So’nggi yangiliklar

20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  0 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  2 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  16 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  24 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1

Incheondan yozamiz. 5-kun kundaligi, afsuski Media Markazda biznikilar yo'q Yangiliklar

Incheondan yozamiz. 5-kun kundaligi, afsuski Media Markazda biznikilar yo'q

Ha, aynan Incheondan yozamiz. Inchonmi Incheonmi menga farqi yo'q, muhimi men Osiyo o'yinlaridaman!

17 senyatbr kuni terma jamoamiz soat 10:30da mashg'ulotga ketishi lozim edi. Men esa soat 10:00da sport shaharchasida edim. Toshkent vaqti bilan soat 5:00da mashg'ulotga ketish qiyin ekan. Bugunda terma jamoani bir bo'lagi bo'lganligim o'zimga ham yoqyapti. Ular bilan ishlash qiziq. “Paxtakor”dan bo'shaganimdan keyin, aynan shu narsa menga etishmayotgan edi. Boisi jurnalistikani aynan futbol uchun tanlaganman. “Paxtakor” bilan sal kam 6 yil birga yurdim. Futbolchilar bilan muloqot qilish, qizqarli voqealar juda ko'p bo'lar edi. Geynrix, Ahmedov, Nesterov, ey-xe qancha yulduzlar. Bugun ana shu davrlarni eslayotgandekman. SHu fursatdan foydalanib meni o'z safiga qo'shganligi uchun terma jamoa delegaciyasiga katta rahmat aytaman.

Bizga gidlik qiladigan qiz, yani o'zbekcha ismi Sayyora, huddi Jumavoyning o'zi. Kecha vada bergaimdek, u bilan bo'lgan suhbatimizni quyida tomosha qilishingiz mumkin.



Mashg'ulotlar yakuniga etganidan so'ng media markazga keldim. Mazza qivorasan bunaqa markazda ishlab. Kattagina binoda turli davlatlardan kelgan jurnalistlar o'z davlatlari uchun ishlashyapti. Bazi kompaniyalar mahsus guruh yuborganlar, yani agentliklar. Xitoy, Yaponiya va Tayland bu borada faol. Gonkong ham ulardan ortda qolishni istamayapti. Qatarning mashhur “Al Kass TV” kanalidan ham bir necha nafar hodim. Bugun tunda ustozim Anvar Ilyosov uchib keladilar. Ulardan tashqari TVdan ikkita xodim, operator va muxbir tashrif buyuradilar. Yana O'zbekiston axborot agentligidan ham xodima bor. Biz ham sal ko'payishamiz. Aslida bunday turnirlarni kamida 20 nafar xodim ishlashi kerak. Sportimizga katta sarmoya kiritilayotgan paytda OAVga etiborsiz qarashar ekan, hech qanday targ'ibot va ommaviylik bo'lmaydi. Mirabror Zufarovich esa “Sport TV” bilan jiddiy muzokara o'tkazmasa bo'lmaydi. 




  • Ish stolim

“Nikon” tashkilotidan ro'yxatdan o'tganligim uchun ijaraga turli xildagi obektivlarni olishim mumkin. Musobaqadan keyin tushimga kirib chiqsa kerak bu kunlar. 

Qozog'istondan 16 nafar jurnalist kelibdi. Ularning ko'pchiligi bosma nashrlardan. Biz bilgan Qozog'iston saytlaridan hech kimni uchratganim yo'q. ularning bari turli xildagi nashrlarda faoliyat olib borar ekanlar. Gazetalarni ko'pligidan shunga yarasha raqobat. Bizda esa tayyor saytlardan ko'chirib qo'yish urfga aylandi.




  • Qo'shnilarimiz kerakli malumotlarni olishyapti


Bugun terma jamoamiz Bangladeshga qarshi to'p tepishadi. O'yinga tayyorgarlik ko'rishim kerak. bugungi kun kundaligini tabiyyki, ertaga o'qiysiz.


17 sentyabr, Janubiy Koreya, Incheon

Nodirxo'ja Yuldashev?


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика