So’nggi yangiliklar

14:07U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон – Фаластин. Таркиблар маълум  1 13:40"Атлетик" футболчиси антидопинг қоидасини бузгани учун 10 ойга дисквалификация қилинди  0 13:11Инфантино Эрон АҚШдаги ЖЧда қатнашишига кафолат берди  3 12:45Эшитдик-да! "Бунёдкор" "Олимпия" стадионида ўйнайди  7 12:21"Истиқлол" бош мураббийи Ашурматов ва Машариповнинг жароҳати ҳақида тўхталди  1 11:52Жанни Инфантино: "Шавкат Мирзиёевнинг футболга бўлган муҳаббати сўнгги икки йил ичида янада кучайганини кўриб хурсанд бўлдим"  4 11:25Эронлик эксперт: "Юсуфи майдондан тўғри четлатилди, Алижонов ва пенальти бўйича қарор ҳам ўринли, бироқ..."  30 10:41Испания терма жамоаси ҳужумчи бир ойга сафдан чиқди  1 10:05Луис Суарес Лига кубоги финалида рақибига тупургани учун МЛСда учта ўйинга дисквалификация қилинди  5 09:38Расман. АПЛдаги илк истеъфо содир бўлди  9 08:55Бугун U-17 терма жамоамиз Марокашга қарши майдонга тушади  5 08:26Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё кубогига йўлланма олиши мумкин  13 07:58ЖЧ-2026. Яна бир терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  3 07:30Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ чемпионликни қўлга киритган мусобақанинг тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛEРEЯ  3 07:13CAFA Nations Cup-2025. Ўзбекистон - Эрон 1:0  26

"Inter Sport" Latviyada ikkinchi o'yinini o'tkazdi Yangiliklar

"Inter Sport" Latviyada ikkinchi o'yinini o'tkazdi

Teglar :  LatviyaInter Sport
Toshkentning "Inter Sport" havaskorlar futbol klubi Latviyada o'quv-yig'in mashg'ulotlarini davom ettirmoqda.

Kecha jamoa azolari xorij yig'inidan o'rin olgan ikkinchi nazorat bahsini o'tkazishdi. Birinchi o'yin jamoa istiqomat qilayotgan Tukums shahrining "Tukums 2000" klubiga qarshi kechgani xabar bergandik. Ikkinchi uchrashuv Riganing "Yurnieks" jamoasi bilan o'tkazildi.

"Inter Sport" "Yurnieks" bilan kuch sinashish maqsadida Latviya poytaxti Riga tomon yo'lga chiqdi. Hozir bu erda havo sovuq. Qish kirib kelmoqda. Evropada qish kuz oylaridayoq boshlanadi. Buning ustiga deyarli har kuni yomg'ir. SHamol tinmaydi. Hatto do'l yog'di. Riga Tukumsdan ko'p uzoq emas, engil mashinada bir soatlik yo'l ekan. Avval ham yozib o'tgandik, Latviya katta davlat emas. Umumiy aholisi bir yarim millionga ham bormaydi.

Endi ikki og'iz raqib haqida. "Yurnieks" havaskorlar futbol klubi bo'lib, Latviya ikkinchi ligasida ishtirok etadi. Malumot uchun, Latviyada ikkinchi liga bahslari to'rtta zonaga bo'lingan holda o'tkazilar ekan. Har bir zonada 6-10tadan jamoa bor. "Yurnieks" latish tilidan tarjima qilinganda "baliqchilar" manosini beradi. Bu jamoa qatnashadigan zonada 10ta jamoa bor. O'yinlar uy-mehmon tarzida tashkil etiladi. Bir yilda 18ta uchrashuv. Jamoa bosh murabbiyi Ivan Gospodar o'yinlar soni kam deydi.

To'g'ri, o'yin kam, lekin ikkinchi tomondan jamoadagi hamma faqat futbol o'ynamaydi. Ular u-bu joyda ishlashadi. Lekin baribir futbolga ham professional munosabatda bo'lishar ekan. Ikkinchi ligada legionerlarga cheklov yo'q. SHu bois "Yurnieks" tarkibida Kolumbiya, Marokash, Braziliya, AQSH va hatto O'zbekistondan futbolchilarni ko'rasiz. Masalan, bizdan borgan yigit oldin "Oqtepa" va "SHerdor"da o'ynagan ekan.

Futbolchilarning ko'pchiligi asosan talablar. Bazilari faqat futbol o'ynash maqsadida olis yurtlardan kelishgan. "Yurnieks"da maosh ham, mukofot pullari ham yo'q. Bolalar tekinga o'ynaydi. Maqsad - kuchliroq klublar etiboriga tushib boshqa jamoalarga yo'l olish. Bu erdan ko'pchilik keyinchalik Germaniya, Polsha yoki Avstriyaga chiqib ketishni xohlaydi.

Ana endi o'yin haqida to'xtaladigan bo'lsak, maydon egalari tezkor gol kiritishdi. Bu paytda "Inter Sport" futbolchilari maydonga hali to'liq moslashib ulgurishmagandi. SHunga qaramay, mehmonlar keyinchalik vaziyatni qo'lga olishga harakat qilishdi. Lekin ha deganda to'p darvozaga kirmadi. Birinchi taym 1:0 hisobida yakuniga etdi. Ikkinchi taymda bizning futbolchilar ham gol urishni uddalashdi. Bu vaziyatda Husan Rasulov qulay imkoniyatni yo'qqa chiqarmadi. Hisob 1:1.

Oradan ko'p o'tmay hakam raqib darvozasi tomon penalti belgiladi. CHunki jarima maydonchasi ichida "Yurnieks" futbolchisi qoida buzgandi. Ammo nuqtaga yaqinlashgan Amirxon Ibrohimovga biroz omad etishmadi. To'pni darvozabon qaytarib qoldi. Sal o'tib endi hakam "Inter Sport" darvozasiga penalti qo'ydi. Lekin raqib futbolchisi ham 11 metrlik jarima zarbasini amalga oshira olmadi. Bu vaziyatda darvozabon Sardor Tohirov mahorat ko'rsatdi.

O'yin 1:1 hisobida yakuniga etadigandek ko'ringandi. Biroq "Inter Sport" futbolchilarining butun jamoa bo'lib hujumga o'tishi natijasida mehmonlar qarshi hujumga o'tib ketishdi va gol urishga muvaffaq bo'lishdi. Bu gol oxirgi daqiqalarda sodir bo'ldi. Hisobni tenglashtirish uchun ozgina vaqt etmay qoldi.

26 sentyabr. Riga. O'rtoqlik uchrashuvi

"Yurnieks" - "Inter Sport" 2:1
Gol: 
Husan Rasulov

"Inter Sport" tarkibi: Ubaydulla Inoyatillaev, Behzod Abdullaev, Saydullo Toshpo'latov, G'iyosiddin Sobirov, Zahriddin Abduvaliev, Amirxon Ibrohimov, Sarvar Abdullaev, Bekzod Ro'zmatov, Xayrullo Jakbarov, Muhammad Mahmudov, Azizbek Ro'ziqulov.

Zaxiradan tushganlar: Sardor Tohirov, Suhrob Nashvanqulov, Javlonbek Nematov, Abdurahim Hamzaev, Ikrom Ko'chimov, Asadbek Ro'zimatov, Eldor Kabirov, Husan Rasulov, Sardor Fozilov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика