So’nggi yangiliklar

22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  4 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  7 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  10 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  5 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  5 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  3 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  9 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  4

Incheondan yozamiz. 4-kun kundaligi, Bangladeshga qarshi tayyorgarlik boshlandi Yangiliklar

Incheondan yozamiz. 4-kun kundaligi, Bangladeshga qarshi tayyorgarlik boshlandi

Kecha O'zbekiston terma jamoasi Bangladesh bilan o'yinga tayyorgarlikni boshlab yubordi.
Mana ikki kundirki men ham terma jamoamiz delegaciyasi bilan birga yuribman. O'zim  yashayotgan hududdan sport shaharchasiga, u erdan terma jamoa bilan birga  mashg'ulotlarga ketaman. Muhit alo darajada. Yigitlarning kayfiyati o'ziga kelgan.

SHahar esa Osiyo o'yinlari bilan yashayapti. Butun shahar bo'ylab Osiyo o'yinlarining  timsollarini ko'rishingiz mumkin. So'nggi yillarda har tomonlama katta o'sishga  erishayotgan Janubiy Koreya istalgan xalqaro musobaqaga mezbonlik qilishga tayyor ekan. Transport (metro va avtobus) maxsus dastur asosida o'z vaqtida yuradi. Bu esa  musobaqa o'tkazish uchun eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Osiyo o'yinlari uchun  maxsus "Asian Daily" kundalik gazetasi chop etilyapti.

OAV uchun ikkita katta bino ishlab turibdi. Ulardan biri MMC yozuvchi jurnalistlar  uchun, ikkinchisi, MBCda TV xodimlari ishlashyapti. Kecha bir o'quvchimiz O'zbekistonda  Osiyo o'yinlarining bo'layotganligini bildiruvchi bironta targ'ibot yo'qligini yozdi.  Targ'ibotning yo'qligi bois musobaqa sizlar uchun ahamiyatsizdek ko'rinayotgan bo'lsa  kerak, ammo bu erda sport o'yinlari "portlash" arafasida. Hamma-hamma 19 sentyabrni kutyapti. Yaponiya va Janubiy Koreya azaldan raqobatdosh mamlakat hisoblanadi. Bu ikki terma jamoa o'rtasidagi har qanday o'yin, u xoh rasmiy, xoh o'rtoqlik bo'lsin, g'urur va oriat uchun o'ynalar ekan. Tokio 2020 yilda yozgi Olimpiada o'yinlarini qabul qiladi. Tabiiyki bu Koreyaga yoqmaydi, shuning uchun ular mazkur Osiyo  o'yinlari bilan barchaga o'z etiborlarini qaratishni reja qilishgan.

O'zbekiston terma jamoasiga Yaponiyada tahsil olayotgan Anvar ismli bola gid sifatida biriktirilgan. Unga koreyalik qiz yordam beryapti. O'zbek tilini xuddi "Robinzon Kruzo"  filmidagi Jumavoy kabi gapiradi. Bu haqda ertaga videoda tomosha qilishingiz  mumkin bo'ladi.

Fotomuxbirlar orasida texnika borasida so'nggi o'rinlarda faxr bilan turibman. Bu erga kelayotgan hamkasblarim shu qadar ko'pki, sanab eta olmaysiz. Texnikalarini aytmaysizmi? Ko'ramiz, yigitlar chempion bo'lib qolsa, bitta "dodasi"dan sovg'a  qilib yuborishar. Menimcha, shu joyini futbolchilar o'qimay tashlab ketishadi )).

O'zi saytga kirishadimi deysizmi? Avtobusga chiqsam kimning interneti bo'lsa, hamma "CA"da. Murabbiylarimiz ham xursand, hech bo'lmasa sayt orqali Osiyo o'yinlari targ'ibot bo'layotganidan. SHundan keyin ko'zingga charchoq ko'rinarmidi?

Tashkilotchilarning rejasiga ko'ra, 17 sentyabrdagi mashg'ulot soat 12:00da bo'lishi kerak.  Buning uchun terma jamoamiz 11:00da sport shaharchasidan chiqib ketishi lozim. Men esa  kamida soat 8:00da turib, yuz-qo'lni yuvib ularning oldiga kelishim kerak edi. Hali 4 soat vaqtga ko'nikib olmagan emasmanmi, bir amallab sakkizda turdim. Bu paytda O'zbekistonda 4:00 edi. Odatda bunday vaqtga oshga borsakgina turamiz. Uyquning eng shirin paytida mashg'ulot. Men-ku, mayli. Uyqusirab ham rasm olishim mumkin. Ammo  futbolchilarimizga qiyin.

Hozircha shu. Avtobusda kim uxlab qolganini bilishni istaysizmi? Bir futbolchimiz hattoki qaytishda uxlab qolib ketdi. Ha, endi chempion bo'laylik surati bilan ko'rsataman kimligini. Hozircha xayr!




SHahardagi bannerlardan biri




Sportchilar shaharchada velosopeddan bepul foydalanadilar




Ish degani mana bunday bo'lsada




Mashg'ulotga ketishdan avval yigitlar bilan




Terma jamoa operatori Jamol aka va massajchi Abdulla aka. Ularning ortidan Sarvar tarvuzlarini, yo'g'e, to'plarini ko'tarib kelyapti




Buyuk Xitoy devori. Xitoyliklar sport shaharchasiga kelishyapti. SHu erda ham tirbandlik

Nodirxo'ja Yuldashev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика