"Inter Mayami" Markos Roxoni safiga qo'shib olmoqchi
28 dek 2023 12:02
Yangiliklar
"Inter Mayami" Markos Roxoni safiga qo'shib olmoqchi
"Boka Xuniors" himoyachisini Lionel Messi va Xerardo Martino chaqirmoqda.
Amerikaning "Inter Mayami" jamoasi "Boka Xuniors"ning argentinalik himoyachisi Markos Roxoni tarkibga qo'shib olmoqchi, deya xabar berdi Ernan Kastilo.
Xabar qilinishicha, 33 yoshli Roxoga "Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi va bosh murabbiy Xerardo Martino qo'ng'iroq qilib, uni transferga rozi bo'lishga undadi.
Argentinalik futbolchining xizmatlariga 2023 yilgi Libertadores Kubogi yarim finalida "Boka Xuniors"ga yutqazgan Braziliyaning "Palmeyras" klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Markos Roxo joriy mavsum jarohati tufayli "Boka Xuniors" safida atigi 16 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar