"Inter" Rakitichni sotib olishga harakat qiladi
		
		05 fev 2019 07:45
        Yangiliklar	
	
				
				"Inter" Rakitichni sotib olishga harakat qiladi
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich klubni tark etishi mumkin.
			30 yoshli xorvatiyalik futbolchiga hozirda Milanning "Inter" jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Neradzurrilar" Rakitichni yozda sotib olishga harakat qiladi. Milan klubi Kataloniyaga yozda keladigan Frenki de Yong bilan bog'liq holatni kuzatadi. Unga ko'ra, Rakitich niderlandiyalik futbolchi sabab jamoani tark etishni xohlashi mumkin. SHu boisdan ham "Inter" Rakitichni qo'lga kiritish imkoni bo'lishiga ishonmoqda. Rakitichning "Barselona" bilan shartnomasi 2021 yil 30 iyunga qadar tuzilgan. Uning transferi esa 65 mln evroga baholanmoqda.
Joriy mavusm Rakitich "Barselona" safida 32 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	
            
                    Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
                    Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
                    Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
                    Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar