So’nggi yangiliklar

03:05АПЛ. "Арсенал" бурчак зарбаларидан урилган голлар эвазига "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  11 02:59ЛаЛига. Мбаппе пенальтидан гол ура олмаган ўйинда "Реал" мағлуб бўлди  27 02:30АПЛ. "Манчестер Сити"да ниҳоят ғалаба, "Ньюкасл" — "Ливерпуль" ўйинида 6та гол ва "Челси"дан йирик ғалаба  17 01:57Турк футболчисига МЮ, "Ливерпуль", "Арсенал" ва ПСЖ қизиқмоқда  0 01:32Жаҳонгир Ортиқхўжаев, "Пахтакор" янги бош мураббийи ва Максим Шацких иштирокидаги матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 00:37Куртуа "Реал" билан шартномани узайтирмоқчи. Дарвозабоннинг вакиллари Саудия Арабистонидан қизиқиш ҳақида билишмайди  1 00:04АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Юнайтед" баҳси асосий таркиблари маълум!  15 23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  20 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  122 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  3 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5

Intervyu. Baxtiyor Ashurmatov: "Bunyodkor"ga qarshi o'yin jamoamiz uchun burilish nuqtasi bo'ladi" Yangiliklar

Intervyu. Baxtiyor Ashurmatov: "Bunyodkor"ga qarshi o'yin jamoamiz uchun burilish nuqtasi bo'ladi"

“Qo'qon-1912” jamoasi uchun Superliganing 2-davrasi biroz ko'ngilsiz natijalar bilan boshlandi.

Jamoa ketma-ket ikkita o'yinda mag'lubiyatga uchradi. "Qo'qon-1912" matbuot xizmati vaziyat hamda o'zlarining salomatliklari borasidagi savollar bilan jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatovga murojaat qildi.

- Baxtiyor Azamovich avvalo sog'liqlaringiz yaxshimi?
- Gapni ochig'i "Buxoro"ga qarshi o'yindan keyin tomog'im bo'g'ilib qolgan edi. Ertasiga ozgina temperaturam ko'tarildi. SHu sababli "Metallurg"ga qarshi o'yinga tayergarlik jarayonida qatnasha olmadim. Lekin o'yinga bir kun qolganda Qo'qonga kelib "Metallurg" bilan o'yinni o'zim boshqardim. O'yindan keyin kasalim yana ozgina kuchaydi. "So'g'diyona" bilan o'yindan oldin PCR analizini topshirdik. Analiz javoblari yaxshi chiqdi va mashg'ulotni o'zim o'tkazishga qaror qildim. Lekin afsuski mashg'ulotda sovuq o'tib temperaturam ko'tarilib ketti. Holatim shu darajaga etdiki, quvvatsizlikdan aktiv harakat qilishim ham og'irlashib qoldi va yana mashg'ulotlarni qo'yib yuborishga majbur bo'ldim. Bu vaqt ichida o'pkamni rentgen qildirib ko'rganimda 15 foizga o'pka shamollashi, engil pnevmoniya tashhisini qo'yishdi va shifokorlar klinikaga yotib davolanishni yoki uy sharoitida davolanish uchun qo'shimcha davolanish kursini yozib berishdi. Afsuski shu sababli "So'g'diyona" bilan bo'lgan muhim o'yinni o'tkazib yuborishga majbur bo'ldim. Xudoga shukr hozir axvolim nisbatan yaxshi va jamoamizning mashg'ulotlariga qo'shildim.

- “Qo'qon-1912” jamoasi mavsumning birinchi yarmini ko'tarinki ruhda o'tkazdi ham turnir jadvalida 3-o'rinni egallagan edi. Kutilmaganda 2-davra uchrashuvlarini durang hamda mag'lubiyatlar bilan boshladik. Bunga qanday izoh berasiz?

- To'g'ri 1-davra o'yinlarini ko'tarinki ruhda o'tkazdik. Afsuski 2-davra o'yinlarini muvaffaqiyatsiz boshladik. Muxlislarimiz ham havotirga tushishmoqda. Har xil gap so'zlar ko'paymoqda. Afsuski betobligim tufayli o'zim 10 kun ichida faqat "Metallurg" bilan o'yinga va faqat bitta mashg'ulotga chiqa oldim xolos. Lekin murabbiylarimiz shtabi yaxshi shakllangan. Zohid aka Nurmatov va Davron Fayziev boshchiligida mashg'ulotlar yaxshi saviyada olib borilgan. Davron Fayziev yaxshi saviyadagi murabbiy va ishonchli do'st ekanligini bilaman. Zohid aka Nurmatov esa meni yarim so'zdan tushunadigan ishonchli insonim va yordamchim. Aytmoqchi bo'lganim mag'lubiyatlarda bosh murabbiy sifatida o'zim aybdorman. Ikkinchi davrada omad ham bizni tark etgandek. Yana bitta xatomiz birinchi davradan keyin tarkibimizni o'zgartirmaganimiz degan xulosaga kelyapman. Ayrim sabablarga ko'ra xohlagan o'yinchilarimizni jamoaga ololmadik. Aytaylik Samarqanddan Amirjon Safarov transferi uchun 100 million so'm so'rashdi. "Istiqlol"dan yosh hujumchi Akbar Sultonovni klubi qo'yib yubormadi. Javohir Sidiqovni olamiz deganimizda "Paxtakor" tarkibida asosiy tarkibda tusha boshladi. "Paxtakor"dan Asadbek Sobirjonovni ham afsuski ijaraga ololmadik. To'g'ri tarkibimiz yomon emas. Lekin baribir yangi qon kerak ekan. O'yinimizda ham afsuski pasayish yuzaga keldi. CHempionat o'yinlarini bir xil tempda o'tkazish xam oson emas. Misol uchun, "Navbahor" ettita o'yindan beri yutolmayapti. Yaxshi tarkibga ega bo'lgan AGMK 4ta o'yinda g'alaba qozona olmadi. O'ylaymanki bu qiyin vaziyatdan yigitlar bilan birga yorug' yuz bilan chiqib ketamiz.

Ikkita mag'lubiyat bizni ham juda xavotirga solmoqda. Eng yomoni 1-davrada mag'lubiyatga uchragan o'yinlarimizda oxirigacha kurashib mag'lubiyatga uchragandik. Ikkita o'yinda esa afsuski xarakter va oxirigacha kurashish etishmadi. SHu sababli "So'g'diyona" bilan o'yindan keyin yigitlar bilan gaplashib oldik. Ikkita o'yindagi mag'lubiyat sabablarini tahlil qildik va o'ylaymanki keyingi o'yinlarda muxlislarimiz yana jangavor o'yinlarga guvoh bo'lishadi. To'g'ri jamoa g'alaba qozonganda kamchiliklar xam ko'zga tashlanmaydi. Jamoaning xarakteri, ahilligi shunaqa qiyin paytda bilinadi.



- Hozirgi kunda jamoadagi ichki muhit va jamoa azolarining salomatliklari qanday, oldindagi uchrashuvlarga hamma tayyormi yani tarkibda yo'qotishlar yo'qmi?

- Xudoga shukr hozir jamoamizdagi ichki muhit ijobiy tomonga o'zgargan. Muhit yaxshi bo'lishida va qiyin vaziyatdan chiqib ketishimizda jamoamiz etakchilari Murod Xolmuhammedov, Quvondiq Ro'ziev, Aleksandr Merzlyakovning roli katta bo'lishi kerak. Tarkibida shunday etakchi futbolchilari va ular qatorida Oybek Rustamov, Suhrob Berdiev kabi futbolchilar bo'lgan jamoa xar doim yuqori o'rinlar uchun kurashishi kerak. Murod Xolmuhammedovni esa bemalol O'zbekistonning bu yilgi mavsumdagi eng kuchli futbolchilari qatoriga qo'shsak bo'ladi. Ro'zievdan ham umidim juda katta. CHempionatning eng mehnatkash futbolchilaridan biri.

Afsuski yurtimizga kelgan pandemiya jamoamizni xam chetlab o'tmadi. Lekin biz qanday natija ko'rsatishimizdan qatiy nazar bu kasalliklarni sabr va bardosh bilan engib o'tishga qaror qilgandik. Jamoamizdagi deyarli hamma futbolchilar bu kasallikni engib o'tishdi. Vaqti kelganda o'yin qaydnomasiga kiritishga o'yinchi ham etmay qoldi. Jamoamiz etakchisi Murod Xolmuhammedov, Quvondiq Ro'ziev o'yinlarni o'tkazib yuborishdi. Muzaffar Muzaffarov olti oy deganda jarohatidan qutulib endi safimizga qo'shildi. Afsuski "So'g'diyona" bilan o'yindan oldin darvozabonimiz Muzaffar Abdullaev va hujumchimiz Hamidullo Abduhamidovda xam test natijalari yaxshi chiqmadi va ular o'yinni o'tkazib yuborishdi. Lekin bu o'yinlarni muvaffaqiyatsiz o'tkazishimizga sabab bo'la olmaydi. Ikkita futbolchimizdan tashqari qolgan futbolchilarimiz xudoga shukr sog'-salomat va "Bunyodkor" bilan bo'ladigan o'yinga tayyor.

- Bizni oldinda “Bunyodkor” jamoasiga qarshi uchrashuv kutib turibdi. Bu o'yin olti ochkolik o'yin bo'lishi aniq. Muxlislarimiz esa o'z maydonimizda jamoadan faqat g'alaba kutishadi.

- "Bunyodkor" bilan juda ham muhim bo'lgan qiyin o'yin kutib turibdi. Bu bizning jamoamiz uchun burilish o'yini bo'ladi. Biz muxlislarimiz uchun ham bu o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak. Afsuski jamoamiz uchun qiyin bo'lgan vaziyatda muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashlari jamoamizga etishmayapti. Har yili Superligada qolish uchun kurashadigan jamoa o'z ishonchli o'yinlari bilan muxlislar mexrini va ishonchini qozondi. Endi muxlislarimiz bizdan yuqori o'rinlar uchun kurashishimizni kutishmoqda. Muxlislarimiz bunga haqlilar. Futbolda muxlislar ishonchini, mehrini qozonish juda qiyin. Lekin ishonchni yo'qotish juda oson. Futbolchilarimiz ham vaziyatni tushunib turishibdi va "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda vaziyatni o'nglash uchun bor kuchlarini ishga solishadi. Biz murabbiylar shtabi futbolchilarimizga ishonamiz.



- Jamoada moliyaviy muammolar yo'qmi? Murabbiy hamda futbolchilar maosh va mukofot pullarini o'z vaqtida olishyaptimi?

- Xudoga shukr jamoamizda moliyaviy muammolar yo'q. Baxtiyor aka Tolipov boshchiligidagi rahbariyatimiz oylik maoshlari va mukofot pullarini vaqtida berishyapti. SHuhrat aka Mo'minov esa ajoyib tashkilotchi. O'yinlarga tayergarlik ko'rish jarayoni, mashg'ulotlar uchun maydon topishda, kasallangan futbolchilarimizni davolash uchun dori-darmon etkazishda, mehmonxonalarga joylashishimiz, futbolchilarning ovqatlanish jarayonlari, Toshkentdagi yig'inlar tashkil qilishda SHuhrat akaning o'rni beqiyos. Umuman olganda Qo'qonda tashkiliy ishlar yuqori darajada yo'lga qo'yilgan. Jamoamiz futbolchilari nomidan jamoamiz rahbariyatiga yaratilayotgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirgan bo'lardim.

- Muxlislarimizga tilaklaringiz?

- Muxlislarimiz jamoamiz baxtiga doimo sog' salomat bo'lishsin. Iltimos jamoamizni qiyin paytda xam qo'llab-quvvatlab turishsin.Futbolda g'alaba va mag'lubiyat doimo yonma-yon yuradi. Lekin ishonch bilan aytamanki muxlislarimiz ishonchini hech qachon suistemol qilmaymiz. Jamoamizga ishonishsin. Biz muxlislarimiz uchun o'ynaymiz. Xudo xohlasa tezroq stadionga qaytinglar va jamoamizni qo'llab quvvatlanglar. Muxlislarsiz futbolning ham fayzi yo'qolarkan. Tez orada muxlislarning stadionlarga kirishlariga ruxsat beriladi deb ishonib qolamiz. Barcha aziz muxlislarimizga sog'lik tilayman!

 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика