- "Lokomotiv" o'rinbosarlari oltita turdan beri durang o'ynab kelayotgandi. Oldingi uchrashuvlarda nima etishmagandi? Tarkib oldingi yilgiga qaraganda nisbatan yoshargan. Balki, futbolchilar hali falsafangiz va uslubingizni to'liq tushunib olmagandir...

- To'g'ri tarkib yoshargan. Endi 17 yoki 18 yoshli futbolchilarni yosh ham deb bo'lmaydi. O'yin uslubimni o'zlashtirib olishlari biroz qiyin kechmoqda. Ko'rayotgan bo'lsangiz, o'yin paytida tinmay ko'rsatmalar bermoqdaman. O'ylaymanki, yana 2-3 turdan keyin bollarni o'yinida o'zgarishlar bo'ladi. Hozir ham o'zgarishlar bor. Ammo, xatolarimiz juda ko'p. 



- O'tgan turlarda jamoadan omad yuz o'girdi desak bo'ladimi? CHunki, aksariyat bahslarda so'ngi daqiqalarda g'alabalar qo'ldan boy berildi...

- "Qizilqum" bilan o'yinda bugungiga qaraganda yaxshiroq harakat qilgandik. Mashg'ulotlarda ushbu uchrashuvni videosini ko'rib chiqdik. Tahlil qildik. Jismoniy jihatdan oxirgi daqiqalarda faollik etishmagandi. Bugun esa teskarisi bo'ldi. Kerakli almashtirishlarni amalga oshirganimizdan keyin o'yinni nazorat qilib bordik. Keyingi bellashuvlarda xatolarni takrorlamaslikka harakat qilamiz. Boisi, men shogirdlarimga ishonaman. Ularni aqli bor. Bekorga ularni tanlab olmaganmiz. Nasib qilsa maksimal natija ko'rsatishga intilamiz. Boshqa tomondan bu erda natija muhim rol o'ynamaydi. Lekin, o'z o'yinimizni topib olsak natija o'z-o'zidan ijobiy ko'rinish oladi. Joriy yilda yoki keyingi mavsumda asosiy tarkibga bir nechta futbolchi etkazib bera olsak biz o'z maqsadimizga etgan bo'lamiz. 

- Keyingi turda "Lokomotiv" o'rinbosarlari "Mashal" bilan o'ynaydi. Mazkur uchrashuvdan nima kutyapsiz?

- Biz uchun har bir bahs qiyin bo'ladi. CHunki, yangi tuzilgan jamoamiz. "Mashal" bilan o'yinda hujumkor futbol ko'rsatamiz. Boisi, o'z maydonimizda to'p tepamiz. Ha, ikkinchi davrada ko'proq safarda o'ynaymiz. Albatta, jismoniy jihatdan qiyin bo'ladi. Futbolchilarni tiklashga va har tomonlama tayyorlashga harakat qilamiz.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика