So’nggi yangiliklar

16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  0 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  3 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  4 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7

Intervyu. Akmal Mozgovoy: "Bu hali maksimum emas" Yangiliklar

Intervyu. Akmal Mozgovoy: "Bu hali maksimum emas"

Qarshining "Nasaf" klubi yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy jurnalist Emil Bekmuhamedovga "Nasaf" o'yinidagi muvaffaqiyat siri, chempionlik uchun kurashdagi raqiblari va CHempionlar ligasi-2 doirasida kutilayotgan o'yinlar haqida so'zlab berdi.

- "Nasaf"ning joriy mavsumdagi o'yinini qanday baholaysiz?
- Menimcha, ushbu mavsumda jamoamizning o'yini eng yuqori bahoga loyiq. Jamoadagi har bir o'yinchi muvaffaqiyatli natijalarga erishish va oldimizga qo'yilgan vazifalarni bajarish uchun o'zining bor kuch-g'ayratini safarbar etmoqda.

- Fikringizcha, "Nasaf"ning joriy mavsum muvaffaqiyatli o'yin ko'rsatishida qanday sir bor?
- "Nasaf"ning muvaffaqiyatli o'yin ko'rsatishining siri shundaki, har bir futbolchi o'z vazifasini professionallik bilan, bor kuchini sarflagan holda bajarmoqda. Biz yagona maqsad - g'alaba qozonish yo'lida maksimum imkoniyatimizni ishga solamiz. O'ylaymanki, bu nafaqat ushbu mavsum, balki o'tgan yillarda ham muvaffaqiyatimiz garovi bo'lgan.




- Mavsumning qolgan qismida o'z oldingizga va jamoaviy qanday maqsadlar qo'ygansiz?
- Jamoamiz o'z oldiga hamisha yuksak maqsadlarni qo'yadi: har bir uchrashuvda g'alaba qozonish. Umid qilamanki, ushbu mavsumda chempionlikni qo'lga kiritamiz. SHuningdek, Osiyo CHempionlar ligasi-2'da imkon qadar uzoqroqqa borishni reja qilganmiz. O'z navbatida, joriy mavsum ko'pchilikning uzoq vaqt mobaynida xotirasida qolishi uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz.

- "Nasaf"ning O'zbekiston kubogini erta tark etishi ko'pchilik uchun kutilmagan hol bo'ldi. Jamoa bu natijani qanday qabul qildi va sizning fikringizcha, nima noto'g'ri ketdi?
- O'ylaymanki, O'zbekiston kubogi joriy mavsumda qo'lga kiritishmiz mumkin bo'lgan, ammo boy berilgan yana bir sovrin hisoblanadi. Lekin shuni anglashimiz kerakki, futbolda har kim yutishi yoki yutqazishi mumkin. Bu safar omadimiz kelmadi, chunki futbolda hech kim xatolardan muhofazalanmagan. Bu futbolning eng muhim qismlaridan biridir.

- Oldinda jamoani OFK CHempionlar ligasi-2'dagi ishtirok kutib turibdi. Ushbu turnirdan nima kutyapsiz, xalqaro maydondagi o'yinlarga qanday tayyorgarlik ko'ryapsiz?

- OFK CHempionlar ligasi-2 uchrashuvlariga maksimal tayyorgarlik bilan etib boramiz. Har bir uchrashuvda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. SHuningdek, finalga qadar etib borishga va uddasidan chiqsak, kubokni qo'lga kiritishga harakat qilamiz.




- Joriy mavsum davomida o'z formangiz va o'yiningizni qanday baholaysiz? Qaysi jihatlaringizni yaxshilashni xohlaysiz?

- Agar o'n balli shkala bo'yicha baholasak, joriy mavsumdagi formamni etti-sakkiz ballga baholayman. Bu hali maksimum emas. Hali o'z ustimda ishlashim kerak bo'lgan jihatlar bor, lekin bu sir bo'la qolsin.

- Nima deb o'ylaysiz, chempionlik uchun kurashda "Nasaf"ning asosiy raqibi qaysi jamoa hisoblanadi?

- Asosiy raqib sifatida bitta jamoani qayd etolmayman, lekin OKMK ushbu mavsumda yaxshi o'ynayotganini takidlash joiz. SHuningdek, "So'g'diyona" va "Paxtakor"ni ham alohida takidlab o'tmoqchiman.

- Muxlislarning qo'llab-quvvatlovi siz va jamoaning oldinga intilishi uchun qanday yordam beradi? Muxlislaringizga qanday dil izhorlarini aytishni xohlaysiz?

- Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi bizga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi, ayniqsa, o'yin yakunida bu seziladi. "Nasaf" muxlislariga shuni aytishni istardimki, qaerda bo'lishimizdan, qanday natijaga erishishimizdan qati nazar, bizni qo'llab-quvvatlashda davom etishsin. Biz har doim ularning qo'llab-quvvatlashini his qilamiz, bu bizga har bir uchrashuvda qo'shimcha kuch va motivaciya beradi.


Emil Bekmuxammedov suhbatlashdi

Oqil Abdubarnaev tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика