"Inter" qishda shov-shuvli transferni amalga oshirmoqchi
04 sen 2019 14:04
Yangiliklar


"Inter" qishda shov-shuvli transferni amalga oshirmoqchi
"Inter" keyingi transferlar oynasida "Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksenni xarid qilmoqchi.
SHunga qaramay, daniyalik futbolchi "Manchester Yunayted"ning asosiy transfer maqsadi bo'lib turibdi.
Eriksen "shporlar" safiga 2013 yil "Ayaks"dan 13,5 million evro evaziga o'tgan edi.
U ingliz klubi safida jami 279ta o'yinda maydonga tushib, 66ta gol va 86ta assistga erishgan.
Daniya terma jamoasi futbolchisining klub bilan tuzgan shartnomasi 2020 yil yozda o'z yakuniga etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar